Mirzo ulug`bek nomidagi o`zbekiston milliy universiteti


Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlari to’g’risdagi qonunlar


Download 24.52 Kb.
bet3/5
Sana26.01.2023
Hajmi24.52 Kb.
#1125019
TuriReferat
1   2   3   4   5
Bog'liq
Referat mavzu Korxonalarda ishchilarni mehnatini muhofaza qilis

Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlari to’g’risdagi qonunlar


Ushbu Qonunning maqsadi xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi (bundan buyon matnda sanoat xavfsizligi deb yuritiladi) sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Sanoat xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining sanoat xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Sanoat xavfsizligi shaxs va jamiyat hayotiy muhim manfaatlarining xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi avariyalar va noxush hodisalardan hamda ularning oqibatlaridan himoyalanganlik holatidir.
Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi avariya inshootlar va (yoki) xavfli ishlab chiqarish obyektlarida qo‘llaniladigan texnika qurilmalarining buzilishi, nazorat qilib bo‘lmaydigan portlash va (yoki) xavfli moddalar ajralib chiqishidir.
Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi noxush hodisa xavfli ishlab chiqarish obyektlarida qo‘llaniladigan texnika qurilmalarining ishdan chiqishi yoki shikastlanishi, texnologiya jarayoni rejimidan chetga chiqish, sanoat xavfsizligi sohasidagi qonunchilik hujjatlarida, shuningdek, normativ texnik hujjatlarda ko‘rsatilgan talablarning buzilishidir.
Xavfli ishlab chiqarish obyektlari jumlasiga:
1) quyidagi xavfli moddalar:
portlash-yong‘in xavfi bo‘lgan muhitni yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan moddalar;
tasdiqlangan standartlarga muvofiq tirik organizmga ta’sir qilish darajasiga ko‘ra I, II va III xavflilik darajalariga (o‘ta xavfli, yuqori darajada xavfli va o‘rtacha darajada xavfli) mansub zararli moddalar;
muayyan turdagi tashqi ta’sir chog‘ida issiqlik ajratgan va gazlar hosil qilgan holda o‘z-o‘zidan juda tez tarqaladigan kimyoviy o‘zgaruvchan portlovchi moddalar;
inson sog‘lig‘i va atrof muhit uchun xavfli konsentratsiyali moddalar mavjud bo‘lgan ishlab chiqarish chiqindilari foydalaniladigan, ishlab chiqariladigan, qayta ishlanadigan, hosil qilinadigan, saqlanadigan, tashiladigan, yo‘q qilinadigan;
2) 0,07 megapaskaldan ortiq bosim ostida yoki ishlatiladigan suyuqlikning normal atmosfera bosimidagi qaynash haroratidan ortiq haroratda ishlaydigan uskunalardan foydalaniladigan;
3) ko‘chmas asosga o‘rnatilgan yuk ko‘tarish mexanizmlari, eskalatorlar, osma yo‘llar, funikulyorlardan (tog‘ temir yo‘llaridan) foydalaniladigan;
4) qora va rangli metallar eritmalari hamda ushbu eritmalar asosida qotishmalar olinadigan;
5) konchilik ishlari, foydali qazilmalarni qazib olish va boyitish ishlari, shuningdek yer osti sharoitida ish olib boriladigan korxonalar yoki ularning sexlari, uchastkalari, maydonchalari, shuningdek boshqa ishlab chiqarish obyektlari kiradi.
Xavfli ishlab chiqarish obyektlari sanoat xavfsizligi sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi (bundan buyon matnda maxsus vakolatli davlat organi deb yuritiladi) tomonidan xavfli ishlab chiqarish obyektlarining davlat reyestrida albatta hisobga olinadi. Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini hisobga olish va ularning davlat reyestrini yuritish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda ushbu Qonunning 4-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Sanoat xavfsizligi sohasida davlat tomonidan tartibga solish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, maxsus vakolatli davlat organi, shuningdek qonunchilikka muvofiq sanoat xavfsizligi sohasida ayrim vakolatlarga ega bo‘lgan boshqa davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi. Sanoat xavfsizligi sohasida davlat tomonidan tartibga solish:
sanoat xavfsizligi talablarini belgilashni;
sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini;
xavfli ishlab chiqarish obyektlarida qo‘llaniladigan texnika qurilmalarini sertifikatlashtirishni;
faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalashni;
sanoat xavfsizligi ekspertizasini;
qonunchilikka muvofiq boshqa choralarni o‘z ichiga oladi.
Sanoat xavfsizligi talablari qonunchilik hujjatlarida, shuningdek normativ texnik hujjatlarda nazarda tutilgan shartlar, taqiqlar, cheklashlar va boshqa majburiy talablar bo‘lib, ularga rioya etilishi sanoat xavfsizligini ta’minlaydi.
Xavfli ishlab chiqarish obyektini qurish, kengaytirish, qayta qurish, texnik jihatdan qayta jihozlash, konservatsiyalash va tugatishni amalga oshirish uchun loyiha hujjatlari sanoat xavfsizligi ekspertizasining ijobiy xulosasi bo‘lishi zarur. Xavfli ishlab chiqarish obyektini qurish, kengaytirish, qayta qurish, texnik jihatdan qayta jihozlash, konservatsiyalash va tugatish jarayonida loyiha hujjatlaridan chetga chiqishlarga yo‘l qo‘yilmaydi. Xavfli ishlab chiqarish obyektini qurish, kengaytirish, qayta qurish, texnik jihatdan qayta jihozlash, konservatsiyalash va tugatishga doir loyiha hujjatlarini o‘zgartirish sanoat xavfsizligi ekspertizasidan o‘tkazilishi kerak. Loyiha hujjatlarini ishlab chiqqan tashkilotlar xavfli ishlab chiqarish obyektini qurish, kengaytirish, qayta qurish, texnik jihatdan qayta jihozlash, konservatsiyalash va tugatish jarayonida belgilangan tartibda mualliflik nazoratini amalga oshiradi. Xavfli ishlab chiqarish obyektini foydalanishga qabul qilib olish belgilangan tartibda o‘tkaziladi. Xavfli ishlab chiqarish obyektini foydalanishga qabul qilib olish jarayonida xavfli ishlab chiqarish obyektining loyiha hujjatlariga muvofiqligi, tashkilotning xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanishga hamda xavfli ishlab chiqarish obyektida avariyaning kengayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik va uning oqibatlarini tugatish bo‘yicha harakatlarga tayyorligi tekshiriladi.

Download 24.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling