Mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti Tarix fakulteti Arxeologiya yo’nalishi
Old tarixning o‘ziga xos xususiyati va uning ahamiyati
Download 84.91 Kb.
|
Document
2.2. Old tarixning o‘ziga xos xususiyati va uning ahamiyati
Old tarix bilan shug‘ullangan olimlar, arxeologlar, antropologlar va etnograflaraing olib borgan tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, ibtidoiy davr o‘zidan keyingi keladigan barcha tarixiy davrlarga nisbatan mehnat qurollarining soddaligi va ular xilining ozligi bilan belgilanadi. Shuningdek urug‘ jamoasi davrigacha yashagan odamlar aqliy va jismoniy jihatidan o‘z takomiliga yetmagan edilar. Ibtidoiy davming tongida ilk odamlaming tosh, yog‘och va suyaklardan yasagan qurollari shunchalar sodda ediki, bu ulaming aqliy jihatidan takomillashmaganligi, mehnat malakasining pastligi va nihoyat ishlab chiqarish tajribasining kam bo‘lganligidan darak beradi. Binobarin, mehnat qurollari xilining ozligi, soddaligi, qurol yasash texnikasi-usullarining rivojlanmaganligi, shuningdek o‘z imkoniyatlarini bilmaslik ibtidoiy kishilami tabiat oldida, unda ro‘y beradigan turli-tuman dahshatli hodisalar, chunonchi: yer qimirlash, chaqmoq chaqishlar, momoqaldiroq, vulqon otilishlari, sel-sovur, toshqinlar, yer surilishlari oldida ojiz va himoyasiz qilib qo‘ygan edi. Ayni paytda ilk odamlar o‘sha davrdagi har turli yirtqich va yovvoyi hayvonlar girdobida yashar edilar. Shundayekan, ibtidoiy odamlar turli yirtqich va yovvoyi hayvonlar orasida yakka-yakka yashab, ularga qarshi ayrim-ayrim hollarda kurashishlariga imkon bermas edi. Shu ta’kidlamoq kerakki, ibtidoiy kishilarni bu dahshatli kuchlardan, hodisalardan, yirtqichlar hamlasi-yu, azob-uqubatlardan, mehnat, shunda ham umumlashib qilingan ijtimoiy mehnat qutqara olar edi xolos. Ibtidoiy kishilar birgalashib mehnat qilishlari va yashashlari natijasidagina qadamma-qadam tabiatning dahshatli kuchlarini asta-sekinlik bilan yenga borganlar. Ibtidoiy davr kishilari birga yashab birgalashib mehnat qilishganlarida, umumlashib yirtqich hayvonlarga qarshi kurashmaganlarida ular qurshovida yashay olmas edilar. aksincha ularga yemish bo‘lib yer yuzidan yo‘q bo‘lib ketar edilar. Demak, umumlashib yashash va birgalashib mehnat qilish ibtidoiy kishilarni tabiatdagi yovuz kuchlardan asrab qoldi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki,o‘sha davrdagi shart- sharoit ibtidoiy ajdodlarimizni birgalashib yashash va mehnat qilishga majbur etdiki, bunday birdamlik faqat insonga xos sifat bo‘lib, u boshqa jonivorlarda yo‘q edi. Birgalashib yashash va mehnat qilish iste’mol mahsulotlarini, hamda, ishlab chiqarish vositalarini hamma uchun umumiy mulkka aylantirgan edi. Old tarixning hamma davr va bosqichlarida umummehnati natijasida hosil qilingan oziq-ovqat va boshqa iste’mol buyumlari u yoki bu guruhda, urug‘, oilada yashagan barcha katta kichik kishilar o‘rtasida barobar taqsimlanar edi. Lekin o‘sha davrlarda umumiy mulk bilan bir qatorda har bir kishining shaxsiy buyumlari ham bo‘lgan. Kiyim-bosh, mehnat, jangovar va ov qurollari ibtidoiy kishilarining shaxsiy mulki hisoblangan. Ibtidoiy jamoa tuzumining hamma davrlarida ibtidoiy kishilar yashab turgan yer, o‘tloq, o‘rmon, suv manbalari va noz-ne’matlarga hammaning egalik qilishi, tenglik mavjud edi. Shunday ekan, ibtidoiy jamoa tuzumi davrida xususiy mulk ham mulkiy tengsizlik ham, tabaqalar ham, to‘dada va urug‘jamoasida ayrim kishilar mehnatini boshqa kishilar tomoni suiste’mol qilish ham bo‘lmagan. Shunday ekan, urug‘ /va qabiladan alohida ajralib turuvchi nufiizli kishilar, binobarin zo‘ravonlikka asoslangan hokimiyat ham yo‘q edi. Shunday qilib kishilikning ibtidoiy old davrida ijtimoiy tabaqalar bo‘lmagan, davlatsiz jamiyat ediki, Yevropaning ilg‘or fikrli olimlari uni hamma barobar, teng bo‘lgan ibtidoiy kommunistik jamiyat deb ta’riflagan edilar. Old tarix kishilik tarixining eng ko‘hna, eng dastlabki, ayni paytda eng oddiy, sodda shakli bo‘lib, qariyb 4,5-4 million yillik katta tarixiy davmi o‘z ichiga oladi. U ham bir-biridan ham ijtimoiy, ham iqtisodiy, ham madaniyati jihatidan farqlanuvchi turli davr va bosqichlarga boMinadi. Tarixiy nuqtayi nazaridan u ibtidoiy to‘da va urug‘ jamoasi davrlariga, arxeologik nuqtayi nazaridan esa tosh, mis-tosh, jez va ilk temir davrlariga bo‘linadi. Ibtidoiy tarixning to‘da davri arxeologik davrlashtirishning eng qadimgi tosh asrining ilk va o‘rta bosqichiga to‘g‘ri keladi. Bu davrda odamzod shakllanishda davom etib o‘z qo‘li bilan ilk mehnat qurollarini yaratib, sun’iy olov hosil qilishga erishdi va moddiy madaniyatga poydevor toshini qo'ydi. mazkur davrda ma’naviy madaniyatning ilk kurtaklari ham shakllandi. Shuni ta’kidlab o‘tmoq joizki, kishilikning ibtidoiy to‘da davri bir joyda qotib qolmadi. Jamiyat taraqqiyotining rivojlanish qonuniyatlariga muvofiq u rivojlanishda davom etdi va urug‘ jamoasining vujudga kelishi uchun zamin yaratdi. Miloddan avvalgi 50-40-ming yilliklarga kelib ibtidoiy to‘da o‘rnini urug‘ jamoasi davri egalladi. Bu davrdagi eng buyuk hodisa antropogenez jarayonining tugallanishi va hozirgi qiyofadagi odamlarning vujudga kelishi edi. Urug‘ jamoasining vujudga kelishi ibtidoiy jamoa tuzumi davridagi eng katta burilish edi. Urug‘ jamoasining vujudga kelishi munosabati bilan jamiyat hayotida birin-ketin katta-katta o‘zgarishlar yuz bera boshladi. Urug‘ jamoasi davriga kelib, odamzod yer sharidagi 6 qit’aning 5tasi bo‘ylab keng tarqaladi. Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, uzoq davom etgan tosh asri qator yirik kashfiyotlar amalga oshirilganligi bilan ko‘zga tashlanadiki, bu esa o‘z o‘mida insoniyatning bundan keyingi butun rivojiga jiddiy ta’sir ko‘rsatgan. Xuddi shu tosh asri davomida odamlar olov hosil qilish va undan foydalanish san’atini egalladilar. Ayni paytda ibtidoiy kishilar kiyim-bosh, o‘q-yoy, qayiq, chana, chang‘i kabi harakat vosrtalarini kashf etib, boshpana qurishni takomillashtirdilar. Tosh, yog‘och va suyakdan turli-tuman mehnat, ov va jangovar qurollar, uy-ro‘zg‘or buyumlami yaratdilar. Tosh asrining yakunlovchi bosqichi hisoblangan neolit-yangi tosh asrida esa kulolchilik va to‘qimachilik ishlab chiqarilishi o‘zlashtirildi. Tosh asrining oxiri hisoblangan yangi tosh davri qurollari ishlash texnikasida silliqlash, pardozlash, arralash va parmalash kabi yangi usullar ixtiro etildi. Shu davrda kishilik jamiyatning iqtisodiy xo‘jalik hayotida juda ahamiyatga molik burilish sodir bo‘ldi. Bu ovchilik va terfflachilikka asoslangan o‘zlashtiruvchi xo‘jalikdan dehqonchilik va chorvachilik ishlab chiqarish xo‘jaligiga o‘sib o‘tish edi. Xo‘jalik sohasidagi bu burilishni tadqiqotchilar, xususan, mashhur ingliz arxeologi G. Chayld “neolit revolyutsiyasi” - “yangi tosh asri inqilobi” - deb ataydi. Uning eng muhim natijalaridan biri ortiqcha oziq-ovqat mahsulotlarining ishlab chiqarilishi edi. Ortiqcha oziq-ovqat ishlab chiqarishi tufayli xo‘jalikning barqarorligi beqiyoe darajada o‘sdi. odamlaming turmush darajasi ancha yaxshilandi, aholi soni o‘sib, ijtimoiy tuzum tarkibini murakkablashtirish uchun shart-sharoit yaratdi. Neolit — yangi tosh davrida yer sharining qulay, odam yashaydigan ba’zi joylarida tarixiy xo‘jalikning dastlabki notekis rivojlanish yaqqol namoyon bo‘la boshladi. Miloddan awalgi 6-3 mingyilliklar orasida ma’danlar-avval mis, so‘ng jez kashf etildi. Ulardan nlehnat qurollafining yasalish mehnat unumdorligini birmuncha oshirdi. Bu esa o ‘z o‘mida ortiqcha oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirishga imkon yaratdi. Shu davrdan boshlab dehqonchilik, hunarmandchilik, chorvachilik va savdo-sotiq asta-sekin rivoj topa boshladi. Buning oqibatida mehnatning birinchi, ikkinchi va uchinchi ijtimoiy taqsimoti uchun shart-sharoit yaratib, kishilar orasida mulkiy tengsizlik va tabaqalanish paydo bo‘lishiga olib keldi. Bular esa o‘z o‘rnida jamiyat boshqaruv tizimida jiddiy o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi. Nihoyat Misr, Mesopotamiya, Kichik Osiyo, Yunoniston, Eron, Hindiston va Xitoyda ilk davlatlaming tashkil topishiga olib keldi Hulosa Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, insoniyat jamiyat hayotidagi ko‘pdan ko‘p voqealar va narsalar ibtidoiy jamoaning o‘sha keksa va qadimiy zamonlarida shakllanadi, vujudga keldi va rivoj topdi. Shuni alohida ta’kidlamoq joizki, moddiy madaniyat mehnat qurollari, uy-joy, kiyim-bosh va kishilaming kundalik hayoti uchun zaruriy buyumlar ibtidoiy jamoa tuzumi davrida kashf etildi. Ibtidoiy inson o‘zining aql- zakovati, tili, tafakkuri va axloq odobi bilan tabiatdagi boshqa oliy darajadagi mavjudotlardan tubdan farq qilgan, U o'zining aql- zakovati, tafakkuri va ular bilan chambarchas bog‘liq mehnat faoliyati tufayli kishilikning ma’naviy madaniyatiga ham asos soldi. Bularaing barchasi, bu keksa o‘tmish va unda yashagan kishilar mehnat faoliyati har qanday sharoitda zamonamiz va kelajak avlodlaming hammasi uchun g ‘oyatda qiziq davr boiib qoladi. Chunki bu davr eng keyinchalik boiadigan yanada yuksakroq taraqqiyotni shakllanishi uchun zamin hozirladi. Bulaming barchasi zamonamiz uchun, kelajak uchun beqiyos ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatuvchi dalildir. Ibtidoiy davr kishilarining xo‘jalik, moddiy va ma’naviy madaniyat sohalarida erishgan yutuqlari ba’zi olimlaming ibtidoiy yoki “vahshiy” odamni “nodon” deb bildirgan fikrlariga qarshi yorqin daliliy isbotdir. Old ibtidoiy tarixning mohiyati shu bilangina kifoyalanmaydi va cheklanmaydi. Old tarix haqidagi ma’lumotlarni bilish nazariy jihatdan tashqari bir qator amaliy ahamiyatga ham egadir. Ibtidoiy tarixni chuqur o‘rganish esa, ibtidoiy jamoa tuzumining turli bosqichlarida, shuningdek ibtidoiy jamoa, qabila va xalqlar hayotini qayta qurishlarida muhim ahamiyat kasb etishi mumkin. Download 84.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling