Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universitetining jzzax filiyali
Download 40.5 Kb.
|
Ovoz chiqarib mulohaza yuritish metodi va masalalarni yechish jarayoni tahlili
Tadqiqot maqsadi: “ustiga chiqarib fikrlash” metodikasi yordamida tafakkurning rekonstruksiya imkoniyatlarini tahlil qilishdan iborat.
Kirish: Fikr-mulohazalarning eksteriorizatsiyasi – ustiga chiqarishning asosiy usullaridan biri ko‘p yillar mobaynida tafakkurni o‘rganishning yagona metodi “Ustiga chiqarib fikrlash” hisoblangan. Geshteltpsixologiyada shaxsning tafakkurini o‘rganishda aynan mazkur metodik usuldan foydalanilgan. Sinaluvchidan biror bir masalani echishda uning echimiga oid va oid bo‘lmagan har qanday fikrni ustiga chiqarib gapirish so‘raladi. Tadqiqotchi sinaluvchining hukmlarini diktofon yoki protokol yordamida qayd etib boradi. Gollandiyalik psixolog de Groot (1965) “Ustiga chiqarib fikrlash” metodi yordamida o‘zining fundamental tadqiqotida shaxmat o‘yinidagi yurishlar jarayonini tahlil qildi. Olim mazkur metodikani qo‘llash imkoniyatlari, kamchiliklari va afzalliklarini o‘rgangan va tahlil qilgan. Metodikani o‘tkazishda vujudga keladigan asosiy kamchiliklari eksperiment protokollarning noto‘liqligi, “ustingizga chiqarib fikrlang” ustanovkasiga ta’siri ostida tafakkur xatoliklari yuzaga kelishidan iborat. Fikrlash jarayonining ayrim fazalari, qadamlari sinaluvchining ongostida qolganligi tufayli protokolda o‘z aksini topmaydi. Anglanilgan holat va voqeliklar fikrlarning tez almashinuvchi natijasida e’tiborda chetda qolishi mumkin. Bunda verbalizatsiyaning ahamiyati yuqori. Ko‘pincha fikrlarni so‘zda ifodalagani ko‘proq kuch va vaqt talab etadi, bu jarayon esa fikrlash jarayonini to‘liq izdan chiqarishi ehtimol. Ba’zan ma’lum holatlarda bir yoki bir nechta bosqichlarni siqib chiqarish holati kuzatiladi. Bu holat sinaluvchilar fikrini verbal shaklga keltirgunga qadar o‘z tafakkur jarayonidagi xatolikni fahmlab qolishida bo‘lishi mumkin. Aksariyat hollarda sinaluvchilarga barcha jarayonlar to‘g‘risida iloji boricha to‘liqroq to‘xtaling degan maxsus ko‘rsatma berilishiga qaramasdan bu voqelikka duch kelmasdan iloji yo‘q. “Ustiga chiqarib fikrlash” metodikasining kamchiliklarini tahlil qilish asosida aksariyat tadqiqotchilar bu metodika masalani echish jarayonining mos ko‘rinishdagi makrostrukturasi mavjud protokolni taqdim etadi degan xulosaga keldilar. Tafakkur jarayoni qonuniyatlari, mikrostrukturasi, opersion tarkibining batafsil tahlili mazkur metodikadagi kamchililiklar tufayli qo‘llashni taqozo etmaydi. “Ustiga chiqarib fikrlash” metodikasi L. Sekey, L. Ansiferova, O.K.Tixomirov, A. V. Brushlinskiy va boshqa psixologlar ilmiy tadqiqotlarida qo‘llanilgan. Bu eksperimentlarda nazariy taxminlarga mos keluvchi tafakkur jarayonining birliklariga mos verbal protokollarni ajratish usullaridan keng foydalanildi. Download 40.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling