So‘zga chiqdi: Arxeologiya kafedrasi mudiri, t.f.d., dots. F.Ochildiyev: Rahmat qiziqarli ma’ruza uchun. Marhamat endi savollarga o’tamiz.
So‘zga chiqdi: Arxeologiya kafedrasi dots., t.f.f.d. (PhD) A.Sh. Shaydullayev XX asrning 30-90 yillari va XXI asrning boshlarida paleolit davri yodgorliklarida aniqlangan antropologik materiallrning o‘rganilishi boyicha qaysi yodgorliklarni ko‘rib chiqdingiz?
Eshitildi: 70220401 – Arxeologiya yo‘nalishi magistranti M. Xomidjonova so‘zga chiqdi. “Savolingiz uchun raxmat ustoz, ha bu davrda ya’ni XX asrning 30-90 yillari va XXI asr paleolit davri yodgorliklarda antropologik materriallar aniqlangan bo’lsa-da, ularni tizimli ravishda kompleks tarzda alohida o‘rganilmagan edi. Mavjud tadqiqotlar ham asosan faqat yodgorliklarni o‘zni, aniqroq aytganda ularning moddiy madaniyati, tosh materiallarini o‘rganishga qaratilgan edi. Shu jihatdan biz bu tadqiqiolarda antropologik materillar qay darajada topilgani va uning o‘rganilganlik holatiga e’tibor qaratdik. Shunda oldimizda uncha kata bo‘lmagan antropologik materiallar topilgan uncha katta bo‘lmagan paleolit davri yodgorliklari ro‘yxati shakllandi. Ular quyidagilardan iborat: Teshik-Tosh makoni, Machay gori, Samarqand qo‘nalg‘asi, Omon-qo‘ton gori, Obi-Rahmat makoni, Ko‘lbuloq makoni va Angillak gori.
So‘zga chiqdi: Arxeologiya kafedrasi professori O‘.M. Mavlanov Teshik-Tosh g‘oridan topilgan antropologik material bo‘yicha qaysi tadqiqotlarni ko‘rib chiqdingiz.
Eshitildi: 70220401 – Arxeologiya yo‘nalishi magistranti M. Xomidjonova so‘zga chiqdi. “Savolingiz uchun raxmat ustoz, albatta men birinchi galda dunyoga mashhur Teshik-Tosh makonini o‘rganish va bu yerdan topilgan 8-9 yoshli neandertal bolasiga tegishli suyak qoldiqlari bo‘yicha A.P.Okladnikovning “O‘zbekistondagi Teshik-Tosh g‘ori Mustye madaniyati manzilgohi”, “Mustye manzilgohini va Teshik-Toshda neandertal bolaning dafn etilishini o’rganilishi”, G.F.Debetsning “Teshik-Tosh g‘oridagi skeletning antropologik hususiyatlari”, M.A.Gremyatskiyning “Janubiy O‘zbekiston hudududagi Teshik-Toshdan topilgan neandertal bolasining bosh suyagi”, V.V. Bunakning “Teshik-Tosh g‘oridan topilgan paleolit davriga oid bola bosh suyagining miya qobigʻi modeli, Oʻzbekiston”, M.M. Gerasimovning “Bosh suyagini rekonstruksiya qilish asoslari” va oxirgi yillarda chet elda chop etilgan M. Glantz va b.ning “Markaziy Osiyo Neandertal tizmasining Sharqiy forpostimi? Teshik-Tosh bolasini qayta baholash”, Ph.Gunz va b.ning “Teshik-Toshdagi Mustye bolasi neandertal: frontal suyakning geometrik morfometrik tadqiqoti” va shu kabi tadqiqot ishlarini ko’rib chiqdim.
Do'stlaringiz bilan baham: |