Mirzo Ulugʻbek “To’rt ulus tarixi”
Download 490.13 Kb.
|
Toʻrt ulus tarixi
Birinchi bobda Turkxon ibn Yofas va uning Turkiston elida hukmronlik qilgan avlodlari – Abuljaxon, Dabkuyxon, Kuyukxon va boshqa mo‘g‘ul hukmdorlari, shuningdek, turk qavmlari va podshohlari – Mo‘g‘ulxon, Qoraxon, O‘g‘uzxon tarixi bayon qilingan. Shunisi diqqatga sazovorki, asarda keltirilgan turk-mo‘g‘ul urug‘lari tarixi va etnik tarkibi Rashididdinning “Jome ut-tavorix” asarining 1 jildida keltirilgan ma’lumotlardan keskin farq qilmaydi. (O‘g‘uzxon-chi?) Bu hol Rashididdin foydalangan va turk-mo‘g‘ul xalqlariga oid boshqa manbalarni Mirzo Ulug‘bek ham sinchiklab o‘rganganini dalillaydi. Usmonli turklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham bu bobdagi muhim jihatlardan biridir.Ikkinchi bob turk-mo‘g‘ul xalqlarining afsonaviy onasi Alonquva va undan tarqalgan avlodning – Buzunjor xon, Buqo xon, Dutumin xon, Qobulxon, Boysung‘ur xon, Yasugay bahodir va boshqalarning tarixi bayonidan iborat.Ikkinchi bob turk-mo‘g‘ul xalqlarining afsonaviy onasi Alonquva va undan tarqalgan avlodning – Buzunjor xon, Buqo xon, Dutumin xon, Qobulxon, Boysung‘ur xon, Yasugay bahodir va boshqalarning tarixi bayonidan iborat.Uchinchi bob buyuk jahongir Chingizxon tarixining bayoniga bag‘ishlangan. Bu bobda eng diqqatga sazovor o‘rinlar – Chingizxonning bir qator xonlarni mag‘lub qilgani, uning nasl-nasabi, farzandlari, el-ulusga joriy qilgan yasoqlari, ya’ni qonunlari zikri va u o‘rnatgan qonunlar tufayli o‘g‘irlikka barham berilgani, lashkar tuzilishiga oid voqealar bayonidir. Jumladan, lashkar tuzilishi to‘g‘risida Mirzo Ulug‘bek quyidagicha yozadi: “Lashkar tartibi shunday tuzilganki, Odam ato zamonidan bugungi kungacha biror podshohning sipohi turknikidek muyassar bo‘lmagan. Sabru bardosh shiddatida va ma’lum muddatgacha shokirlikda yashirin va oshkora o‘z hokimlariga jonu dildan mahkumlik va mute’lik qilurlar” (113-bet). Sulton Muhammad Xorazmshoh va uning o‘g‘li Jaloliddin bilan olib borgan jangu jadallari ham shu bobda qiziqarli tarzda bayon etiladi.Uchinchi bob buyuk jahongir Chingizxon tarixining bayoniga bag‘ishlangan. Bu bobda eng diqqatga sazovor o‘rinlar – Chingizxonning bir qator xonlarni mag‘lub qilgani, uning nasl-nasabi, farzandlari, el-ulusga joriy qilgan yasoqlari, ya’ni qonunlari zikri va u o‘rnatgan qonunlar tufayli o‘g‘irlikka barham berilgani, lashkar tuzilishiga oid voqealar bayonidir. Jumladan, lashkar tuzilishi to‘g‘risida Mirzo Ulug‘bek quyidagicha yozadi: “Lashkar tartibi shunday tuzilganki, Odam ato zamonidan bugungi kungacha biror podshohning sipohi turknikidek muyassar bo‘lmagan. Sabru bardosh shiddatida va ma’lum muddatgacha shokirlikda yashirin va oshkora o‘z hokimlariga jonu dildan mahkumlik va mute’lik qilurlar” (113-bet). Sulton Muhammad Xorazmshoh va uning o‘g‘li Jaloliddin bilan olib borgan jangu jadallari ham shu bobda qiziqarli tarzda bayon etiladi.Download 490.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling