Mirzo Ulugʻbek “To’rt ulus tarixi”
Download 490.13 Kb.
|
Toʻrt ulus tarixi
Mirzo Ulugʻbek “To’rt ulus tarixi”Kadamova MuniraUlug‘bek Xurosondagi adabiy va ilmiy muhitdan farqli o‘laroq, turk-mo‘g‘ul xalqlari tarixi bilan qiziqdi. Chingizxon va mo‘g‘ul sulolalari tarixining Temuriylar davrida davom etgani qiziqarli va diqqatga sazovor. Zotan, turk-mo‘g‘ul qavmlarining qondoshlik jihatdan birligi haqidagi tarix bu davrda ma’lum edi. Shu chin tarixni keng ommaga etkazish uchun zarurati bor edi.Ulug‘bek Xurosondagi adabiy va ilmiy muhitdan farqli o‘laroq, turk-mo‘g‘ul xalqlari tarixi bilan qiziqdi. Chingizxon va mo‘g‘ul sulolalari tarixining Temuriylar davrida davom etgani qiziqarli va diqqatga sazovor. Zotan, turk-mo‘g‘ul qavmlarining qondoshlik jihatdan birligi haqidagi tarix bu davrda ma’lum edi. Shu chin tarixni keng ommaga etkazish uchun zarurati bor edi.“To‘rt ulus tarixi” Mirzo Ulug‘bekning rahbarligi ostida va shaxsan ishtirokida yaratilgan. Asar 1425 yili yozib tamomlangan.“To‘rt ulus tarixi” Mirzo Ulug‘bekning rahbarligi ostida va shaxsan ishtirokida yaratilgan. Asar 1425 yili yozib tamomlangan.Asar “Ulus- a- arba’a – yi Chingiziy” (“Chingiziylarning to‘rt ulusi”) va “Tarixi arbaa ulus” (“To‘rt ulus tarixi”) nomlari bilan mashhur.* Asar muqaddima va etti bobdan iborat.Muqaddima qismida o‘rta asrlarda yaratilgan tarixiy asaralar an’anasiga ko‘ra, Tangri taolo, uning elchisi Muhammad s.a.v. Va uning avlodlari sha’niga maqtov, Odam ato, payg‘ambarlar, Nuh alayhissalom, uning farzandlari tarixi bayon qilinadi. (Bichurinning “Istoriya pervыx chetыrex xanov doma Chingizxana”sini ham qarash kerak).Muqaddima qismida o‘rta asrlarda yaratilgan tarixiy asaralar an’anasiga ko‘ra, Tangri taolo, uning elchisi Muhammad s.a.v. Va uning avlodlari sha’niga maqtov, Odam ato, payg‘ambarlar, Nuh alayhissalom, uning farzandlari tarixi bayon qilinadi. (Bichurinning “Istoriya pervыx chetыrex xanov doma Chingizxana”sini ham qarash kerak).Birinchi bobda Turkxon ibn Yofas va uning Turkiston elida hukmronlik qilgan avlodlari – Abuljaxon, Dabkuyxon, Kuyukxon va boshqa mo‘g‘ul hukmdorlari, shuningdek, turk qavmlari va podshohlari – Mo‘g‘ulxon, Qoraxon, O‘g‘uzxon tarixi bayon qilingan. Shunisi diqqatga sazovorki, asarda keltirilgan turk-mo‘g‘ul urug‘lari tarixi va etnik tarkibi Rashididdinning “Jome ut-tavorix” asarining 1 jildida keltirilgan ma’lumotlardan keskin farq qilmaydi. (O‘g‘uzxon-chi?) Bu hol Rashididdin foydalangan va turk-mo‘g‘ul xalqlariga oid boshqa manbalarni Mirzo Ulug‘bek ham sinchiklab o‘rganganini dalillaydi. Usmonli turklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham bu bobdagi muhim jihatlardan biridir.Download 490.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling