Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universtiteti Geologiya va geoinformatsion tizimlari fakulteti geofizika yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Tursunov shukurjonning


Download 1.38 Mb.
bet2/3
Sana04.02.2023
Hajmi1.38 Mb.
#1165344
1   2   3
Bog'liq
Tursunov Shukurjon

Oʻzbekiston faunasi va florasining baʼzi turlari Xalqaro Qizil kitobda ham oʻz aksini topgan. Unda har bir tur uchun alohida sahifa ajratilgan boʻlib, unda mazkur oʻsimlik yoki hayvon turining oʻzbekcha, ruscha, lotincha (ilmiy) nomlari, ularning sistematik oʻrni, qisqacha morfologik tavsifi, tarqalishi, yashash muhiti, tabiatdagi soni, koʻpayishi, areali va sonining oʻzgarishi sabablari, muhofaza qilish choralari va boshqalar bayon etilgan. Qizil kitobga kiritiladigan hayvon va oʻsimlik turlari boʻyicha taklifni ilmiy tekshirish muassasalari, davlat va jamoat tashkilotlari, ayrim olimlar tavsiya qilishi mumkin. Muhofaza qilinishi natijasida oʻz arealini qaytadan tiklagan va yoʻqolib ketish xavfi tugʻilmaydigan oʻsimlik va hayvon turlari Qizil kitobdan chiqariladi. Qizil kitobga kiritilgan turlar davlat qonuni asosida muhofaza qilinadi; uni buzgan yuridik va jismoniy shaxslar qonunga muvofiq javobgarlikka tortiladi.

“O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QIZIL KITOBI” TO‘G‘RISIDA Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: (20.12.2018) 1. Noyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi hayvonlar va o‘simliklarning Qizil kitobi — “O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi”ni yuritish O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti, O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga yuklatilsin.

O‘zbekiston Respublikasi hududida hozirda 4400 ga yaqin oliy yovvoyi o‘simlik va 2000 dan ziyod zamburug‘ turlari mavjud. Ular orasida jiddiy muhofazaga muhtoj ko‘plab kamyob endemik va relikt turlar ham bor. Bunday turlarning soni 300 dan ortiq bo‘lib, ular O‘zbekiston florasining 10-12 foizini tashkil etadi.

  • Yetmak (Acanthophyllum) — chinniguldoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻsimliklar bir necha turlarining umumiy nomi. Oʻzbekistonning adir va togʻ yon bagʻirlarida A. gypsophiloides va A. paniculatum oʻsadi. Boʻyi 50—80 sm, barglari qarama-qarshi, shapaloq, qalami yoki nashtarsimon. Barg bandi va sershox poyasi tuksiz yoki mayda tuk-chalar bilan qoplangan. Gullari mayda, shoxlarining uchida ikkitadan joylashgan. Gulbargi 5 ta, och pushti, changchisi 10 ta, 2 qator joylashgan. Mevasi bir urugʻli. Urugʻi och jigarrang yoki qoʻngʻir, qattiq qobikli. Ildizi burama oʻq ildizdan iborat boʻlib, 2 m dan ortiq chuqurlikka boradi.
  • E. ildizining tarkibida 10—30% saponin moddasi, shuningdek, aglikonogipsogen, 3 molekula ksiloza va bir molekula glyukuron kislota, galaktoza, ramnoza, furoza va arabinoza kabi moddalar bor. Ildizidan aholi nisholda tayyorlashda koʻpirtiruvchi modda sifatida foydalanib keladi. Ye. oziq-ovqat, qandolat va vinochilik sanoatida, tibbiyotda (balgʻam koʻchiruvchi va organizmni mustahkamlovchi dorilar tayyorlashda) qoʻllaniladi, toʻqimachilik sanoatida gazlamalarni okartirish, ipak va jun gazlamalarni yuvish uchun ham ishlatiladi. [

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling