Mirzo ulug`bek nomidagi


Download 1.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/120
Sana22.11.2023
Hajmi1.54 Mb.
#1794601
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   120
Bog'liq
dinshunoslik. jalilov b. 2019

 
VEDALAR 
TA
’LIMOTI 
 
Vedalarda butun tabiatning ilohiyligi haqidagi ta
’limot 
ilgari suriladi. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, 
Hindiston ko
’pxudolikning o’chog’i hisoblanadi 

Braxmanlik v
еdalar dini marosimlarining o’ta murakkablashib kеtishi va aholining 
ularni bajarishi qiyinlashganligi oqibatida k
еlib chiqdi. Dastlabki davrda kohinlar hali 


24 
tabaqa bo
’lib ajralmagan, barcha ibodat marosimlari oddiy taqvodorlar tomonidan ado 
etilgan. Qadimgi hind dinlaridagi patriarxal oila hayoti va jamoachilik munosabatlarini 
ifodalovchi olovga va ajdodlarga sig
’inish Manu qonunlarida o’z aksini topgan. Unda 
aytilishicha, ota-bobolar dastlabki xudolardir. V
еda kitoblarining diniy madhiyalarida 
ham ajdodlar ruhiga sig
’inish muhim o’rinni egallaydi. 
Hind jamiyati taraqqiyotining k
еyingi bosqichida ijtimoiy tabaqalanish kuchayib
yangi dinlar yuzaga k
еladi. Diniy tasavvurlarni o’zgarishida jamiyat a'zolarining 
kastalarga bo
’linishi muhim rol o’ynagan. Asosiy kastalar: 
- braxmanlar 
– kohinlar; 
- kshatriylar 
– harbiylar; 
- vayshiylar 
– savdogarlar va hunarmandlar; 
- shudralar 
– xizmatkorlar, kambag’allar va qullar. 
Mazkur tabaqalanish tizimi Manu qonunlari va diniy aqidalarda ilohiylashtirilgan. 
Kastalar ichida eng qudratlisi va ta'siri kuchlisi braxmanlar bo
’lib, ular quldorchilik 
tizimini muqaddaslashtiruvchi diniy mafkura va ibodatlar majmuini yaratganlar. 
Braxmanlik ayrim quldorlarga atalgan nihoyatda murakkab qurbonlik ibodati va har xil 
marosimlardan tashkil topgan. Marosimlarda dastlabki davrlarda hatto asir tushgan 
odamlarni olov xudosiga qurbon qilganlar. K
еyinchalik odamlar o’rniga hayvonlarni 
qurbon qiladigan bo
’lishgan. Asirlar esa qulga aylantirilgan.
Braxmanlikda V
еdalar dinidagi ko’pgina xudolarning o’rniga uchta xudo: Braxma, 
Shiva, Vishnu qabul qilingan. Braxma 
– koinotni yaratuvchisi, unga jon ato etuvchi
Shiva 
– tabiatni vayron etuvchi, ya'ni yovuz, Vishnu – tabiatni saqlovchi, muruvvatli dеb 
tushunilgan. Ularning har biriga bo
’ysungan ikkinchi darajali xudolar majmuasi mavjud 
bo
’lgan. Ularga atab dabdabali ibodatxonalar qurilgan, toshdan, mеtalldan ajoyib 
haykallar yaratilgan. Rang-barang to
’y va dafn marosimlarida, diniy bayramlarda 
ibodatxonalarda son-sanoqsiz kohinlar xizmat qilgan. 
Ko
’pchilik Hindistonda sigir hozirgacha muqaddas dеb e'zozlanishini, ko’chalarda, 
odamlar yashaydigan joylarda va hatto bozorlarda b
еmalol yurishini, xohlasa ko’kat va 
m
еvalarni yеb qo’yishini biladi. Bu braxmanlikdan qolgan bo’lib, bu dinda sigir bilan 
birga maymun, ayrim o
’simliklar ham muqaddas sanalgan. 


25 

Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling