O`ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI GEOLOGIYA VA GEOINFORMATSION TIZIMLAR FAKULTETI GEOFIZIKAVIY TADQIQOT USULLARI KAFEDRASI GEOFIZIKA YO’NALISHI TALABASINING “HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI” FANIDAN TAYYORLAGAN REFERATi
MAVZU: “Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining sanoat xavfsizligi to’g’risida”gi qonuni mazmun va mohiyati tahlili
BAJARDI: To’rayev Shomurod QABUL QILDI: Ravshan Oxunov Reja: I KIRISH II ASOSIY QISM Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlari haqida Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlari to’g’risdagi qonunlar “Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining sanoat xavfsizligi to’g’risida”gi qonuni mazmun va mohiyati tahlili III Xulosa
KIRISH
Ushbu Nizom “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash tartibi, prinsiplari va shartlarini belgilaydi. Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash xavfli ishlab chiqarish obyektlarini Xavfli ishlab chiqarish obyektlari davlat reyestrida hisobga olish, shuningdek xavfli ishlab chiqarish obyektlarida avariya yuz bergan taqdirda boshqa shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga hamda atrof muhitga zarar yetkazganlik uchun xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanayotgan tashkilotlarning fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish maqsadida amalga oshiriladi. Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash sanoat xavfsizligi ekspertizasi doirasida ekspert tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi. Identifikatsiyalash obyektlarni Xavfli ishlab chiqarish obyektlari davlat reyestrida hisobga olish uchun asos hisoblanadi. Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash to‘g‘riligi uchun javobgarlik identifikatsiyalashni amalga oshiradigan tashkilotga yuklanadi. Avariya — inshootlar va (yoki) xavfli ishlab chiqarish obyektlarida qo‘llaniladigan texnika qurilmalarining buzilishi, nazorat qilib bo‘lmaydigan portlash va (yoki) xavfli moddalar ajralib chiqishi. Buyurtmachi — ekspertiza o‘tkazish uchun buyurtma bilan murojaat qilgan tashkilot. Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini idetifikatsiyalash — xavfli ishlab chiqarish obyektlarini xavfli ishlab chiqarish obyektlari sifatida e’tirof etish maqsadida xavfli ishlab chiqarish obyektlari belgilari jamini aniqlash (belgilash) va keyinchalik Xavfli ishlab chiqarish obyektlari davlat reyestrida hisobga olish, shuningdek boshqa shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga hamda atrof muhitga zarar yetkazganlik uchun xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanayotgan tashkilotlarning fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish tartib-qoidasi. Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining identifikatsiya varaqasi — xavfli ishlab chiqarish obyektlari, shuningdek ulardan foydalanayotgan tashkilotlarning belgilari, tipi va rekvizitlari jamini aks ettiradigan hujjat.
Do'stlaringiz bilan baham: |