Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy Unversiteti Jizzax filiali Amaliy matematika fakulteti tabiiy va iqtisodiyot fanlar kafedrasi


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/10
Sana09.05.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1449457
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Jalol iqt

 
 
 
Bozor munosabatlariga o'tish jarayonida strategik vazifalarining amalga 
oshirilishi 
Respublikada 
bozor 
iqtisodiyotiga 
o'tish davrida, iqtisodi-yotni rivojlantirish 
borasida bir qator vazifalar turadi. Bular 
xususiylashtirish va raqobatchilik muhitini 
shakllantirish 
jarayonlarini 
chuqurlashtirish; 
makroiqtisodiy barqarorlikka erishish; milliy 
valyutani 
mustahkamlash; 
iqtisodiyot 
tarkibiy 
tuzilishini 
tubdan 
o'zgartirish; 


ijtimoiy kafolatlari kuchli bo'lgan demokratik davlatni shakllantirish vazifalaridir. Bu 
vazifalarni amalga oshirishning nazariy va amaliy asoslari hamda ustivor yo'nalishlari 
Prezidentimiz I.A. Karimovning «O'zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish 
yo'lida» kitobida ifodalab berilgan. 
Bozor munosabatlariga o'tish davrida davlat mulkini xususiylashtirish natijasida 
ikkita asosiy vazifa hal qilinadi: 
Birinchidan, davlat ixtiyorida bo'lgan mulk o'zining haqiqiy xo'jayinlari qo'liga 
topshiriladi. 
Ikkinchidan, ko'p ukladli iqtisodiyot va rag'batlantiruvchi raqobatchilik muhiti 
vujudga keltiriladi. 
Mulkni haqiqiy xo'jayinlari qo'liga topshirish tadbirkorlik faoliyatini olib borish 
uchun keng imkoniyatlar yaratilishini bildiradi. Raqobatchilik muhitini vujudga keltirish 
esa, eng av-valo, mulkning davlat monopoliyasi ekanligiga barham berish va bir xil 
mahsulot ishlab chiqaruvchi (xizmat ko'rsatuvchi), ammo mulkchilikning turli shakllariga-
davlat, jamoa, xususiy va boshqa shakllariga asoslangan ko'pdan-ko'p korxonalar tashkil 
qilishdan iborat. 
Xususiylashtirish jarayonida mulkchilik shakllari o'zgarishi bilan birga, yagona xalq 
xo'jalik kompleksi sharoitida tarkib topgan tor ixtisoslashgan tarmoq monopoliya 
tuzilmalariga barham berish imkoniyati ham tug'iladi. Monopoliyalashtiril-gan tuzilmalarni 
xususiylashtirishda ishlab chiqarishning o'zini nisbatan ixchamlashtirish, korxonalarni 
texnikaviy, texnologik va tashkiliy-iqtisodiy jihatdan qayta o'zgartirish loyihalarini ishlab 
chiqish zarur bo'ladi. 
Tashabbuskorlikka asoslangan, shuningdek, turli xil koop-erativlar, shirkatlar, 
ma'suliyati cheklangan jamiyatlar ko'rinishidagi yangi kichik va o'rta korxonalarni tashkil 
qilish iqtisodiyotning davlatga qarashli bo'lmagan qismini shakllanti-rishning ikkinchi 
qudratli jarayonidir. 
O'z-o'zidan aniqki, bozor iqtisodiyoti sharoitida ham davlat korxonalari saqlanib 
qolib, iqtisodiyotda sezilarli rol o'ynayveradi.
Shu sababli, bunday korxbnalar uchun ularning bozor sharoitlariga moslashuviga 
imkon beradigan xo'jalik yurit-ish mexanizmini ishlab chiqish talab qilinadi, ular 
tijoratlashtiri-ladi, ya'ni foyda uchun ishlaydigan korxonalarga aylantiriladi. 
Iqtisodiyotni barqarorlashtirish bozor munosabatlarini shakllantirish yo'lidagi 
muqarrar jarayondir. 
U eng awalo tanglik holatlariga barham berishga qaratiladi. Tanglik holati inqirozga 
uchrashning oldini olish uchun ishlab chiqarish, chiqarilayotgan tovar -va xizmatlarning 
sifati va turini o'zgartirish yuzasidan chora-tadbirlar ko'rishga undaydi, ishlab chiqarish 
xarajatlarini kamaytirishga, mahsulotning sifati va iste'mol xossalarini yaxshilashga, uning 
raqobatga bardosh-ligini oshirishga majbur qiladi. Bularning barchasi pirovard natijada 
bozorda talab va taklif o'rtasida qulay muvozanatni ta'minlashga olib keladi. Kengroq 


ma'noda barqarorlashtirish -bu eng awalo, makroiqtisodiyotda muvozanatni saqlash, ishlab 
chiqarishning keskin pasayishiga va ommaviy ishsizlikka yo'l qo'ymaslikdir. Shuningdek, u 
pul qadrsizlanishining oldini olish, to'lov balansini bir me'yorda saqlash sohasida aniq 
maqsadni ko'zlab olib boriladigan davlat siyosatidir. 
Jahon tajribasida barqarorlashtirish siyosatini amalga oshirishda bir necha xil 
yondashuvlar tarkib topgan. Bulardan birinchisi monetar yondashuv deb ataladi. U pulning 
qadr-sizlanish darajasini pasaytirib turishga, pul massasini hamda to'lovga qodir bo'lgan 
jami talabni keskin kamaytirish hisobiga pul muomalasini barqarorlashtirishga asoslanadi. 
Bu yon-dashuvning kamchiligi shuki, u ishlab chiqarishning jismoniy hajmi kamayishiga va 
investisiya faoliyatining to'xtab qolishiga olib keladi. 
Ikkinchisi - ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyatini rag'batlantirishga, tarkibiy 
o'zgartirishlarni amalga oshirishga yordamlashish, iqtisodiyotda nomutanosibliklarga 
barham berishga asoslangan yondashuv. Bunda bir me'yordagi qattiq moliyaviy va pul-
kredit siyosati tovar bilan qoplashning iloji bo'lmagan ortiqcha talablarni cheklash bo'yicha 
tadbirlar bilan uzviy bog'lab olib boriladi. 
Respublikada o'tish davrida makroiqtisodiy barqarorlikka erishishda ikkinchi 
yondashuvga ustunlik beriladi. Bu ishlab chiqarishning ilg'or tuzilmasiga erishish uchun 
ustunlikka, is-tiqbolga ega bo'lgan tarmoqlar va ishlab chiqarishlarni har to-monlama 
rag'batlantirish, eng muhim bo'g'inlarni aniqlash (neftn, energetika, don, paxtani qayta 
ishlash sanoati va h.k.) va shu orqali iqtisodiyotni tarkiban qayta tashkil qilish bo'yicha 
amalga oshiriladigan yondashuvdir. Boshqalardan ustun hisoblangan yetakchi tarmoqlar 
belgilab olinishi bilan birga, ularning ichki tuzilishini qayta o'zgartirish ham hisobga 
olinadi. 
Barqarorlashtirish dasturini ishlab chiqishda, muvozanatga keltirilgan monetar 
siyosat asosiy tarmoqlar va ishlab chiqarishlarni tarkiban qayta tashkil qilishni qo'llab-
quwatlash siyo-sati bilan birga qo'shib olib borilishi zarur. 
Ana shu yondashuvlar negizida iqtisodiy barqarorlikka erishishning asosiy mezonlari 
quyidagilardan iborat bo'ladi: 
1) ishlab chiqarish hajmining qisqarishiga yo'l qo'ymaslik; 
2) boshqalardan ustun bo'lgan tarmoqlarda ishlab chiqar-ishni yuksaltirish uchun 
qulay sharoitlarni vujudga keltirish va rag'batlantirish; 
3) davlat byudjeti va korxonalar moliyaviy ahvolining barqarorligini 
ta'minlash; 
4) pulning qadrsizlanishini to'xtatish; 
5) to'lov balansi va davlat valyuta rezervlarining hola-tini yaxshilash; 
6) muvozanatlashtirilgan ijtimoiy siyosat asosida aholi tur-mush darajasini 
yaxshilash. 
Byudjet intizomiga rioya qilish va uning kamomadini cheklash barqarorlashtirishning 
hal qiluvchi omillaridan biridir. Bunda soliq tizimini takomillashtirish muhim ahamiyat 


kasb etadi. Hozirgi bosqichda iqtisodiyotni barqarorlashti-rishda kredit-bank tizimini, pul 
muomalasini mustahkamlash, valyuta munosabatlarini tartibga solish ham alohida o'rin 
tutadi. 
Bozor munosabatlariga o'tish davrida milliy valyutani mustahkamlash umummilliy 
vazifa hisoblanadi. Shu sababli, milliy valyutaning barqarorligi, uning ichki bozorda erkin 
almashinuvini ta'minlash uchun respublikada bir qator dastur-larni amalga oshirish ko'zda 
tutiladi. 
Birinchidan, milliy valyutaning tovar (xizmat) lar bilan barqaror ta'minlanishiga 
erishish. Bunda bozorni iste'mol mollari bilan to'ldirish va ularning umumiy hajmida 
respublikada ishlab chiqariladigan mahsulotlar hissasini oshirib borish hal qiluvchi o'ringa 
ega bo'ladi. 
Ikkinchidan, yetarli barqaror valyuta zaxiralariga ega bo'lish. Bunga respublika 
eksport imkoniyatini kengaytirish, korxonalarni eksport uchun mahsulot ishlab 
chiqaradigan korxonalarga aylantirish va ulaming jahon bozoridagi mavqeini oshirish orqali 
erishiladi. 
Uchinchidan, ishlab topilgan har bir so'mni qadrlash va xalq xo'jaligiga sarflangan 
har bir so'mning foyda bilan qay-tishiga erishish. Buning uchun qat'iy moliya-kredit 
siyosatini izchillik bilan o'tkazish zarur. 
To'rtinchidan, pul qadrsizlanishiga, inflyasiyaga qarshi puxta o'ylangan siyosat 
o'tkazish. Bunda ichki bozorni mollar bilan to'ldirish, naqd pul va kredit emissiyasining 
o'sishiga, aholi qo'lida pulning harakatsiz turib qolishiga yo'l qo'ymaslik birinchi darajali 
ahamiyatga ega. 
Respublikaning bozor iqtisodiyotiga o'tishida iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini o'zgartirish 
vazifasi butunlay yangi xalq xo'jalik kompleksini bunyod etishga qaratiladi. Bu esa iqtiso-
diyotning tarmoq va hududiy tuzilishini, ishlab chiqarilayotan mahsulot, eksport va import 
tarkibini qayta qurish, shuning-dek, eng muhim makroiqtisodiy va takror ishlab chiqarish 
nis-batlarini tartibga solishni talab qiladi 
2
.Pulning vujudga kelishi kishilik jamiyati sivilizatsiyasining buyuk kashfiyotlaridan 
hisoblanadi. ‖Pul‖ deb nomlangan maxsus tovarning paydo bo‗lishi natijasida odamlar 
o‗rtasida ayirboshlash bilan bog‗liq ziddiyatlar va «ehtiyojlarning bir – biriga mos 
kelmasligi» kabi muammolar barham topdi. Pulning vujudga kelishi, uning evolyutsion 
rivojlanishi, nazariyasi, mohiyati va funksiyalari haqida xorijiy va mahalliy iqtisodchi 
olimlar, nazariyachilar, mutaxassislar juda ko‗p ilmiy asarlar, maqolalar va tadqiqot ishlari 
yaratgan.
Hozirgi kunda ham ushbu jarayon davom etmoqda. Iqtisodiy adabiyotlarda pulning 
vujudga kelishi va uning hozirgi kundagi ko‗rinishi haqida yagona yondashuv mavjud 


emas. Pulning vujudga kelish sababini bilish uchun qadimda odamlar o‗rtasida ro‗y bergan 
ayirboshlash munosabatlarini amalga oshirish jarayoniga e‘tibor qaratish lozim. Chunki, 
aynan mana shu tabiiy ayirboshlash jarayoni hozirgi kunda siz bilan biz kundalik hayotda 
va hisob–kitoblarda foydalanib kelayotgan pulning vujudga kelishiga zamin yaratgan. 
Xususan, pulning vujudga kelishiga quyidagi omillar asos bo‗lib xizmat qiladi:
- qadimgi davrda odamlar o‗z ehtiyojidan ortib qolgan iste‘mol mahsulotlari turib 
qolmasligi va saqlashning imkoniyati bo‗lmaganligi bois ularni o‗zlariga yaqin yoki tanish 
odamlarga bergan, bu o‗z–o‗zidan odamlar o‗rtasida stixiyali ravishda bir tomonlama 
ayirboshlash munosabatlari vujudga kelishiga sabab bo‗lgan; 
- odamlarning ongi, dunyoqarashi va hayot kechirish tarzi rivojlanganligi natijasida, 
ikki tomonloma ayirboshlash munosabatlari vujudga kela boshladi. Bu davrda, kishilarda 
o‗ziga zarur bo‗lmagan buyumning o‗rniga nimadir olish evaziga, ikkinchi kishiga berishi 
lozimligini anglay boshladilar. Bularning barchasi dastlab stixiyali ravishda sodir etilib, bu 
odamlarning kundalik uchun zarur bo‗lgan buyumlar, oziq–ovqatlar, kiyim–kechaklar va 
boshqa ehtiyojlarini qondirish natijasida ro‗y bergan. Bu davr ishlab chiqarish usulining 
natural xo‗jalik tuzumi davriga borib taqaladi.
Ma‘lumki, natural xo‗jalik tuzumidan ilgarigi davrda har bir kishi kunlik ehtiyoj 
uchun zarur bo‗lgan mahsulotni mustaqil ravishda ishlab topgan (yaratgan)ligi bois, ular 
o‗rtasida ayirboshlash munosabatlariga ehtiyoj mavjud bo‗lmagan. Yuqorida qayd etilgan 
ikki omil, kishilar o‗rtasida ayirboshlash munosabatlarining shakllanishiga zamin yaratdi, 
natijada odamlar ixtiyoridagi ortiqcha mahsulotni o‗zi uchun zarur bo‗lgan boshqa 
mahsulotga ayirboshlashga ehtiyoj seza boshladi.
Ayirboshlash – bu kishilarning istak–xohishlari va ehtiyojlari mahsuli sifatida amalga 
oshiriladigan jarayon bo‗lib, buning natijasida, tomonlar ehtiyojini qondirish maqsadida 
ixtiyoridagi narsadan voz kechib, zarur bo‗lgan narsaning o‗rniga berishdir. Ayirboshlash 
kishining ehtiyoji bo‗lgan buyumga ega bo‗lish imkoniyatini beradigan jarayondir.
Demak, ayirboshlash ―A‖ va ―B‖ tomonlar o‗rtasidagi o‗zaro kelishuv natijasida 
sodir bo‗ladigan jarayon bo‗lib, ―A‖ o‗ziga tegishli tovar yoki xizmatini ―B‖ tomonning 
tovar yoki xizmati uchun berishdir. Madomiki, ushbu almashuv jarayoni ikki tomonga ham 
iqtisodiy jihatdan foydali bo‗lib, ―A‖ tomon voz kechgan tovar yoki mahsulot o‗rniga o‗zi 


uchun zarur bo‗lgan, undan ham foydaliroq tovar yoki xizmatni oladi. Shuningdek, natural 
xo‗jalikning rivojlanib borishi, jamiyatda mehnat taqsimotini shakllanishiga olib kelgan.
Vaqt o‗tishi bilan odamlar o‗rtasida mahsulot ayirboshlash jarayoni rivojlanib, ishlab 
chiqarishning ixtisoslashuv jarayoni ro‗y bera boshlagan. Xususan, pulning vujudga 
kelishida 
chorvachilikning 
dehqonchilikdan 
ajralib 
chiqishi, 
keyinchalik 
hunarmandchilikning shakllanishi juda muhim ahamiyat kasb etdi. Ushbu davrda, odamlar 
o‗rtasida mahsulotlarni faol ayirboshlash jarayoni boshlandi. O‗sha davrdagi ayirboshlash 
munosabatlarini faollashishiga asosiy omillar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:

ishlab chiqarishning natural xo‗jalik shaklidan tovar ishlab chiqarish davriga o‗tishi; 

ishlab chiqaruvchi sub‘ektlarning bir–biriga o‗zaro bog‗liqligining vujudga kelishi; 

ayirboshlash jarayonida tovarlar ekvivalentligining ta‘minlanganligi
.
 
K.Marks pulni pul - bu tovarlarning tovari deb ifodalangan va uning quyidagi 
xususiyatlarini izohlab bergan. Birinchidan, pulning iste‘mol qiymatida boshqa tovarlarning 
qiymati o‘z ifodasini topadi. Ikkinchidan, pulda ifodalanadigan aniq mehnatning asosini 
abstrakt mehnat tashkil qiladi. Uchinchidan, pulda ifodalanuvchi xususiy mehnat ijtimoiy 
mehnat sifatida namoyon bo‘ladi. Shunga asoslangan holda pul ham tovar, lekin boshqa 
tovarlardan farq qiluvchi xususiyatlarga ega bo‘lgan, maxsus tovardir degan xulosaga kelish 
mumkin. Uning maxsus tovar sifatida xususiyati shundaki, u barcha tovarlarning qiymatini 
o‘ziga ifoda qiluvchi, umumiy ekvivalent hisoblanadi.
Umumiy ekvivalent rolini uzoq yillar davomida oltin bajarib kelgan bo‘lsa-da, tovar 
xo‘jaligining va pul muomalasining rivojlanishi qog‘oz pullar, boshqa kredit vositalari 
yuzaga kelishiga, kredit va pul mablag‘larining bankda bir schyotdan ikkinchi schyotga 
o‘tkazilishi kabi jarayonlar bo‘lishiga olib kelgan.
Pul qanday shaklda bo‘lishidan qat‘iy nazar - u pul bo‘lib qoladi. Yuqoridalarga 
asoslangan holda pulning mohiyatini quyidagicha ta‘riflashimiz mumkin. Pul - bu maxsus 
tovar, umumiy ekvivalent bo‘lib, abstrakt mehnat xarajatlarini o‘zida aks ettiradi va tovar 
xo‘jaligidagi ijtimoiy ishlab chiqarish munosabatlarini ifodalaydi.
Bu ta‘rif pulning barcha xususiyatlarini o‘zida to‘liq ifodalaydi deb aytishimiz 
mumkin. Bular: 
Birinchidan, pulning boshqa tovarlardan ajralib turuvchi maxsus tovarligi;


Ikkinchidan, pul bu umumiy ekvivalent - yagona tovar bo‘lib, qolgan tovarlarning 
qiymatini o‘zida ifoda qilishi (boshqa xohlagan bir tovar bu xususiyatga ega bo‘la olmaydi);
Uchinchidan, pulning ekvivalent sifatida tovarni yaratishga ketgan mehnat va boshqa 
xarajatlarini o‘zida ifoda qilishi;
To‘rtinchidan, pulning har bir iqtisodiy tizimda, tovar ishlab chiqarishda kishilar 
o‘rtasida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlarini ifoda qilishi va boshqalardir. Pul 
to‘g‘risidagi evolyutsion nazariya uning o‘lchov birligi va muomala vositasi ekanligini 
ochib beradi. 
Pulning muhim xususiyati shundaki, u ham boshqa tovarlar singari qiymatga va 
iste‘mol qiymatga ega bo‘lishi bilan birga boshqa barcha tovarlarga qarama-qarshi turadi. 
Bu bir tomonda pul, ikkinchi tomonda boshqa tovarlar. 
Pulning iste‘mol qiymati shuki u o‘z funksiyasini bajarib iqtisodiyot mushkulini 
oson qiladi (vositachi sifatida). 
Pulning qiymati (qadr qiymati) deganda pul birligining xarid qilish qobiliyati, ya‘ni 
unga qancha tovar va xizmatlar xarid etish mumkinligi tushuniladi. 
Pulni qiymati metal pulni zabt etish yoki qog‘oz pulni bosib chiqarish xarajatlarini 
bildirmaydi. Bu xarajatlar pul qiymati emas, balki pulni muomilaga kiritish sarflaridir. Pulni 
qiymati narxga bog‘liq, narxlar ko‘tarilib, ketsa, uni qiymati (qadri) pasayadi va aksincha. 
Umuman pul insoniyat kashfiyotlari ichida eng oddiy, eng tushunarli bo‘lib 
hisoblanadi. 
Insoniyatning butun yutuqlari ham, fojialari ham pul bilan bog‘liqdir. Inson 
faoliyatini eng muhim xarakatga keltiruvchi kuchlardan biri pul bo‘lib kelgan va shunday 
bo‘lib qoladi. 
Taniqli davlat arboblaridan biri ta‘kidlaganidek, «Davlatni o‘rni uni qancha soldati 
yoki pushkalarini qudrati bilan emas, balki milliy valyutaning mustahkamligi bilan 
belgilanadi. Bunga shuni qo‘shimcha qilish mumkinki, korxonaning mavqi unda necha 
kishini ishlashi, ishlab chiqariladigan mahsulot miqdori bilan emas, balki uning moliyaviy 
barqarorligi bilan belgilanadi». 
Chet el iqtisodchilari pulning iqtisodiy kategoriya sifatida mohiyati va zarurligiga 
kam e‘tibor berishgan. 1857 yillarda taniqli ingliz iqtisodchi U. Djevons Iqtisodiy fanlar 


uchun pul masalasi - bu geometriyadagi aylana kvadraturasiga teng demakdir degan ekan. 
Shuning uchun chet el iqtisodchilari bu bobni chetlab o‘tishgan. 50 - yillardagi 
darsliklarning avtorlari pulning mohiyatidan ko‘ra uning iqtisodga, ishlab chiqarish va 
bandlik, moddiy resurslar va ulardan foydalanishga ta‘sirini o‘rganish muhimroqdir deb 
ta‘kidlashgan va ko‘p chet el olimlari shu yo‘nalishda ish olib borishgan.
Hozirgi vaqtda pul to‘g‘risida bizda mavjud chet el adabiyotlarida ko‘rilgan masalalar 
bu fikrimizning isboti bo‘lishi mumkin. Haqiqatda ham bozor iqtisodiga o‘tish sharoitida 
pulning zarurligi, mohiyatini tadqiqot qilishdan ko‘ra, pulning iqtisodga, ishlab chiqarishga, 
bandlikka ta‘sirini tadqiqot qilish jamiyatimiz uchun ahamiyatliroq deb o‘ylaymiz.
Ishlab chiqarish resurslari, ya`ni xom-ashyolar, jixozlar va mashinalar hamda ishchi 
kuchi bozorda pulga sotib olinadi. Ishlab chiqarish natijasida yaratilgan tovarlar yana pulga 
sotiladi. Pul ko`rinishida olingan daromad taqsimlanadi va qayta taqsimlanadi. 
Pul bozor iqtisodiyotining «tili» dir. Har bir iqtisodiy axborot, tovarlar va xizmatlar 
bahosi, to`lovlar, daromad-u harajatlar, moliyaviy talablar va majburiyatlar, iqtisodiy 
aloqalar faqat pulda ifodalanadi. 
Har bir korxona, tashkilot, muassasa, tadbirkorlar, alohida - alohida fuqarolar 
faoliyati natijasi ham pul bilan hisoblanadi. 
Pul - bu shunday maxsus tovarki, u hamma boshqa tovarlar uchun umumiy ekvivalent 
vazifasini bajaradi va barcha tovarlarni sotib olish vositasi bo`lib xizmat qiladi. Pul har 
qanday buyumga aylanish sehriga qodir. 
Kishilar har doim pul topishga harakat qiladilar, pul esa ular uchun xizmat
qiladi. 
Hozirgi vaqtda kredit pullarning zamonaviy turlari elektron pullar va kredit 
kartochkalardan foydalanilmoqda. Banklar faoliyatida EYoM lardan foydalanish, elektron 
pullar yordamida qarzlarni to‘lashni tezlashtiradi. AQSh da pul mablag‘larini elektron 
o‘tkazish tizimi - EFTS (Electronie Funds Transfeht Sustem) oborotning samarali bo‘lishini 
ta‘minlamoqda.
Hozirgi zamon amaliyotida qo‘llanilayotgan kredit kartochkalar naqd pullar o‘rniga 
hisob-kitoblarni olib borish uchun chiqarilgan bo‘lib, ular juda qulay va afzalliklarga ega. 
Kredit kartochka bo‘yicha barcha turdagi chakana savdo uchun va xizmatlar uchun to‘lash 


mumkin. Hozirgi vaqtda kredit kartochkalarning bank, savdo xizmatlarni to‘lash uchun 
mo‘ljallangan. 
Pulning to‘lov vositasi vazifasi yana turli qarz va majburiyatlarni to‘laganda:
- korxona, tashkilotlar o‘rtasida tovar va xizmatlar uchun to‘laganda;
- davlat byudjetiga va kredit tizimiga to‘lovlarni amalga oshirganda (foydadan 
to‘lanadigan to‘lovlar, kredit bo‘yicha qarz va foizlarni to‘lash va boshqalar); 
-ishchi xizmatchilariga ish xaqi to‘lash va aholiga boshqa to‘lovlarni to‘lash (nafaqa, 
stipendiya va boshqalar)da; 
- boshqa har xil qarz va majburiyatlarni to‘lash (masalan, kreditga olingan uchun 
to‘lov, uy-joy, elektroenergiya va boshqa xizmatlar uchun to‘lovlar) da amalga oshiriladi.
Pulning to‘lov vositasi vazifasining yana bir xususiyati shundaki, bu vazifada 
to‘lovlar naqd pullik yoki naqd pulsiz shaklda amalga oshirilishi mumkin. Bu xususiyati 
bilan ham pulning to‘lov vositasi vazifasi muomala vositasi vazifasidan farq qiladi. Pulning 
bu vazifasi yordamida amalga oshiriladigan naqd - pullik va na naqd pulsiz to‘lovlar 
birgalikda to‘lov oborotining vujudga keltiradi.
Pulning to‘lov vositasi vazifasini biz ikkinchi darajali deb qarashimiz mumkin emas, 
chunki bu vazifaning bajarilmasligi to‘lovlarning o‘z vaqtida amalga oshmasligiga, bu esa 
hozirgi kunda mavjud muammolar debitor-kreditor qarzlarning ko‘payishiga, kredit 
bo‘yicha va boshqa moliyaviy majburiyatlarning bajarilmasligiga, xo‘jalik jarayonlarining 
normal borishiga katta ta‘sir ko‘rsatishi mumkin.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling