Mirzo Ulug'bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti


Download 38.42 Kb.
bet1/4
Sana14.12.2022
Hajmi38.42 Kb.
#1001967
  1   2   3   4
Bog'liq
Disertatsiya кириш


O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi
Mirzo Ulug'bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti

Qo‘lyozma huquqida


UDK: Rajabova Ra'no Islom qizi


Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida faoliyat olib borayotgan
yosh qutqaruvchilarning psixologik xususiyatlari
mutaxasislik: 70310901-psixoligiya (faoliyat turlari bo’yicha)
magistr akademik darajasini oliy uchun yozilgan


DISSERTATSIYA


Ilmiy rahbari: professor X. A. Ruxiyeva
Toshkent-2022

Kirish
Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Barchamizga ma’lumki, hayotimizda turli darajadagi tabiiy hamda texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lib kelmoqda. Bunday keskin va kutilmagan vaziyatlarda nafaqat ob’ektiv baho berish, balki insonlarni bunday holatni tushunib etishlari, anglashlari va ularning hulq-atvorini nazarda tutishi muhum ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun, insonlar favqulodda vaziyatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri guvoh, sababchi yoki jabrlanuvchi sifatida bu kabi holatlarga uzviy bog‘liq bo‘ladi. Aynan shu sababli, insonlarning ekstremal holatlarga tushishiga javoban, ularda psixologik emotsional kechinmalarni yuz berishini inobatga olish alohida ahamiyatli ekanligidan dalolat beradi.
Odatda, ekstremal vaziyatlarda insonlarni ematsional holatlarining buzilishi oqibatida ularga, ya’ni yosh qutqaruvchilarga psixologik yordam ko‘rsatishda ba’zi bir holatlarga e’tiborni qaratilishi: tabiiy ofat, texnogen omillarning ta’siri tugagandan so‘ng, qutqaruvchilarda sodir etilgan voqealarga nisbatan anglab olishning psixologik jarayonlari boshlanadi. Jumladan favqulodda vaziyatlatda o‘z ish faoliyati davomida, ular psixologik yordamga juda muhtoj bo‘ladilar. Bu o‘rinda qutqaruvchilar faoliyatida psixologik emotsional zo‘riqishlarning oldini olish hamda ularni turli kutilmagan hodisalarga tayyor turishlari uchun, psixologik yordam berish muhim ahamiyat kasb etadi.
Bugungi kunda davr talabidan kelib chiqib, qutqaruvchilar shaxsiyatining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini, favqulodda vaziyatlarda ularning shaxslararo va guruhlararo o‘zaro ta’sirining o‘ziga xos psixologik emotsional holatlarini o‘rganish zarurati yuzaga keladi. Shuningdek, ekstremal vaziyatlarga bog‘liq bo‘lgan shaxslar bilan psixokorreksion ishlarni olib borish, muammosi turli xil favqulodda vaziyatlarning ko‘payishi bilan bog‘liq holda amalga oshadi.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda ekstremal vaziyatlarning mavjudligi favqulodda vaziyat xodimlarining bunday holatlarda faoliyatini olib borishida psixologik tayyorgarligi zarurligini taqozo etadi. Chunki favqulodda vaziyatda qutqaruvchi ish faoliyatining samaradorligi psixologik tayyorgarlik holati bilim, malaka, ko‘nikma hamda kasbiy mahoratiga bog‘liq bo‘ladi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida faoliyat olib borayotgan yosh qutqaruvchilarning psixologik xususiyatlarining dolzarbligi qutqaruvchilar shaxsiyatining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini, inqirozli vaziyatlarda ularning shaxslararo o‘zaro ta’sirining o‘ziga xos xususiyatlarini, ijtimoiy-psixologik moslashuvchanlik darajasi va shaxsiy deformatsiya jarayonini yanada o‘rganish bilan belgilanadi.

Download 38.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling