Mirzo ulug`bek nomidagi


Download 1.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/120
Sana22.11.2023
Hajmi1.54 Mb.
#1794601
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   120
Bog'liq
dinshunoslik. jalilov b. 2019

Bibliya (yunon. 
“kitoblar”) – yahudiylik va xristianlikda muqaddas hisoblangan 
diniy kitoblar va risolalar majmuasi. Bibliya ikki asosiy qism 
– Qadimgi Ahd va Yangi 
Ahdga bo
’linadi. “Ahd” so’zi Xudoning insonlar bilan maxsus aloqasini ifodalaydi. 
Qadimgi Ahd yahudiylikda ham, xristianlikda ham muqaddas sanaladigan va eng 
qadimiy davrlarda yaratilgan diniy adabiyotlardan, Yangi Ahd esa, faqat xristianlar 
muqaddas d
еb biladigan, ular diniy shaklanishiga aloqador diniy asarlardan iborat. 
Mazkur dinlarning aqidalariga binoan, Bibliya 
– Xudoning kalomi, barcha insonlarga 
yo
’llangan, dunyo va odamzodning paydo bo’lishi va “oxirat” sirini ochib beruvchi 
muqaddas kitobdir. Uning asosiy mavzusi 
– yagona Xudoning fazilatlari va insoniyat 
bilan munosabati haqidadir. Bibliya miloddan avvalgi VIII asr va milodiy II asrlar 
oralig
’ida oromiy hamda yunon tillarida yozilgan. Bibliya matnlari tadqiq etilganda shu 
narsa tasdiqlandiki, ular qariyb ming yil davomida xilma-xil joylarda yaratilgan. 
Bibliya eng qadimiy adabiy yodgorliklardan biri bo
’lib, diniy pand-nasihatlar, 
aqidalar, bashoratlar, duolar, solnomalar, masallar, ishqiy va falsafiy dostonlar, hikoyat, 
rivoyat va maktublardan iborat. Bibliyada, bir yoqdan, odamzodning gunohkor bo
’lib, 
Xudo tomonidan rad etilishi, abadiy halokatga mahkum qilinishi to
’g’risida gap kеtsa
ikkinchi yoqdan Xudo insonni qutqarish uchun qanday r
еjalar tuzgani haqida hikoya 
qilinadi. Ayniqsa, odamlarga najot yo
’lini ochgan Iso Masih to’g’risida to’laqonli xabar 
beriladi. 
Vahhobiylik 
– islom dinining Hanbaliya mazhabidagi oqim. Arabiston yarim 
orolining markaziy qismida XVIII asr o
’rtalarida paydo bo’lgan. Asoschisi – Muhammad 
ibn Abdulvahhob. U 1703 yili Najd o
’lkasida, qozi oilasida tug’ilgan. Dastlabki ta'limni 
o
’z otasidan olgach, o’spirinlik yillari Arabiston va qo’shni o’lkalar bo’ylab ko’p safar 
qilgan. Ibn Abdulvahhob aqoidda ibn Taymiya, Ibn al-Kayyim va ibn Kasirga ergashdi. 
Muhammad ibn Abdulvahhob diniy targ
’ibotni taxminan 1730 yilda boshlagan, o’z 
otasining vafotidan (1740) so
’ng uni faollashtirgan, chunki ota-o’g’il o’rtasida da'vatning 
uslubi xususida ixtilof bo
’lgan. Turk tilidagi tadqiqotlarda ibn Abdulvahhob uzoq yillar 
ingliz josusi bilan hamkorlik qilgani haqida dalillar mavjud. Vahhobiylik tarafdorlari 


136 
fikricha, faqat Alloh ma'bud va islomning manbai faqat Qur
’on va Sunnadir. Muqaddas 
joylarni ziyorat qilish, aziz-avliyolardan, duolardan shafoat, yordam tilash shirk 
hisoblanadi. Musiqa, qo
’shiq va umuman ma'naviy taraqqiyotning boshqa ko’p 
ko
’rinishlari “bid'at” (kеyin kirib kеlgan yangilik) dеb sanaladi. Vahhobiylar “dinni 
tozalashga, Muhammad davridagi asl holiga k
еltirish” ga harakat qiladi. 
Vahhobiylikda g
’ayridinlarga, “ilk islom ahkomlaridan chеkingan” musulmonlarga 
qarshi kurash alohida o
’rin tutadi.

Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling