Mis qotishmalari Latunlar. Latunlarning markalanishi Bronzalar. Bronzalarning markalanishi


Download 222 Kb.
bet1/4
Sana24.01.2023
Hajmi222 Kb.
#1115669
  1   2   3   4
Bog'liq
Qotishmalar




Mavzu: Qotishmalar


Reja:



  1. Mis qotishmalari

  2. Latunlar. Latunlarning markalanishi

  3. Bronzalar. Bronzalarning markalanishi

  4. Alyuminiy qotishmalari

  5. Antifriksion qotishmalar

Qotishmalar
Rangli metall qotishmalarining o‘ziga xos xususiyatlari (elektr va issiqlikni o‘zidan yaxshi o‘tkazishi, plastikligi, korroziyaga bardoshligi va boshqa xossalari mashina
detallarida ish sharoitiga ko‘ra temir qotishmalardan qimmat bo‘lsada, ulardan foydalaniladi.
Mis qotishmalari. Misni Zn, Sn, Pb, Fe, Mn va boshqa elementlar bilan hosil qilgan birikmalariga mis qotishmalari deyiladi. Mis qotishmalarini kimyoviy tarkibiga ko‘ra, latunlarga va bronzalarga ajratiladi:
Latunlar. Latun Cu bilan Zn ning qotishmasi bo‘lib, uning mexanik va texnologik xossalari yuqori bo‘ladi. Ularning keng foydalaniladiganlari tarkibida rux miqdori 40-42% gacha bo‘ladi. Latunlarning mexanik va texnologik xossalarini yanada yaxshilashi uchun ularga ma’lum miqdorda Al, Cu, Fe, Zn va boshqa elementlar qo‘shib maxsus latunlar olinadi. Latunlarga qo‘shiladigan elementlarning turi va miqdori qotishmadan kutilgan xossalarga qarab belgilanadi. Latunlarning texnologik ko‘rsatkichlariga ko‘ra bosim bilan ishlanadigan (deformatsiya beriladigan) va quymalar olinadigan xillariga ajratiladi. Quyidagi 12-jadvalda latunlar markalari, asosiy mexanik xossalari va ishlatilish joylariga misollar keltirilgan. Bosim bilan ishlanadigan latunlar yuqori plastik xossaga ega bo‘lib, ulardan olingan quymalar bosim bilan ishlanib listlar, lentalar, trubalar tayyorlanadi. Quyma latunlarning oquvchanligi yuqori bo‘lib, likvatsiyaga kam beriluvchi antifriksion xossaga ega bo‘ladi.
Bu qotishmalardan podshipniklar, vtulkalar, chervyakli vintlarning zagotovkalari qoliplarga quyish yoli bilan tayyorlanadi.

Download 222 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling