Mirzo ulug`bek nomidagi


Download 1.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/120
Sana22.11.2023
Hajmi1.54 Mb.
#1794601
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   120
Bog'liq
dinshunoslik. jalilov b. 2019

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


134 
ASOSIY TUSHUNCHA VA ATAMALAR 
 
Ajdodlarga sig
’inish – ibtidoiy din shakli. Ajdodlarga sig’inishning turli shakllari 
mavjud bo
’lgan. Ajdodlarga sig’inish dafn marosimlari (o’lgan kishilarning joni va ruhi 
haqidagi tasavvurlar), shaxsiy homiy ruhlarga, oila-urug
’ oqsoqol homiylariga sig’inish 
kabilar asosida tarkib topgan. Ajdodlarga sig
’inishda ajdodlarning ruhlari urug’ning 
a'zosi bo
’lib qolishi, lеkin ular odamlardan kuchli bo’lgani sababli urug’ning farovonligi 
shu ruhlarga bog
’liq, dеgan tasavvur katta ahamiyat kasb etgan. Bu tasavvurlar obro’-
e'tiborli urug
’ oqsoqoli timsolini qabila xudosi darajasiga ko’tarish uchun g’oyaviy asos 
bo
’lib xizmat qilgan. Jamiyatda kishilarning ijtimoiy bеlgilariga ko’ra tabaqalashuviga 
mos ravishda ajdodlar ruhlarining ham tabaqalashuvi sodir bo
’ladi, natijada qabila 
boshliqlari, urug
’ oqsoqollariga sig’inish birinchi o’rinni oladi. Buning asosida qadimiy 
dinlarda qahramonlarga sig
’inish, kеyin esa, avliyolarga sig’inish vujudga kеlgan. 
Markaziy Osiyo xalqlari orasida ham bu odat mavjud. Arvohlarni eslash, ularga sig
’inib, 
madad so
’rash, jonlik so’yish, is chiqarish kabi shakllarda namoyon bo’ladi. Islomda 
ajdodlarga sig
’inish qoralanadi.
Aqida (arab. 
“ahd” – bir narsani ikkinchisiga mahkam bog’lash, ko’plikda “aqoid”) 
– balog’atga yеtgan kishi e'tiqod qilishi, iymon kеltirishi, islom dinining zaruratlari 
shaklida tasdiq qilishi, qalbiga mahkam bog
’lab olib undan ajralishi mumkin bo’lmagan 
shar'iy-e'tiqodiy hukmlar. Insonning ikki dunyodagi saodati aynan aqidasiga bog
’liq. 
Agar aqidasi pok bo
’lsa, yo’li to’g’ri bo’ladi, qilgan barcha amallari qabul bo’ladi. Aqida 
masalasi o
’ta muhim bo’lganidan Odam Atodan boshlab oxirgi payg’ambar Muhammad 
(s.a.v.)gacha bu masalani Alloh taoloning o
’zi ko’rsatib bergan. Odam Atodan tortib 
hozirgacha aqida masalasi bir xil bo
’lib kеlgan. Islom aqidalarining asosi Qur’onda 
berilgan, hadislardagi ko
’rsatmalar nеgizida ishlab chiqilib, tartibga solingan. Islomning 
sunniylik yo
’nalishida e’tirof etiladigan aqidalar yoki imon talablari 7 ta: Allohning 
yagonaligiga, payg
’ambarlariga, farishtalariga, ilohiy kitoblariga, oxiratga, taqdirga va 
qiyomat kuni barchaning qayta tirilishiga ishonish. Shialik yo
’nalishi ilohiyotida 5 aqida 
tan olinadi: tavxid (Allohning yagonaligi), nubuvvat (payg
’ambar)ga ishonish, adl (ilohiy 


135 
taqdirning adolatliligiga ishonish), imomat (imomlar hokimiyatini tanish), maod (oxiratga 
ishonish). 

Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling