Geologiya fanining maqsadi va vazifalari
Geologiya fanining maqsadi va vazifalari.
Reja:
1. Geologiya fani nimalarni o‘rgatadi?
2. Fanning maqsadi va vazifalari.
3. Geologiya fanining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi.
4. Geologiya fanining suv xo‘jaligi qurilishidagi, gidromeliorativ tizimlaridan foydalanishdagi va geologik qidiruv ishlarini o‘tkazishdagi ahamiyati.
Geologiya Yer haqidagi ilmlar majmuini tasvir-lovchi, yerning shaklini, tuzilishini, tarkibini, rivojlanish tarixini, shuningdek yerdagi suv va havo qatlamlaridagi sodir bo‘layotgan geologik jarayonlarni o‘rgatadigan fandir.
Geologiya so‘zi grekcha bo‘lib, «Geo” – Yer, «logiya” - yer qatlamlari tuzilishini, rivojlanishini va geologik hodisalar natijasida yer qobig‘ining vujudga kelishi, hayotning paydo bo‘lishi va rivojlanish jarayonlarini o‘rganish demakdir. Geologiya fanining asosiy o‘rganish obhektlaridan biri bo‘lgan yerning sirtqi qattiq qatlami (litosfera), yahni yerning po‘stlog‘i – «zemnaya кора» hisoblanadi. Demak geologiya fani bu qatlamning tarkibini, tuzilishini, undagi bo‘layotgan hodisalarni va ularning rivojlanish tarixini, undagi qazilma boyliklarning va qurilish materiallarining joylanish qonunlarini va kelib chiqish sharoitlarini o‘rgatadi.
Geologiya ilmini bilish, yer ostida joylashgan rudalarni, neftg‘, toshko‘mir, har xil qurilish materiallari va boshqa qazilma boyliklarni topishda yordam beradi. Faqatgina geologiya fani yordamida, har xil muhandislik inshootlarini barpo etish mumkin, yahni joylar, ko‘prik, yo‘llar, to‘g‘onlar, tunnellar, mudofaa inshootlari va ularni mustahkam, uzoq muddatlarda ishlaydigan arzon qilib qurish mumkin.
Ilm-fanning rivojlanishi natijasida geologiya fani ham o‘sib borib, uning ayrim tarmoqlari mustaqil fan bo‘lib ajralib chiqdi. Shunday qilib kristallografiya, mineralogiya, petrografiya, dinamik va tarixiy geologiya, gidrogeologiya, geomorfologiya, to‘rtlamchi davr geologiyasi, muhandislik geologiyasi, tuproqshunoslik va boshqa tarmoqlar vujudga keldi. Biz geologiya fanining ayrim loyihalash va qurilish uchun kerakli bo‘lgan qismlarini o‘rganamiz.
Yer osti qazilma boyliklarini topishda ishla-tiladigan geologiya fanining eng qadimiy tarmog‘i bo‘lgan mineralogiya fani – minerallar, ularning xususiyatlari, fizik xossalari va paydo bo‘lish jarayonlarini o‘rgatadigan fandir.
Kristallografiya – kristallar, ularning tashqi shakli va ichki tuzilishini o‘rgatadigan fandir. Qurilish jarayonida jinslarning kristallik xolatini hisobga olish muhim ahamiyatga ega.
Petrografiya – yerning sirtqi qobig‘idagi bir qancha minerallardan tashkil topgan tog‘ jinslarini o‘rgatadigan fandir. Petrografiya tog‘ jinslarining kelib chiqishi, tarkibi va xususiyatlari, joylanish sharoitlari va geografik tarqalishini o‘rgatadi.
Dinamik geologiya – Yer yuzida va yer qahrida bo‘layotgan hodisalarni, yahni yer qahri xarakatini, vulkanlarning paydo bo‘lishi va yer qimirlash hodisa-larini, tog‘ jinslarining yemirilishi va yemirilgan tog‘ jinslarining bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirib yotqizish hodisalarini o‘rgatadigan fandir.
Tarixiy geologiya – yer qahridagi va yer yuzasidagi o‘simlik, hayvonot va tirik organizmlar dunyosini, shuningdek davr o‘tishi bilan yer qahrini tashkil eta-digan jinslarning paydo bo‘lish jarayonini o‘rgatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |