Geologiya fanining maqsadi va vazifalari
Paleontologiya esa o‘simlik, hayvonot dunyosi qoldiqlarini o‘tgan geologik davrlarga nisbatan tek-shiradi va unga qarab tog‘ jinslarining yoshini aniq-lashni o‘rgatadi
Download 9.98 Kb.
|
1 2
Bog'liqGeologiya fanining maqsadi va vazifalari-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xalk xo‘jaligining uzluksiz rivojlanishi nati-jasida geologiyaning yangi sohasi – muhandislik geologiyasi va tuproqshunoslik fani vujudga keldi.
- Asosiy adabiyotlar: 1. Qats D.M. «Osnov ы geologii i гидрогеологии» M. «Kolos”, 1981 2. Tolstoy M.P; Mal ыgin V.A. «Osnov
- V.A. «Osnov ы geologii i гидрогеологии» M. «Nedra”,1976 6. www.ziyonet.uz 7. www.wiki.arxiv.uz
Paleontologiya esa o‘simlik, hayvonot dunyosi qoldiqlarini o‘tgan geologik davrlarga nisbatan tek-shiradi va unga qarab tog‘ jinslarining yoshini aniq-lashni o‘rgatadi.
Gidrogeologiya – yer osti suvlari haqidagi fan bo‘lib, ularning kelib chiqishi, yer ostidagi joylanish sharoitlari, xarakatlanish qonunlari va xususiyatlari, ulardan xalq xo‘jaligida foydalanish mumkinligi va yer osti suvlarining gidrotexnik inshootlarga, yo‘llar-ga va boshqa xalq xo‘jalik qurilish imoratlariga tahsiri haqidagi ilmlarni o‘rgatadi. Suv xo‘jaligi inshootlari va yo‘l qurilishida to‘rtlamchi davr geologiyasini bilish alohida ahamiyatga ega, chunki keyingi davrda paydo bo‘lgan geologik yotqiziqlar kelib chiqishi, tarkibi, joylanishi va xalq xo‘jaligida ulardan keng foydalanish jihatidan katta ahamiyat kasb etadi. Xalk xo‘jaligining uzluksiz rivojlanishi nati-jasida geologiyaning yangi sohasi – muhandislik geologiyasi va tuproqshunoslik fani vujudga keldi. Muhandislik geologiyasi – yer qahrining hozirgi ahvoli va sirtqi qatlamining dinamik rivojla-nishini insoniyatning muhandislik faoliyati munosa-bati bilan bog‘liq xolda o‘rganadigan fandir. Bu fanning asosiy vazifalaridan biri geologik jarayonlar (siljish, o‘pirilish, bo‘rtish, karst – yorilish) kabi qurilish sharoitini belgilab beruvchi hodisalarni bilish, har xil inshootlar (ko‘priklar, yo‘llar, gidrotexnik inshootlar, imoratlar va to‘g‘on-lar) qurilishida, tabiiy yer massasining mustahkam-ligini tahminlovchi har xil tadbirlarni belgilashni o‘rgatadi. Tuproqshunoslik fani yosh soha bo‘lib, u yer qahri-ning ustki qatlamidagi tog‘ jinslarining kelib chiqishi, tarkibi, tuzilishi va xususiyatlarini inso-niyatning muhandislik faoliyati nuqtai nazaridan o‘rgatadi. Gruntlarni – tuproq qatlamini o‘rganishda, tuproqshunoslik sohasi muhim ahamiyatga ega bo‘lib, unda fizik va kolloid ximiyasi, qurilish mexanikasi va fizik-kimyoviy mexanikasi dispers tanasi kabi usullar keng qo‘llaniladi. Geologiya fanini rivojlantirishga M.V.Lomonosov (1711-1765 yillar) katta hissa qo‘shgan. Uning 1763 yilda yozilgan. Birinchi metallurgiya asoslari va ruda ishlari”, «Yer qatlamlari haqida”gi asarlarida geologik mahlumotlar bayon etilgan. Bu asarlarida M.V.Lomonosov tog‘ jinslarining kelib chiqishi, klassifikatsiyasi va ularning yoshini ko‘rsatib bergan. U yer qimirlashi va vulkanlarni keltirib chiqaradigan sabablarini isbotlab, Bibliyadagi eski dunyoqarash-larni rad etdi. Akademik V.A.Obruchev – Sibirg‘ va O‘rta Osiyo qismidagi yer osti boyliklarining tuzilishi va joy-lanishini o‘rgandi. Uning 1935-1938 yillarda yozilgan va eng katta ahamiyatga ega bo‘lgan ilmiy ishlaridan biri «Sibirg‘ геологияси» va Sibirning geologik qidiruv ishlari тарихи» nomli asarlari alohida o‘rin tutadi. Geologiya fanining xalq xo‘jaligi sohasida ahamiyati juda katta bo‘lib, u ayniqsa suv xo‘jaligi va melioratsiya ixtisosligi mutaxassislarining ish faoliyati davomida geologik va gidrogeologik jarayon-larni tog‘ jinslarining fizik, kimyoviy, organik va suv xususiyatlarini hamda gruntlarning muhandis-geologik klassifikatsiyalarini yaxshi bilishlari zarur. Chunki suv xo‘jaligi va melioratsiya qurilish ishlari bevosita yer sirtidagi tog‘ jinslari ustida va yer osti suvlari tahsiridagi grunt qatlamlarida amalga oshiriladi. Daryo, suv manbalari va zaxkashlarda gidrotexnik inshootlari qurilishida yangi yerlarni o‘zlashtirishda, sug‘orib ekilayotgan yerlarni qayta qurishda va gruntlar (tuproqlar)ning meliorativ xolatini yaxshilashda loyiha hujjatlari tayyorlanadi. Loyiha chizmalari va moliya hujjatlari tuzilmasdan oldin qoida bo‘yicha geologik va gidrogeologik qidiruv ilmiy-tadqiqot ishlari bajarilib, olingan natijalar asosida tuzil-gan geologik, gidrogeologik xaritalar, kesmalar va hisobotlar tuziladi. Geologik va gidrogeologik o‘lchov natijalari inobatga olingan xolda qurilish loyihasi va baholash hujjatlari ishlab chiqiladi. So‘ngra shular asosida gidrotexnik inshootlar, yer o‘zlashtirish va kapital tekislash, yo‘llar, ko‘priklar, kanallar, kollektorlar, imoratlar va boshqa sanoat, qishloq xo‘jaligi obhektlari qurilishi ishlari amalga oshiriladi. Qurib bitkazilgan obhektlar mutasaddi tashkilotlar tomonidan qabul qilinib, ular xalq xo‘jaligida doimiy foydalanishga topshiriladi. Asosiy adabiyotlar: 1. Qats D.M. «Osnovы geologii i гидрогеологии» M. «Kolos”, 1981 2. Tolstoy M.P; Malыgin V.A. «Osnovq геологии» M. «Nedra”, 1988 3. Gorshkov G.P; Yakushev A.F. «Obshaya геология» M. MGU, 1962 4. Lange O.K. «Geologiyaga kirish”, T. «O‘rta va oliy maktab”,1962 5. Malыgin V.A. «Osnovы geologii i гидрогеологии» M. «Nedra”,1976 6. www.ziyonet.uz 7. www.wiki.arxiv.uz http://fayllar.org Download 9.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling