Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universitetining jizzax filiali


Download 166.12 Kb.
bet9/12
Sana23.04.2023
Hajmi166.12 Kb.
#1388571
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
geografiya

2.2. KO`LLARNING GEOLOGIK ISHI
Ko’llarning suv muvozanati yuqorida sanab utilgan omillarning miqdoriy o’zgarishlariga bog’likdir. Ko’llarni tuyintiruvchi va ulardan buladigan sarflanishni belgilaydigan omillarni bilgan holda ma‘lum vaqt (oy, yil, ko’p yil) uchun suv muvozanati tenglamasini quyidagicha yozish mumkin:

X+Uq+Uer+K=Z+Ush+Ush+g  ∆ W,


tenglamadagi ∆W – o’rganilayotgan vaqt (oy, yil) davomida ko’ldagi suv xajmiinng me‘yoriga nisbatan o’zgarishini ifodalaydi. Tenglamadagi barcha ifodalarni xajm birligi (m3, km3) da ifodalangan ma‘qul.
Yuqorida keltirilgan suv muvozanati tenglamasi oqar ko’llar uchun tug’ridir. Oqmas (berk) ko’llar uchun esa suv muvozanati tenglamasi quyidagi kurinishda buladi:
X+Uq+Uer+K=Z+Ush+g  ∆ W,
Tenglamadagi elementlarning hammasi ham bir xil ahamiyatga ega emas. Masalan, birinchi guruhdagi elementlar orasida asosiylari daryodan oqib keladigan suvlar va ko’l yuzasiga tushadigan yoginlardir. Ko’lga ko’shiladigan yer osti suvlari va kondensatsiya hisobiga tuyinish ko’ldagi suv xajmiga nisbatan juda kichik miqdorni tashkil qiladi. Ayrim xududlardagina yer osti suvlari umumiy tuyintiruvchi qismning 20-30% ini tashkil qilishi mumkin. Masalan, A.V.Shnitnikov hisobiga ko’ra Kulundinskoe ko’lini tuyintiruvchi qismi suvi xajmining 25-30% ini yer osti suvlari tashkil qilar ekan.
Oqar ko’llarda sarflanish, asosan, ko’ldagi oqib chiqadigan daryolar suvi hamda ko’l yuzasidan buladigan bug’lanishdan iboratdir. Oqmas ko’llarda esa sarflanish fakat buganish hisobiga buladi. Xar ikki holda ham ko’l kosasi tubiga shimiladigan suv miqdori juda ozdir. Ikkinchi tomondan ma‘lum gidrologik yil (yoki ko’p yil) uchun ko’lga qushiladigan yer osti suvlari miqdorini ko’l kosasi tubiga shimiladigan suv miqdoriga teng, ya‘ni U yerning Ush deb qabul qilish mumkin. Ko’ldan xujalik maqsadlarida foydalanish uchu olinadigan suv miqdori-g ko’ldagi suv xajmiga nisbatan juda oz bulgani uchun suv muvozanati tenglamalarini tuzishda ba‘zan u e‘tiborga olinmaydi.
Yuqorida bayon etilganlarni hisobga olib, suv muvozanati tenglamalarini ixchamlashtirib, oqar kullar uchun
X+Uq=Z+Uch+g  W,
Berk ko’llar uchun esa
X+Uq=Z  ∆ W,
suv miqdori bilan undan sarflanayotgan suv miqdori o’zaro teng bo’lsa, ∆W=0 bulib, yuqoridagi ifodani X+Uq=Z ko’rinishida yozish mumkin.
Agarda suv muvozanati tenglamasi tuzilayotgan vaqt davomida ko’lga suv qushilayotgan holda, oqar ko’llar uchun

X+Uq=Z+Uch,


Oqmas ko’llar uchun esa
X+Uq=Z
Ko’rinishlarida yoziladi.
Oxirgi ifodalar suv muvozanati o’rganilayotgan vaqt davomida ko’ldagi suv xajmi binobarin ko’ldagi suv sathi o’zgarmaydigan holatlar uchun o’rinlidir.
4 Ko’llar suv muvozanatining zonal xususiyatlari. Ko’llar suv muvozanati tenglamasida ishtirok etuvchi elementlarning qiymatlari turli iqlim mintaqalarida turlichadir. Ular ko’lning va ko’l suv tuplaydigan havzaning o’lchamlariga hamda ularning o’zaro nisbatiga bog’liq holda ham bir-birlaridan miqdor jixatidan farq qiladi.
Ortiqcha namlikka ega bulgan zonalardagi ko’llar uchun yillik yog’in miqdorining bug’lanishga nisbatan katta ekanligi (X0>Z0) xos bo’lsa, nam yetishmaydigan zonlarda esa buning aksi kuzatiladi, ya‘ni yillik bug’lanish birinchi zonada oqar ko’llar ko’p uchraydi.
Jadvalda O’rta Osiyodagi ayrim ko’llar suv muvozanati tenglamasida ishtirok etuvchi elementlarning sonli qiymatlari keltirilgan.

1-jadval
O’rta Osiyodagi ayrim ko’llarning suv muvozanati, mln.m3 (A.M.Nikitin ma‘lumoti boyicha)



Ko’llar


Hisob davri


Tuyintiruvchilar



Sarflanish


Xajm o’zgari-shi


Daryolar

Yog’in

Yig’indi

Daryolar

Bug’la-nish

Yig’
indi

Sarichelak

Ko’p yillik

60,4

3,9

64,3

60,4

3,9

64,3

0

Arnasoy

1978-1982

6390

390

2780




2400

2400

325

Yashilko’l

Ko’p yillik

825

5,7

830,7

785

29,2

814,2

-16,5

Sarez

1943-1980

1446

11

1487

1438

67

1505

-18

Iskandar-ko’l

1940-1980

599

1,0

600

595

2,6

598,6

0,4

Sariqamish

1976-1980

4280

200

4480




2950

2950

1460

Qorakul

Ko’p yillik

224

41

265




265

265

0

Jadvalda keltirilgan Arnasoy, Sariqamish ko’llari daryolar suvlari bilan bir qatorda kollektor-zovur suvlari, ekin maydonlaridan hosil buladigan ortiqcha oqava suvlar hisobiga ham tuyinadi. Shuning uchun ham bu ko’llarda xajm o’zgarishi musbat ishorali, ya‘ni hisob davrida ulardagi suv miqdori ortgan. Suv muvozanatining ana shunday xususiyatlari O’rta Osiyo xududida 60-yillardan paydo bula boshlagan ko’pgina irrigatsion- tashlama ko’llar uchun xosdir.
Kullarda suv almashinuvini va ularni suv muvozanatiga ko’ra tasniflash. Kullar – suv almashinuvi nisbatan juda sekin boradigan tabiiy suv havzalaridir. Suv almashinish sharoitiga qarab ko’llarni ikki guruhga – oqar ko’llar va oqmas yoki berk ko’llarga ajratish mumkin.
Oqar ko’llar shunday buladiki, unga bir daryo kelib quyilsa, ikkinchi daryo undan oqib chiqadi. Ular nam iqlimli xududlarda, jumladan Shimoliy Amerikada (Buyuk ko’llar), Yevroosiyo materigining shimoli-g’arbiy xududlarida juda ko’p uchraydi. Oqar ko’llar tog’li xududlarda ham keng tarqalgan. Masalan, Pomirdagi Sarez, Zarafshon havzasidagi Iskandarko’lni va Baykal ko’lini shu guruhga kiritish mumkin.
Oqmas yoki berk ko’llar, asosan cho’l xududlarda joylashgan. Ulardagi suv bug’lanish hamda ko’l kosasi tubiga shimilishga sarf buladi. Misol sifatida Kaspiy Orol, Issikkul singari juda ko’plab ko’llarni kursatish mumkin. Xaqiqatdan ham bu ko’llarga daryolardan oqib keladigan suv faqat ko’l yuzasidan buladigan bug’lanish va ko’l kosasi tubiga shimilishga sarf buladi.Har ikki guruhdagi ko’llarda ham ulardagi suv ma‘lum jadallikda almashinib turadi.



Download 166.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling