Мисирова Сурайё Абдумуталовнанинг «Манзарали гулларнинг замбуруғ турлари қўзғатувчи касалликлари ва уларга қарши кураш чоралари» мавзусида 06
Download 38.95 Kb.
|
Taqriz tashqi marjona
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bitiruv malakaviy ishini bajarish uchun qо‘yilgan vazifalar quyidagilardan iborat
- Tadqiqot natijalarining e’lon qilinishi.
- Taqrizchi: N.R. Melanova
Haydarova Marjona Orifjon qizining «Ajdar kalla (Pitahaya) mevali daraxtini Namangan viloyati sharoitida in vitro usulda ko`paytirish texnologiyasi» mavzusidagi BITIRUV MALAKAVIY ISHIGA T A Q R I Z Mamlakatimizda shaxarsozlik, ko‘kalamzorlashtirish tizimida gulli o‘simliklarni samarali plantatsiyalarini barpo etish va kengaytirish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Buning natijasida O‘zbekiston landshaft dizayinida yangicha san’at asarlari barpo etilmoqda va urug‘chilik borasida mevali daraxtlarni ekin maydonlarini kengaytirish va eksportni ko‘zda tutuvchi jahon standartlariga mos mahsulotlarini yetishtirishga erishilmoqda. O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida «...Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, shahar va tumanlarda ekologik ahvolni yaxshilash, “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish» vazifalari belgilab berilgan. Noyob eksportbob mevali daraxt turlarining istiqbolli navlarini tanlash, baholash va ularni jadal ko‘paytirish hamda ko‘chatlari yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqish davlat iqtisodiyoti va mevachilik sohasi uchun dolzarb hisoblanadi. Bitiruv malakaviy ishini bajarish uchun qо‘yilgan vazifalar quyidagilardan iborat: Ajdar kalla (Pitahaya) mevali daraxtini ayrim navlarini introduksiya qilish va О‘zbekiston iqlim sharoitiga moslashuvchanligini aniqlash; Ajdar kalla (Pitahaya) mevali daraxtini ayrim navlarini manzaraviyligi, urug‘larining morfologik xususiyatlarini tadqiq qilish; Ajdar kalla (Pitahaya) mevali daraxtini tomonidan erishilgan ilmiy yangiliklar: ilk bor Ajdar kalla (Pitahaya) mevali daraxtini tuproq sharoitida va in vitro usulda O`zbekiston hududida ko`paytirilmoqda. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ajdar kalla(Piyahaya) mevali daraxtini labaratoriya sharoitida o`stirish tatbiq etilgan. Bu mevamizni o`stirib ko`paytirishdan ko`zlangan maqsad cho`l hududlari ko`kalamzorlashtirish, qimmatbaho meva turini do`konlar ga yetkazib berish. Bundan ko`zlangan iqtisodiy samaradorlik esa 230 mln ni tashkil qiladi. Tadqiqot natijalarining e’lon qilinishi. Bitiruv malakaviy ishining ilmiy natijalari 32 ta ilmiy ishlarda o‘z aksini topgan, bundan 5 ta monografiya,Web of science scopus bazasida 1ta, Xalqaro ilmiy texnik jurnal 3ta, Respublika OAK 2ta, Respublika ro`yhatida 9 ta, Ilmiy konfrensiya 6 ta, Darslik 1 ta, Monografiya 5ta, 2 ta EXM uchun dasturiy guvoxnomalar olingan. Bitiruv malakaviy ishini qo`yilgan talablarga loyiq deb bilaman hamda diplom himoyasi uchun tavsiya beraman. Taqrizchi: N.R. Melanova Download 38.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling