Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filialida davlat granti asosida qabul qilingan talabaning o‘qitish hamda o‘qishni tugatganidan


Download 84.5 Kb.
bet3/4
Sana25.10.2023
Hajmi84.5 Kb.
#1721663
1   2   3   4
Bog'liq
2 3 курс Грантга кирган талаба шартномаси 2023

2.2. Talabaning majburiyatlari
2.2.1. Tanlagan mutaxassisligi bo‘yicha yetuk bilim va ko‘nikma olish uchun o‘quv jarayonida faol ishtirok etish.
2.2.2.  Filial Ustavi, Odob-axloq kodeksi, Filialning korrupsiyaga qarshi kurashish dasturi (siyosati), filialning korrupsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etishga og‘dirish maqsadida murojaat qilish holatlari haqida xabardor qilish to‘g‘risidagi nizom va boshqa ichki (lokal) hujjatlari talablariga qat’iy rioya qiladi.
Qo‘shimcha talablar:
nutq madaniyatini doimiy takomillashtirib borishga;
talabalarning o‘z-o‘zini boshqarish tizimini faol qo‘llab-quvvatlash va mustahkamlash, ijodiy faoliyatni rivojlantirish ya jamoaviy madaniyatni o‘stirishga;
pedagog xodim bilan boshqa talabalarning bahosini muhokama qilmaslikka;
yozma ishlarni himoya qilish va reyting nazoratiga doir tartib-qoidani bajarish vaqtida chetdan yordam olmaslik, o‘zgalarga yordam ko‘rsatmaslikka;
boshqa shaxslar tomonidan tayyorlangan topshiriqlar yoki yozma ishlarni o‘z nomidan topshirmaslikka;
mashg‘ulotlarni sababsiz o‘tkazib yubormaslikka va darslarga sababsiz kechikib kelmaslikka;
o‘quv mashg‘ulotlari vaqtida Filial hududida behuda yurmaslikka;
dars mashg‘ulotlari o‘tilayotgan vaqtda fakultet dekanlari, magistratura bo‘limi boshlig‘ining ruxsatisiz Filial hududidan ketib qolmaslikka;
Filial xodimlari va o‘qituvchilariga qo‘pollik qilmaslikka, ular bilan tortishmaslikka, agarda ular nohaq bo‘lsa tegishli shaxslarga xabar berishga, o‘qituvchilarning shaxsiy hayotiga oid noo‘rin savollar bilan murojaat qilmaslikka, ularga nisbatan adovat saqlamaslikka;
xodim, talaba yoki doktorant bilan nizoli vaziyat yuzaga kelganda o‘z hissiyotlarini jilovlashga va mazkur vaziyatni ko‘rib chiqish bo‘yicha tegishli bo‘linma va xodimlarga (murabbiy (tyutor) dekan, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti, Ma’naviyat va ma’ifat markazi, Talabalar Kengashi) murojaat qilishga;
o‘quv jarayonida faol, e’tiborli bo‘lishga va pedagog xodimning ko‘rsatmalariga qat’iy rioya qilishga;
dars vaqtida gaplashmaslik hamda dars mashg‘ulotiga taalluqli bo‘lmagan ishlar bilan shug‘ ullanmaslikka;
jihozlarga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, stol va stullarga yozmaslikka;
qog‘oz, saqich va boshqa keraksiz narsalarni auditoriyada qoldirib ketmaslikka;
mashg‘ulotlar davomida ovqatlanmaslik, saqich chaynamaslikka, shuningdek, shaxsiy kompyuter va boshqa kommunikatsiya vositalaridan faqat pedagog xodim ruxsati bilan foydalanishga;
pedagog xodimga mashg‘ulotlar vaqtida savol yoki iltimos bilan qo‘l ko‘targan holda va ruxsat berilganidan so‘ng murojaat qilishga;
umumiy ovqatlanish joylarida taomlarga buyurtma berish va olishda navbat
tartibiga hamda belgilangan qoidalarga rioya qilishga;
Talabalar turar joyi Ichki tartib qoidasiga qat'iy rioya qilishga;
jamoat xavfsizlik manfaatlaridan kelib chiqib, imkon darajasida oliy ta’lim
muassasasiga jamoat transportida kelishga;
Talaba-qizlar Filialga och rangli va yorqin rangda bo‘lmagan bluzkalarda, tizzani yopib turadigan yubka, klassik turdagi shimlar (qish mavsumida) yoki odmi kostyum va to‘q rangdagi poyabzalda kelishlari lozim, shuningdek, o‘zlari bilan zaruriy o‘quv vositalarini olib kelishlari shart.
Filial talabasi bo‘lgan erkaklar oq, havorang, yoki och kulrang ko‘ylakda, klassik uslubdagi shim yoki odmi kostyum va to‘q rangdagi poyabzalda, soqoli talab darajasida olingan va sochi tartibga solingan holda kelishlari lozim. Bunda, talabalar o‘zlari bilan zaruriy o‘quv vositalarini olib kelishlari shart.
Talaba o‘z o‘qish va kasbiga mos (Filialning kiyinish etikasiga) bo‘lgan zamonaviy kiyimda bo‘lishlari lozim.
Filial talabasi bo‘lgan xotin -qizlar tanani shaffof ko‘rsatib turadigan, yelka, ko‘krak va qorin, tizzadan yuqori qismlari ochiq qoladigan hamda haddan ziyod, tor kiyimda, shuningdek, quloqchinlar, quloq va barmoqlardan tashqari tananing turli qismlariga turli zirak yoki metall buyumlar bilan, tanasining ko‘rinib turadigan qismida pirsing yoki tatuirovkada oliy ta’lim muassasasiga kelishlari mumkin emas.
Talaba professionallikka va tanlagan kasbiga xos tarzda kiyinish targ‘ib qilinadi.
Xodim, talaba va doktorantlarning auditoriya va xizmat xonalarida ustki kiyim (plash, palto‘ kurtka hamda bosh kiyim kabilar)da yurishlari taqiqlanadi.
Xodimlar, talabalar va doktorantlarning tashqi qiyofasi va kiyimlari ozoda, pokiza bo‘lishi lozim.
Shuningdek, xodim, talaba va doktorantlarning Filialga kelishi ruxsat etilgan formasiga turli din va konfessiyalar hamda milliylikka zid submadaniyatlarga mansublikni aks ettiruvchi elementlami (kipa, kashaya, xoch, hijob, yuzning asosiy qismini to‘sib qo‘yuvchi jag‘ ostidan o‘ralgan ro‘mol va boshqalar) qo‘shishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Dam olish kunlari (shanba va yaksharba) erkin ust-boshda (tanani shaffof ko‘rsatib turadigan, yelka, ko‘krak ya qorin, tizzadan yuqori qismlari ochiq qoladigan, turli din va konfessiyalar hamda submadaniyatlarga mansublikni aks ettiruvchi kiyimda kelish bundan mustasno) kelishga ruxsat etiladi (rasmiy tadbirlarda ishtirok etishga jalb qilinganlar belgilangan kiyinish tartibiga amal qilgan holda keladi).
2.2.3. O‘zining xatti-harakatlari, OAV va ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlari bilan universitetning ishchanlik obro‘si va manfaatlariga putur yetkazmaslik yoki zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan xatti-harakatlarini sodir etishdan tiyilish.
2.2.4. Filial obro‘siga putur yetkazuvchi xatti-harakatlar hamda korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek, bunday holatlar guvohi bo‘lgan taqdirda zudlik bilan Filial rahbariyatiga xabar beradi.
2.2.5. O‘quv rejasida belgilangan barcha fanlarni talab darajasida o‘zlashtirish.
2.2.6. Bitiruvchilarni ishga taqsimlash bo‘yicha Filialning taqsimot komissiyasi qarori bilan yuborilgan joyda belgilangan muddatni (uch yil) to‘liq ishlab berish.
2.2.7. O‘qishni tamomlagandan so‘ng ko‘pi bilan uch oygacha bo‘lgan muddatda ish joyiga yetib kelish va ishni boshlash.



Download 84.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling