Konchilik” fakulteti “Noyob va radioaktiv metallar rudalarini qazish va qayta ishlash” kafedrasi


Download 1.47 Mb.
bet1/5
Sana11.09.2020
Hajmi1.47 Mb.
#129304
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Geologiya amaliy


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

NAVOIY KON-METALLURGIYA KOMBINATI

NAVOIY DAVLAT KONCHILIK INSTITUTI

KONCHILIK” FAKULTETI

Noyob va radioaktiv metallar rudalarini qazish va qayta ishlash” kafedrasi

GEOLOGIYA VA GIDROGEOLOGIYA”

FANIDAN AMALIY MASHG’ULOTLARINI

BAJARISHGA DOIR


USLUBIY KO`RSATMA

Navoiy-2019

Tuzuvchilar: Navoiy davlat konchilik instituti “Noyob va radioaktiv metallar rudalarini qazish va qayta ishlash” kafedrasi dotsenti geol.-min.f.n.- A.S.To’rayev

Navoiy davlat konchilik instituti “Noyob va radioaktiv metallar rudalarini qazish va qayta ishlash” kafedrasi assistenti -R.Q.Rashidova


Navoiy davlat konchilik instituti Olmaliq kon-metallurgiya fakulteti “Konchilik ishi” kafedrasi dotsenti geol.-min.f.n.- Yu.P.Isomatov

«Geologiya va gidrogeologiya» fanidan amaliy ishlarini bajarishga doir uslubiy ko’rsatma. To’rayev A.S, Rashidova R.Q. Yu.P.Isomatov Navoiy: NDKI, 2016. 48 bet.


Ushbu uslubiy ko’rsatma «Geologiya va gidrogeologiya» fanidan 5311600-«Konchilik ishi»-yo’nalishlar bo’yicha ta’lim oladigan talabalarga mo’ljallangan bo’lib o’z ichiga amaliy ishini qamrab olgan. Ko’rsatmada keltirilgan amaliy ishlar mazmuni namunaviy hamda ishchi rejadan kelib chiqqan holda tayyorlangan. Bundan tashqari talabalar mustaqil tarzda amaliy ishlarni bajarish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
“Noyob va radioaktiv metallar rudalarini qazish va qayta ishlash” kafedrasida muhokama etildi va tavsiya etildi.
Uslubiy ko’rsatma Navoiy davlat konchilik instituti o’quv-uslubiy kengashi ______ son qarori bilan chop ettirildi.
Taqrizchilar:
NDPI Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari kafedrasi dotsenti:

Raxmatov Yu.
Navoiy kon-metallurgiya kombinati

“Foydali qazilmalarni qazib olinishi va tugallanishini

monitoring qilish xizmati boshlig’i: Raximov S.

MUNDARIJA

Kirish . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . …… .….…….....................4
1.Geologik kartalarni o’qish va ularning turlari, shartli belgilari va masshtablarini o’rganish.......................................................................................................... ...............6
2. Geoxronologik jadval, eralar, davrlari bo’yicha indeks va ranglarini o’rganish.......15
3. Stratigrafik ustun tuzish usullarini o’rganish ……………………………………..
4. Geologik xaritalardagi shartli belgilarni o’rganish ……………………………….
5. Tog’ kompasi ……………………………………………………………………..
6. Qatlam elemantlarni aniqlash ………………………………………………………
7. Burma turlari o’rganish……………………………………………………………..
8. Geologik xaritalarni o’qish…………………………………………………………
9. Tog’ jinslarini hosil qiluvchi minerallarni o’rganish……………………………..
10. Tog’ jinslarini hosil qiluvchi minerallarni o’rganish……………………………..
11. Minerallarning fizik va kimyoviy xossalari, ularni o’rganish va aniqlash……….
12. Magmatik tog’ jinslari: o’ta asos, o’rta, nordon va ishqorli turlarini aniqlash….
13. Magmadan hosil bo’lgan tog’ jinslarning tuzilishi, teksturasi va mineral tarkibini o’rganish ……………………………………………………………………………
14. Cho’kindi tog’ jinslari: bo’lakli, gilli, biogen va xemogen turlarini aniqlash……
15. Cho’kindi tog’ jinslarining tarkibi, strukturasi va teksturasini o’rganish………….
16. Metamorfik tog’ jinslari: yuqori va quyi pog’ona jinslarini aniqlash……………….
Foydalanilgan adabiyotlar ……………………………………………………….... ..71

So`z boshi

O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng, foydali qazilmalar va zahiralarni o’rganish yanada dolzarb vazifalardan biriga aylandi. Konchilik sohasi talabalariga foydali qazilmalar haqidagi ilk bilimlarni berishda geologiya fani alohida ajralib turadi. Geologiya fani “Konchilik ishi” bakalavriat yo’nalishida o’qitiladigan asosiy kurslardan biri bo’lib hisoblanadi.

Mustaqil O’zbekistonimizni xom ashyo bazasini yaratishda geologlarning o’rni katta, chunki ular mamlakatimizdagi yer osti boyliklarini o’rganadilar, yangi konlarni topadilar. Yer qa’rida yotgan foydali qazilmalarni hosil bo’lish sharoitini va qazib olish usullarini bilmasdan tog’-kon sanoatida ilmiy-texnik taraqqiyot qilish mumkin emas.

Geologiya fanining ahamiyati, yer osti boyliklarini tejamli ishlatishda va atrof muhitni himoya qilishda juda katta ahamiyatga ega, chunki ekologiya hozirgi davrda yechilishi lozim bo’lgan eng asosiy muommodir.

Sanoatning biron sohasi yo`qki, unda foydali qazilmalarni tashkil qiluvchi minerallar bevosita, yoki qaytadan ishlangan mahsulot sifatida qo`llanilmasa.

Shuning uchun ushbu uslubiy qo`llanma nafaqat yer haqidagi fanlar bo`yicha mutaxassislar uchun, balki boshqa sohalar uchun ham zarur.




Kirish
Ushbu, gеologiya fanidan amaliy ishlar bo’yicha uslubiy qo’llanma 5311600-«Konchilik ishi» bakalavr yo’nalishlari bo’yicha ta'lim olayotgan talabalarga Navoiy davlat konchilik instituti tomonidan tuzilgan o’quv rеjasi, hamda mavjud namunaviy va ishchi o’quv dasturlar asosida tayyorlandi. Qo’yidagi maqsadlar ko’zda tutadi:

- Talabalarga geologik kartalatni o’qish va ularning turlari, shrtli belgilari va masshtablari bilan tanishtirish;

- Talabalarga to’g jinslarining yoshi, geoxronologik jadval, eralar, davrlar bo’yicha indeks va ranglari to‘g’risidagi ma'lumotlarni yetkazish;

- Talabalarga tabiatda uchraydigan foydali qazilmalarning geologik kartalarga asoslanib, geologik kesmalar tuzishni o’rgatish;

- Talabalarga tog‘ kompasi yordamida qatlam elementlarini gorizontal va burchak ostida yotish o’lchamlarini aniqlashni o’rgatish;

- Talabalarga yerning burmalanishini, tektonik harahatlarini, burmalanish turlarini va ularni hosil bo’lish jarayonlarini o‘rgatish;

- Talabalarga yerning va foydali qazimalarning stratigrafik ustunini tuzish usullarini o‘rgatish;

- Tabiatda yer osti suvlarining gidroizogips xaritasini tuzishni o’rgatish;

- Burug‘ quduqlari yordamida, yer osti suvlarini suv chiqorib olish mumkin bo’lgan usullarini o’rgatish.

- Talabalarga yer osti suvlarining filtratsiya koeffetsentini aniqlashni o’rgatish.

Amaliy mashg’ulotlarni bajarishda yuqorida ko’rsatilgan maqsadlarga erishish uchun talabalar o’quv mashg’ulotlari davomida gеologiya fanini o’rganishda ma’ruzada olgan bilimlarini puxta egallagan bo’lishlari kеrak.


1-AMALIY ISH
GEOLOGIK KARTALARNI ULARNING TURLARI VA MASSHTABLARINI O’RGANISH
Ishdan maqsad: Geologik kartalar, ularning tularini, masshtablarini kartalarda o’rganish.
Kerakli asbob va materiallar.

1. Geologik xarita

2. Tog’ jinslari va minerallar

3. Shartli belgilar chizmalari

4. Joyning sxematik geologik xaritasi

5. To’rtlamchi davr yotqiziqlari xaritasi


Umumiy tushuncha
Geologik xaritalari Yer yuzasining geologik tuzilishini tasvirlovchi hujjatdir. Xaritalar dalada o'tkaziladigan geologik tekshiruvlardan yig'ilgan hujjatlarni topografik xaritaga tushirish asosida tuziladi. Hozir umumiy xalqaro nomenklatura asosida geologik xarita tuzish qabul qilingan.

Joyda (Yer yuzasida) nuqtalar orasidagi o`lchangan masofalar uzunligini gorizantal proyeksiyalarni qog`ozda kichraytirilish darajasiga masshtab deyiladi. Masshtabni son, so`z va chiziq bilan ifodalash mumkin. Masshtabning kich­ray­ti­rilish darajasiga qarab masshtabning yirik yoki maydaligi aniqlanadi.

Geologik xaritalar masshtabiga qarab bir necha turga bo'linadi:


  1. Obzorli xaritalar.

  2. Kichik masshtabli xaritalar.

  3. O'rta masshtabli xaritalar.

  4. Yirik masshtabli xaritalar.

  5. Mukammal masshtabli geologik xaritalar


Obzorli xaritalar (1:2500000 va undan kichikrog'i, 1:5000000, 1:7500000, 1:10000000). Bu xaritalarda territoriyalar topografik jihatdan ancha umumlashtirilib, geologik tuzilishi to'g'risida ma'lumot beriladi.

Kichik masshtabli xaritalar (1:1000000, 1:500000 va undan kichikrog'i) - katta keng territoriyalarning, ayrim davlatlarning geologik tuzilishi to'g'risida ma'lumot beradi. Kichik masshtabli xaritalarning topografiya asosi odatda juda soddalashtirilgan bo'ladi.

O'rta masshtabli xaritalar (1:200000, 1:100000) ay­rim territoriya geologiyasining asosiy tomonlarini tasvirlovchi geologik xarita hisoblanadi va bu xarita aso­sida qazilma konlarini qidirish ishlari rejalashtiriladi. O'rtacha bo'lgan territoriyalarda tarqalgan stratigrafik va tektonik elementlar, magmatik jinslar, foydali qazilmalar tasvirlanadi.

Yirik masshtabli xaritalar (1:50000, 1:25000) ham aniq topografik xarita asosida tuziladi. Bu xaritada foydali qazilmaning topilish istiqbollari, aniqlangan rayonning mukammal geologik tuzilishi, qishloq xo'jaligining o'zlashtirilishi, shahar, idora, gidrotexnik qurilishlarning istiqbollari aniqlangan bo'ladi. Yirik masshtabli xaritalar faqat yer yuzining geologik tuzilishinigina emas, yerning chuqur qismi to'g'risida ham ma'lumotlar olishga imkoniyatlar berishi lozim.

Mukammal masshtabli geologik xaritalar (1:10000 va undan kattarog'i) maxsus topografik xarita asosida tuziladi. Bu xaritalarda ayrim foydali qazilma jinslarning yotishi, tar­qalish qonuniyatlari to'liq ifodalanadi.

Xarita(lar)da tasvirlanadigan hududni chegarasini aniqlash va uni xarita ramkalariga nisbatan joylashtirish, ramkaning ichida va undan tashqarida xaritaning nomini, masshtabini, legendasini, har xil qo`shimcha kesma xaritalarni va boshqa shunga o`xshash ma'lumotlarni maqsadga muvofiq joylashtirishga komponovka1 deyiladi.



GЕOLOGIYA XARITALARINING TURLARI

Hozirgi geologik xaritalarda ayrim rayonlarning to'liq geologik tuzilishi, yoshi, tarkibi, tog’ jinslarining tarqalish qonuniyatlari, paydo bo'lish tarixi, tektonikasi, geomorfologiyasi, gidrogeologiyasi va foydali qazilmalari tasvirlanadi.

O'rganilmoqchi bo'lgan rayonda qilinadigan ishning maqsadiga qarab har xil turdagi xa­ritalar tuziladi.

TO'RTLAMCHI DAVR XARITASI - kaynozoy erasining oxiri, hozirgi vaqtda ham davom etayotgan to'rtlamchi davrda hosil bo'lgan va qadimgi tub jinslarni yopib turuvchi yosh jinslarni tasvirlaydi. Bu jinslar xaritalarda yoshiga, tarkibiga qarab joylashtiriladi. To'rtlamchi davr xaritasini o'rganish xalq xo'jaligida katta ahamiyatga egadir. Bu xaritalar ma'lumotlariga qarab tuproqlarning fizik-mexanik xossalarini, kimyoviy tarkibini, tuproqlarning unumdorligini, eroziya va sho'rlanish kabi salbiy jarayonlarni aniqlash mumkin.

GЕOLOGIK XARITALAR. Geologiya xaritalarida yer qobig'ining ayrim maydonlari geologik tuzilishi, jinslarning paydo bo'lish va yotish shakllari, har xil turdagi tog' jinslarining o'zaro chegaralari, ularning bir-biriga nisbatan munosabatlari, yoshlari, fizik xossalari, tektonika strukturalari (burma, yoriq va darzliklar), foydali qazilma uyumlari, ularning mineral tarkibi, o'simlik va hayvonot qoldiqlari to'liq ifodalanadi.

Geologiya xaritalarida geofizika, burg'ilash, kosmo- va aerofotosurat hujjatlari o'z aksini topadi. Geologik xarita aniqligi hujjatlarning mufassalligi va xaritaning maqsadiga qarab har xil masshtabda tuziladi.



LITOLOGIK-PЕTROGRAFIK XARITALAR. Tog' jinslarining tarkibiy qismini, paydo bo'lish sharoitlarini, o'zgarish jarayonlarini ifodalaydi.

Cho'kindi jinslar va ular bilan bog'liq bo'lgan yoki birga uchraydigan foydali qazilmalarning paydo bo'lishidagi shart-sharoitlar, ularning kon sifatida shakllanishi, joylashish qonuniyatlarini aniqlab, mamlakatimizning foydali qazilmalarga bo'lgan ehtiyojini ta'minlashda litologik xaritalarning ahamiyati kattadir.



TЕKTONIK XARITALAR. Yer po’sti ayrim regionlarining tektonikasini, ularning taraqqiyot bosqichlarining rivojlanish qonuniyatlarini, turli tog' yotqiziqlarini va ularning yotish sharoitlarini tasvirlaydi. Tektonik xarita foydali qazilmalarni qidirish va ularni qazib olishda katta ahamiyatga ega.

GЕOMORFOLOGIK XARITALAR. Yer yuzining relyefi, tashqi qiyofasi (shakli)ni kelib chiqishi, yoshi, tarixiy taraqqiyoti, hozirgi dinamikasi va tar­qalish qonuniyatlarini ifodalaydi. Geomorfologiya ma'lumotlari orqali foydali qazilma konlarini (sochilma konlar) topishga, sanoat, fuqaro, gidroenergetik inshootlarini, avtomobil yo'llari va dengiz portlarini loyihalashda, tuproq eroziyasiga qarshi kurashish tadbirlarini to'liq tasvirlaydi.

GIDROGЕOLOGIK XARITALAR. Yer osti suvlarining sifati (ta'mi, hidi, chuqurligi, sho'rligi va boshqalar), yer yuzasidan pastdagi suvli qatlam havzasining suv berish xususiyatlari, zaxirasi, kimyoviy tarkibi, miqdori, manbai va joylashish sharoitlari, yer osti suvlarining turi (grunt, artezian, qatlamlararo, ariq va karst suvlari) aks ettiriladi. Gidrogeologik xaritalarda yer osti suvlarining xalq xo'jaligiga beradigan foydasi va zarari oydinlashtiriladi. Yer osti suvlarini qidirish, miqdorini aniqlash, sug'orish, sanoat korxonalari ehtiyojini qondirishdagi o'rni aniqlanadi.

MUHANDISLIK GЕOLOGIYASI XARITALARI. Bu xaritalarda har xil fizik va mexanik xususiyatlarga ega bo'lgan tog' jinslarining tarqalish qonuniyatlari ifodalanadi.

GIDROKIMYOVIY XARITALAR. Suvlarning kimyoviy tarkibini, ulardagi tuzlarning miqdorini, grunt, artezian, mineral suvlarning xususiyatlarini va joylashishini aks ettiradi. Yer osti suvlarida radioaktiv elementlarning migratsiyasini ham tasvirlaydi.

BASHORATLASH XARITALARI. Bu xaritalar ikki xil bo'ladi:

Endogen (magma jinslar bilan bog'liq yoki ularning ta’sirida hamda metamorfizm natijasida hosil bo'lgan konlar xaritasi) va ekzogen (cho'kindi jinslar bilan bog'liq bo'lgan yoki yer yuzida sodir bo'ladigan konlar xaritasi).

Xaritalarda ma'dan konlari shartli belgilar bilan ifodalanadi. Bu belgilar konlarning hosil bo'lish sharoitlarini, xilini, yoshini, foydali va foydasizligini aniq tasvirlaydi.

FOYDALI QAZILMALAR XARITASI - foyda­li qazilmalarning yer yuzida tarqalishini, paydo bo'lish sharoitlarini ifodalaydi.

GЕOFIZIK XARITALAR. Yer yuzida tarqalgan tog' jinslari va foydali qazilmalarning fizik xossalarini (magnitligi, radioaktivligi, zichligi, qiyshiqligi, tok o'tkazuvchanligi) va ularda sodir bo'ladigan har xil jarayonlarni tasvirlaydi. Geofizik xarita o'rganilmoqchi bo'lgan rayonning geologik tuzilishini va foyda­li qazilma konlarini izlab topishga yordam beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Qodirov M.X., Shoraxmedov Sh.Sh. Geologiyadan amaliy mashg’ulotlar. Toshkent 1984 yil.

2. Boboxo’jayev I.I Geologiya asoslaridan praktikum. Toshkent 1978 yil.

3. Hayitov O.G’ Geologiya. Toshkent. “Turon-Iqbol” 2005 yil

4. B.Toshmuhammedov. Umumiy geologiya. “Noshir” 2011 yil


2-AMALIY ISH

GEOXRONOLOGIK JADVAL, ERALAR, DAVRLARI BO’YICHA INDEKSI VA RANGLARINI O’RGANISH
Ishdan maqsad: Auditoriyada talabalarga geoxronologik jadval, eralar, davrlar bo’yicha indeksi va ranglarini o’rgatish. Geoxronologik jadval orqali tog’ jinslari va minerallarning tarqalishi va uning shartli belgilarini chizib o’rganish.

Kerakli asbob va materiallar.
1. Geoxronologik jadval

2. Tog’ jinslari va minerallar

3. Shartli belgilar chizmalari

4. Joyning sxematik geologik xaritasi

5. To’rtlamchi davr yotqiziqlari xaritasi
Umumiy tushuncha
Planetamiz yoshini bilish insonlarni uzoq vaqtlardan beri qiziqtirib kelmoqda biroq, ma'lumotlarning kamligi tufayli bu masala yechilmay kelmoqda. Hozirgi vaqtdagi ayrim tekshiruvlarning yer yoshi to`g`risidagi hisoblari bir-biriga to`g`ri kelmaydi. Yerimizning yoshini yillar bilan ifodalab berishda qilingan urinishlar absolyut geoxronologiya deb nom olgan. Geologik yil hisobining yana bir usuli bor. U shundan iboratki, yer tarixini dunyoning taraqqiyotiga qarab bo`ladilar. Organik qoldiqlarni o`rganish shuni ko`rsatadiki, qazilma holida uchraydigan "formalar" asta sekin bir-birlari bilan almashinib turgan. Shu bilan birga organizmlar progressiv taraqqiyot yo`lida muayyan jarayondan o`tgan. Eng qadimgi qatlamlarda yuqori turdagi hayvonlar va o`simliklarning vakillari bo`lmagan holda, juda sodda organizmlarni uchratamiz. Organizmlarning "forma"lari asta-sekin murakkablashib borgan yangilari bilan almashinib turgan. Shunday qilib, bu "forma"larning almashinishi ketma-ketligini bilish ularga muvofiq kelgan. Yer bo`laklarining tarixini tiklashga imkoniyat yaratadi. Bu usul bilan aniqlanadigan nisbiy geoxronologik birlik sifatida era va eraning bo`laklari qilib, davrlar (sistema) qabul qilingan. Ma’lum bir era davomida hosil bo’lgan cho’kindilar qatlami esa davr deyiladi. Strаtigrаfiya lоtinchа strаtium ya’ni qаtlаm dеgаn so’zdаn оlingаn. Strаtigrаfiya tog’ jinslаrining kеtmа-kеt pаydо bo’lib, nаvbаtmа-nаvbаt tаriqаsidа jоylаshib ulаrning o’zаrо аlоqаdоrligini o’rgаnаdi vа shu qаtlаmlаrning nisbiy yoshini аniqlаshgа imkоn berаdi.

Gеоxrоnоlоgiya - Yerning tаriхiy gеоlоgik vа pаlеоgrаfik rivоjlаnish yilnоmаlаrning (shаjаrа) tаrаqqiyotini аniqlаydi. Gеоhrоnоlоgiya - lоtinchа gео - Yer, хrоnоs - vаqt, lоgоs - fаnni o’rgаnish.

Gеохrоnоlоgiyadа gеоlоgik vаqtning uzоq оrаliq vаqti - 2 tа e’оn mаvjud.

1.Kriptоzоy eоni: Kаtаrхеy, Аrхеy vа Prоtyerоzоy erаlаrini O’z ichigа оlаdi. 2.Fаnyerаzоy eоni: Pаlеоzоy, Mеzоzоy vа Kаynаzоy erаlаridаn tаshkil tоpgаn.

Davr o`z navbatida bir necha mayda bo`laklarga bo`linadi. Eralar qo’yidagilardan iborat:

Arxey (grekcha "juda qadimgi") erasi - bu erada yerda hayvon organizmlari hamda o`simlik organizmlari bo`lmagan.

Proterozoy (grekcha proteros- "birlamchi", zoy-"hayot") erasi- bu erada noaniq qoldiqlar va bevosita belgilar bo'yicha boshlang'ich organizmlar yashagan bo'lishi mumkin.

Paleozoy (grekcha "qadimgi") erasi-unda hozirgilardan juda kam farq qiladigan, lekin ancha yuqori tuzilgan o'simlik va hayvonlar bo'lgan.

Mezazoy (grekcha "o'rta") erasi-unda mukammal tuzilgan o'simlik va hayvonlar bo'lgan.

Kaynazoy (grekcha "yangi") erasi-bu erada o'simliklar va hayvonlar hozirgilarga brogan sari o'hshab boradi.

Arxey, proterozoy eralari to’liq o’rganilmaganligi uchun biz paleozoy erasidan boshlab davrlarni o’rganamiz. Bu era olti davrdan iborat:



  1. Kembriy 2) Ordovik 3) Silur 4) Devon 5) Toshko’mir (Karbon) 6) Perm.

Mezazoy erasida davrlar uchga bo’lingan; 1.Trias, 2.Yura, 3.Bo`r.

Kaynazoy erasi ham uchta davrdan iborat:1. Paleogen 2. Neogen, 3 To`rtlamchi (Antropogen).

3-jadval


Eon, mln yil

Era, mln yil

Davr

Davomiyligi, mln yil

Chegaralar sanasi, mln yil

Fanezoroy

580 PH

Kaynozoy


65 KZ

To’rtlamchi Q

0,7

0,7

Neogen N

22,3

22,3

Paleogen P

42

65

Mezazoy

180 MZ


Bo’r K

65

130

Yura J

74

204

Trias T

41

245

Paleozoy

335 PZ


Perm P

45

290

Ko’mir C

60

350

Devon D

60

410

Silur S

25

435

Ordovik O

45

480

Kembriy E

100

580±20

Proterozoy 2000 yaqin PR Arxey 1500 ortiq AR










2550±100










Arxeyning pastki chegarasi aniq emas


Paleozoy erasidagi kembriy, silur, devon va perm davrlarining nomlari shu davrlarga xarakterli bo`lgan qatlamlar va organizmlar birinchi marta ta`riflangan joylarning nomlaridan kelib chiqqan. Tosh ko`mir davri yer tarixida birinchi marta toshko`mir konlari, jumladan, Donesk va Moskva yoni ko`mir havzalarini hosil qilgan, juda ko`p o`simliklar rivojlangan davr nomi bilan ataladi.

“Paleozoy erasi” terminini 1837 yilda A.S. Sedjvik tomonidan, mezazoy va kaynazoy eralarining nomi 1841 yilda D.J.Filipps tomonidan berilgan. Bu uch erani ba’zan Fanerozoy deb, Arxey va proterazoy eralarini esa, Kriptozoy deb atashadi.

Mezozoy erasidagi Trias davri shu davr qatlamlari jinslarining tarkibiga ko`ra keskin uch bo`limga ( trias-uchtalik degan so`z )bo`linganligi uchun shunday nom olgan. Yura davri esa shu davrga tegishli bo`lgan qatlamlar birinchi marotaba ta`riflangan sharqiy Fransiyadagi Yura tog`lari nomi bilan ataladi. Bo`r davri o`z nomini shu davrda juda ko`p miqdorda hosil bo`lgan tog` jinsidan olgan. Shimoliy Ukrainada bo`r qatlamining qalinligi 500 m dan ortiqdir.

Kaynazoy erasining davrlari o`z nomlaridan shu eraning hayvonot xususiyatlarini ifodalaydi. Biz paleogen davridayoq umurtqali sut emizuvchilarining qoldiqlarini uchratamiz va nihoyat, antropogen davridan boshlab odam yashay boshlagan. Yer tarixidagi ba`zi davrlarda yashab o`tgan asosiy reptiyalarning namoyondalari 4.10-rasmda keltirilgan.


1-Inostrancevia (kichik perm); 2-Pareiasaurus (kchki perm), 3-Lystrosaurus (trias); 4-Timsoh ajdodi (trias); 5-Mesosaurus (perm); 6-Plesiosaurus (erta yura); 7-Ichthy-osaurus (erta yura); 8-Rhamphor hunchus (kechki yura); 9-Pterod actulus (bo’r); 10-Pteraonodon (kechki bo’r), 11-Belodon (trias); 12-Stegosaurus (kechki yura-erta-bo’r); 13-Diplodocus(kechki yura); 14-Iguanodon(erta bo’r); 15-Triceratops (kechki bo’r).



Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling