II Bob, I paragrafda Machay g’orida dastlab G.V.Parfenov tadqiqot utkazgan paytida ikta bosh chanoglar topilgan, keyinchalik I.U.Islomov tadqiqot utkazgan paytida turtta bosh chanoglar (tuliq bulmagan xolatda) topilgan, va afsuski xozirda ushbu materiallar qayerda saqlanadi , yoki yuqotilganmi bu savol ochiqligicha qolmoqda. Shunday qilib, Mezolit davridagi Machay g’oridagi antropologik topilmalar O’rta va G’arbiy Osiyo tosh davri odamlarining filogenezi va irqiy genezisi bilan bog’liq muammolarni muhokama qilishda katta qiziqish uyg’otadi.
II Bob, II paragrafda Neolit davri topilmalari Oʻrta Osiyoning toʻrtta hududidan: Orolboʻyining janubiy mintaqasidan, Turkmanistonning janubiy viloyatlaridan (Jeytun dehqonchilik madaniyati), Tojikistonning gʻarbiy viloyatlaridan (Hisor chorvachilik madaniyati) va sharqiy viloyatlaridan topilgan. Qozogʻiston viloyatlari (Ovchilar, baliqchilar va chorvadorlarning keltaminar madaniyati). Jeytun madaniyatiga bogliq, Jeytun yodgorligida pol qatlamda bitta qabr topiladi, o’sha paytda bu Jeytun hududidan topilgan odam dafnining yagona holati edi, shuni xisobiga Jeytun qabristonlarining tabiati noaniqligicha qolmoqda. Orolboʻyi materiallarini T.A.Trofimova, Turkmanistondan - V.V.Ginzburg va T.A.Trofimova, Tojikistondan - T.P.Kiyatkina, Qozog’istondan - V.V.Ginzburg nashr etgan. Barcha bosh suyaklari miloddan avvalgi 5-ming yillik va 4-ming yillikning boshlariga tegishli. Orolboʻyidagi kelteminar madaniyati turkumi biroz keyinroq boʻlishi mumkin.
Dissertatsiyaning III bobida O‘zbekistonda bronza va ilk temir davri antropologik tadqiqotlari tarixi to‘g‘risida yoritilgan.
III Bob, I paragrafda Bu paragrafda shu davr uchun yozilgan adabiyotlarni taxlil qilingan, va Antropologik materiallar faqat Oʻrta Osiyoning Anau madaniyatiga mansub janubiy rayonlarida maʼlum boʻlib, shunda bu materiallar kam sonli suyak parchalaridan iborat bo’lgan, bundan tashqari Zamon-bobo madaniyati antropologik materiallari davriy jixatdan ikkiga bulinib yoritilgan, xamda Sopolli madaniyati materiallari yoritilgan. Jadvallardan tushunish mumkinki, morfologik turga koʻra Sopollitepa turkumlari Shimoliy-Sharqiy Eron (Hisor III), Janubi-Gʻarbiy Tojikiston (Tigrovaya Balka I-IV, Makoni-Mor) va turkum turkumlariga yaqinroqdir. Sharqiy Oʻrta yer dengizi tiplari doirasiga kiruvchi Oʻzbekiston (Zamon-bobo, Moʻminobod, Jarqutan).
Do'stlaringiz bilan baham: |