Misli, pirrotinli, surmali, oltingugurtli va tellurli oltin rudalarni flotatsiyali boyitishning oʻziga xos xislati


Download 126.36 Kb.
bet4/6
Sana02.06.2024
Hajmi126.36 Kb.
#1834836
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Misli, pirrotinli, surmali, oltingugurtli

Magnitli saralash usuli
Magnit usulida boyitishning mohiyati shundan iboratki, ruda zarralariga magnit va mexanik kuchlar bilan ta’sir qilinganda, har xil magnit xossasiga ega bo‘lgan zarralar har xil harakatlanish traektoriyalariga ega bo‘ladi.
O‘zlarining traektoriyalari bo‘ylab harakatlanib, magnit va nomagnit zarralar magnit maydonidan alohida mahsulotlar holida chiqib,bu mahsulotlar bir-biridan faqat magnit xossasi bilangina emas, balki o‘zining moddiy tarkibi bilan ham farq qiladi.
Magnit usulida boyitish qora va rangli metallar rudalarini boyitishda, magnitli og‘irlashtirgichlarni regeneratsiyalashda, turli xil materiallardan temirni yo‘qotishda qo‘llaniladi.
Ruda zarralarini magnit xossalariga qarab ajratish sodir bo‘ladigan mashinalar magnit separatorlari deb ataladi.

Separatorning ishchi zonasi deb ataluvchi zonasida magnitli ajratish olib borish uchun kuchlanganligi har xil nuqtalarda har xil bo‘lgan magnit maydoni hosil qilish kerak.


Bunday magnit maydoni bir jinsli bo‘lmagan maydon deyiladi.

Magnit usulida boyitish uchun faqat magnitli zarrachaga ta’sir qiluvchi magnit


kuchlarini hosil qiluvchi bir jinsli bo‘lmagan magnit maydoni ishlatiladi. Undan tashqari magnit maydoni yetarli darajadagi kuchlanganlikka ega bo‘lishi kerak. Ruda zarralarining magnitlanish qobiliyatiga qarab ularning ajralishi kuchli va kuchsiz magnit maydonlarida olib boriladi (2.10–2.11-chizmalar).


2.10-chizma. Bir magnit barabanli separatorning sxemasi
1– aylanuvchi baraban; 2– magnitning qo‘zg‘almas qutblari;


3– elektromagnit g‘altaklari; 4 – tok berish.




2.11-chizma. Kuchsiz magnitli rudalarni quruq va ho‘l usulda
boyituvchi separatorning sxemasi:
1 – ta’minlagich; 2 – o‘ramlar g‘altagi; 3 – o‘zak; 4 – qutb uchliklari;
5 – valoklar, 6 – magnitli mahsulotni qabul qiluvchi idish;
7 – nomagnit mahsulotni kabul qiluvchi idish;

Download 126.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling