Mirzoxidov mirjalolning "jahon tarixi" fanidan "turkiya respublikasining ijtimoiy-siyosiy hayotida


Download 300.72 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana02.03.2023
Hajmi300.72 Kb.
#1243372
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
304- guruh Mirzoxidov Mirjalol-Turkiya 80-90 yillar




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
 
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI 
TARIX FAKULTETI 
 
TARIX YO‘NALISHI 3-BOSQICH 304-GURUH TALABASI 
MIRZOXIDOV MIRJALOLNING 
 “JAHON TARIXI” FANIDAN
 
 
 
“TURKIYA RESPUBLIKASINING IJTIMOIY-SIYOSIY HAYOTIDA 
ISLOM OMILI (XX ASRNING 80-90-YILLARI)” 
MAVZUSIDA TAYYORLAGAN 
KURS ISHI 
 
 
 
 
 
 
ANDIJON – 2022 
 
 



I. Kirish 
II. Asosiy qism 
1. Turkiya siyosiy tizimida islom omili. Diniy tariqatlar va islomiy oqimlar faoliyati 
2. Turkiya ijtimoiy tizimida islom omili, ijtimoiy–siyosiy islohotlar va uning diniy 
hayotga ta`siri 
3. Turkiya madaniy va ma`rifiy hayotida dinning o`rni va roli 
III. Xulosa 
IV. Foydalanilgan adabiyotlar 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



Kirish 
Mavzuning dolzarbligi. Insoniyat tamaddunining va kishilik jamiyatining 
barcha kulminatsion voqealari XX asrda yuz bergan desak adashmaymiz. Bu davrda 
inson omili–gumanistik g`oyalar yuqori darajaga ko`tarilgan bir davr bo`ldi. Barcha 
islohotlar inson uchun degan tushunchalar keng tarqala boshladi. Bu masalalarni hal 
etish yo`lida turli mafkuraviy oqimlar va diniy e`tiqodlar, konsepsiyalar o`rtaga 
chiqdi. Ana shu jihatlari va daqiq joylarini tahlil qilish uchun tarixiy jarayonlarni 
o`rganib chiqish maqsadga muvofiq ishdir. Tarix ilmi ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va 
ma`naviy hayotning tahlilchisi sifatida jamiyat taraqqiyotining muhim hodisalarini 
ibrat tarozusida o`lchaydi. Shu sabab tarixga nazar tashlab xulosa chiqarish va ibrat 
olish katta foydali va hayrli ish ekanligini dono ajdodlarimiz alohida ta`kidlaganlar.
O`tmishni tadqiq etishni va o`zbek xalqining asl tarixini qaytadan yaratish 
muhim deb hisoblagan hukumatimiz prezident boshchiligida 1998-yil 26-iyunda bir 
guruh tarixchi olimlar va ziyolilar bilan o`tkazgan uchrashuvidan keyin tarixni 
o`rganishda yangi sahifalar ochildi. Prezidentimiz ta`biri bilan aytganda, “hech bir 
xalq o`tmishini bilmay turib, o`zining zamon va makondagi o`rnini aniq belgilab 
olmasdan, nasl-nasabini, kimligini bilmay turib keyingi kelajak rejalarini barpo 
etishi mumkin emasligini aytib, “Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q” –deb ta`kidlagan 
edilar”
1
.
Ma'lumki, o`tmishda o`zbek xalqi turkiy qavmlar bilan bir safda turib o`z 
davlatchiligini qurgan. Mazkur xalqlar bilan bir necha marotaba o'zbek xalqi yagona 
bir davlat ostida jam bo`lib hayot kechirishgan va shu asnoda turk millati bilan 
o`zbek xalqi o`rtasida bir-biriga bog`liqlik va chambarchas rishtalar bilan uzviylik 
mavjudligi haqida so`zlaydigan bo`lsak mubolag`a bo`lmaydi. Shu sabab, qardosh 
Turkiya Respublikasi bilan yaxshi hamkorlik munosabatlarini saqlab, ular bilan 
o`zaro manfaatli ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy aloqalarni rivojlantirish uchun bu ikki 
davlat tarixi va unda kechayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni to`laqonli o`rganib 
tahlil qilish, hamda undan to`g`ri yechimlar chiqarish bugungi kundagi eng dolzarb 
masalalardan biri hisoblanadi.
Mavjud globallashuv sharoitida jahon mamlakatlarida ijtimoiy-siyosiy 
harakatlar faoliyati, ayniqsa diniy ekstremizm va xalqaro terrorizm avj olgan bir 
paytda turli mamlakatlardagi jarayonlarga diniy tus berilishi kuchayib bormoqda. 
Shu qismatni boshida o`tkazgan Turkiya Respublikai ijtimoiy-siyosiy hayotida ham 
din omili muhim o`rin tutadi. Ayni jihatlarni o`rganish va sabab va oqibatlarini 
yuzaga chiqarish – muammolarga yechim topishda asqotadi. Kishilik jamiyatida 
mafkura chegara bilmasligini inobatga olgan holda, kerakli xulosa chiqarganlar va 
rivojlanishning samarali yo`lini tanlaganlar taraqqiyot sari ketayotgan xalqning, 
millatning an`ana va qadriyatlarini, o`zligini hamda ibratli o`tmishini asrab qoladi. 
Hususan, shu qatorda yuqoridagi omillar sabab davlatning yaxlitligi va millat, elat 
1
Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак ёъқ. – Тошкент: Шарқ, 1998. – Б. 11. 



birligini saqlash ham butun dunyoda muammo sifatida ko`rilmoqda. Dunyoda 
kishilik jamiyat ongini isloh qilish yoki fikrlar ustidan ommaviy manipulyatsiya3 
qilishni nazarda tutgan mafkuralar, falsafiy konsepsiyalar, ijtimoiy oqimlar va turli 
diniy aqidalar kurash maydoniga chiqqan. Lekin ularning hammasi ham ko`zlangan 
maqsadga erishishmagan. XX asrning oxirgi dekadalarida Turkiyada mamlakat 
hayotini uch sohasida jiddiy o`zgarishlarga uchradi. Birinchidan, jamiyat 
dunyoqarashini o`zgarishi, ikkinchidan, "sovuq urush" tugagach xalqaro 
munosabatlarda Turkiya egallab turgan pozitsiyasini o`zgarishi, uchinchidan, ichki 
siyosatda islom omilini o`sishini alohida olib ko`rsatish mumkin. Shu asosda 
tadqiqotning xronolik davri XX asrning 80-90- yillarlarini o`z ichiga oladi. Bu 
davrda aynan islomiy shiorlar bilan ilk diniy partiyalarni yuzaga kelishi va diniy 
omilning kuchayishi bilan bog`liq. 

Download 300.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling