Misli, pirrotinli, surmali, oltingugurtli va tellurli oltin rudalarni flotatsiyali boyitishning oʻziga xos xislati


Download 126.36 Kb.
bet5/6
Sana02.06.2024
Hajmi126.36 Kb.
#1834836
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Misli, pirrotinli, surmali, oltingugurtli

Og‘ir muhitlarda boyitish
Og‘ir muhitlarda boyitish mineral zarrachalarning zichligiga qarab ajralishiga asoslangan. Agar boyitilayotgan mahsulotni zichligi ajraladigan minerallar zichligining orasidagi muhitga (suyuqlikka) solinsa, zichligi muhitning zichligidan kichik minerallar suyuqlik yuzasiga qalqib chiqadi, zichligi muhitning zichligidan kata minerallar pastga cho‘kadi.
Og‘ir muhit sifatida organik suyuqliklar, tuzlarning eritmalari va suspenziyalar ishlatiladi.

Suspenziya yuqori zichlikdagi mayin zarrachalarning suv bilan mexanik aralashmasidir. Suvdagi muallaq zarrachalar og‘irlashtirgich yoki suspenzoid deyiladi.


Og‘irlashtirgich sifatida pirit, pirrotin, barit, magnetit, galenit kabi minerallar yoki temirning kremniy bilan qotishmasi ferrosilitsiy ishlatiladi. Ularning orasida ko‘proq ishlatiladigani ferrosilitsiy, magnetit va galenitdir. Suspenziya tayyorlash uchun og‘irlashtirgich 0,15–0 mm yiriklikkacha yanchiladi.
Suspenziyaning eng asosiy xossalari uning zichligi,qovushqoqligi va barqarorligidir. Og‘ir suyuqliklarda boyitish uchun suspenzion separatorlarning quyidagi turlari qo‘llaniladi: elevatorli bo‘shatiluvchi ichki spirally barabanli separator; og‘ir fraksiyani tashqi aerolift orqali bo‘shatuvchi ichki aralashtirgichli konusli separator.
Konusli separator SK-3 (2.12-chizma) metall korpus (2)ga ega bo‘lib, uning yuqori qismi silindr shaklida, pastki qismi (7) konus shaklida bo‘ladi. Ichi bo‘sh val (3) ichida uzatma (1) orqali ramkasimon turdagi aralashtirgich aylanadi.


2.12-chizma. SK-3 konusli separator:
1 – uzatma; 2 – metall korpus; 3 – ichi bo‘sh val; 4 – tirsak;
5 – forsunka; 6 – aralashtirgich; 7 – aerolift; 8 – bo‘shatish kamerasi;
9 – tarnovcha; 10 – yengil zarralar; 11 – dastlabki mahsulot;
12 – uzatma.
Dastlabki mahsulotni yuklovchi (11) va yuzaga qalqib chiqqan mahsulotni bo‘shatuvchi (10) tarnovchalar separator silindr qismining yukorisiga kavsharlangan.
Konusning pastki kismi uni aerolift bilan ulash uchun gardish va o‘tuvchi tirsak (4) bilan tamomlanadi.
Aerolift konusda cho‘kkan ogir mahsulotni ko‘tarish va uni bo‘shatish kamerasi (8) orqali to‘kish uchun xizmat qiladi. Aerolift trubasining pastki qismiga forsunka (5) orqali siqilgan havo beriladi.Aerolift ustida maydalovchi zont (9) o‘rnatilgan bo‘lib, uning holati maxsus vint yordamida o‘zgartirilishi mumkin.
Konus silindrik qismining yuqorisida suspenziya berish uchun voronka mahkamlangan. Konusning ichida ogirlashtirgichni muallaq holda ushlab turish va bu bilan suspenziya zichligani saqlovchi ramali
aralashtirgich joylashgan. Konus ichki devorini yopishib qolgan og‘irlashtirgich zarrachalaridan tozalash uchun aralashtirgach parrakcha-
lariga rezinali kurakchalar o‘rnatilgan.Konusga tushayotgan ruda og‘ir muhitda konusning yuqori qismida bo‘shatuvchi tuynuk (10) orqali kuyib olinuvchi yengil (qalqib chikkan) mahsulotga, aerolift orqali ko‘tarilib bo‘shatish kamerasi (8)ga beriluvchi og‘ir mahsulotga ajraladi. Separatorning uzatmasi (12) chervyakli reduktor orqali amalga oshiriladi.


Download 126.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling