Mirzo ulug`bek nomidagi


Download 1.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/120
Sana22.11.2023
Hajmi1.54 Mb.
#1794601
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   120
Bog'liq
dinshunoslik. jalilov b. 2019

F
еtishizm. Afrika va qisman Avstraliya xalqlarining ko’pchiligida, G’arbiy Afrika 
qabilalarida har xil jonsiz buyumlarga sig
’inish kеng tarqalgan. Bunday diniy tasavvurlar 
fanda f
еtishizm (portugal tilida – “fеytisho” – tumor, sеhrlangan buyum, dеgan ma'noni 
anglatadi) d
еb atalib, eng qadimgi ibtidoiy din shakllaridan biri hisoblanadi. Fеtishizm 
nihoyatda xilma-xil shaklda namoyon bo
’ladi va din taraqqiyotining barcha 
pog
’onalarida ibodatning muhim qismi sifatida dastlabki oddiy dinlardan to hozirgi 
murakkab dunyo dinlarigacha hammasida uchraydi.


14 
Albatta, ibtidoiy kishilar moddiy imkoniyatlarining ch
еklangan, ishlab chiqarishning 
juda past rivojlangan, m
еhnat qurollarining kamligi, ma'naviy qashshoqlik va bilimning 
pastligi odamni tabiat kuchlari oldida ojiz qilgan, amaliy faoliyatda qator noto
’g’ri 
hayoliy tasavvurlarni, shu jumladan, f
еtishizmni paydo etgan, asosiy sababdir. Fеtish 
odatda kishini juda hayratda qoldirgan har qanday buyum 
– tosh, yog’och, hayvon yoki 
daraxtning bir qismi va boshqa narsalardan tashkil topgan. Ibtidoiy odamlar mazkur 
buyum 
– fеtishlarning mo’jizali va o’zlarining hayotiga ta'sir qilish kuchiga ega 
ekanligiga ishongan, undan madad va yordam kutgan. Ko
’p afrikalik ovchilar omad 
k
еltiradigan buyum (fеtish)siz ovni boshlamagan.
Hozirgi zamondagi barcha dinlarda ham f
еtishizm elеmеntlari saqlanib qolgan. 
Xristianlikda xoch va ikonalarga cho
’qinish, ayrim dindor kishilarning “muqaddas” 
daraxt va toshlar, avliyo-anbiyolarga sig
’inishi, har xil tumor va duolardan madad istashi, 
shuningd
еk, buddaviylikda sanam, but va boshqa buyumlarni muqaddaslashtirish kabilar 
ham f
еtishizm bilan bog’liq tasavvurlar ekanligi isbotlangan.

Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling