Misr tarixini davrlashtirish


Download 10.36 Kb.
Sana26.11.2021
Hajmi10.36 Kb.
#177861
Bog'liq
Без имени 1


2.variyant.

  1. Misr tarixini davrlashtirish.

  Qadimgi Misr tarixi bu er.av. IV ming yillikning II yarmidan davlat va sinfiy jamiyatni paydo bo'lishidan er.av. VI asrda Misrning Ahmoniylar davlatiga qo'shib olingan davrigacha bo'lgan davrni o'z ichiga oladi. Qadimgi Misr tarixi quyidagi davrlarga bo'linadi:

1. Sulolalargacha bo'lgan birinchi davr (er.av. IV ming yillikning I yarmi) urug'chilik munosabatlari yemirilishining boshlanishi.

2. Sulolalargacha bo'lgan II davr yoki Gerzey davri (er.av. V ming yillikning II yarmi) Ijtimoiy tengsizlikning paydo bo'lishi, ilk sug'orish inshootlarining paydo bo'lishi, ilk nom birlashmalarining tashkil topishi. Davr oxirida Yuqori va Quyi Misr davlatlarining paydo bo'lishi.

3. Ilk podsholik I—II umummisr sulolalarining boshqaruvi. Yagona umummisr davlatlarining paydo bo'lishi. (er.av. XXXI-XXIX asrlar).

4. Qadimgi podsholik davri III—IV sulolalar hukmronligi (er.av. XVIII-XIII asrlar).

5. O'tish davri. (VII-VIII sulolalar, XXIII-XXI ). Yagona Misr davlatining nomlarga parchalanishi.

6. O'rta podsholik davrida markazlashgan Misr davlatining tiklanishi. XI-XIII sulolalar boshqaruvi (XXI-XVIII sulolalar).

7. II O'tish davri (XIV-XVI sulolalar.) XVIII asr oxiri - XVI asr boshlari) Misrning zaiflashuvi.

8. Yangi podsholik davri. XVIII-XX sulolalar hukmronligi. (er.av. XVI-XI asrlar) Misr jahon davlatining paydo bo'lishi.

9. Ill o'tish davri. (XXI sulola XI-X asrlar) Misrning tushkunligi.

10. So'nggi podsholik. Misr chet elliklar hukmronligi ostida (XXII-XXV sulolalar er.av. XI-VIII asrlar) Misrning Sais (XXVI) sulolasi davrida tiklanishi. (er.av. VII-VI asrlar).

11. Misrning Eron tomonidan bosib olinishi va Eron davlatiga qo'shib olinishi (XVII-XXX sulolalar, er.av. VI-IV asrlar).


  1. Yangi Bobil shohligi.Bobil (Vavilon) — Mesopotamiyaning jan. qismi (hozirgi Iroq hududi)da miloddan avvalgi 2-ming yillikning boshidan miloddan avvalgi 538 yilgacha mavjud boʻlgan qad. davlat. Markaziy shahri Bobil nomidan olingan. Miloddan avvalgi 3-ming yillikda Mesopotamiyada shahar-davlatlar (Uruk, Kish, Ur, Lagash va boshqalar) paydo boʻlgan edi. Bobil shahri vujudga kelmasdan oldin Dajla va Furot daryolari orasida — Shumer va Akkad davlatlari mavjud boʻlgan. Miloddan avvalgi 21-asr oxirida koʻchmanchi semit (somiy) qabilalaridan biri amoriylar Akkadning katta bir qismini bosib olgach, qudratli davlat barpo etib, Bobil shahrini markaz qilganlar. Shu davrda elamliklar ham Shumerda oʻrnashib olgan. Mesopotamiyada hukmron boʻlish uchun amoriylar bilan elam qabilalari oʻrtasidagi kurashda amoriylar gʻolib chiqqan. Qad. B. podsholigida amoriylar sulolasi (miloddan avvalgi 1894—1518) mustahkamlanib olgan. Bu sulola podsholaridan Hammurapi (miloddan avvalgi 1792—1750) Shumerni ham oʻz davlatiga qoʻshib olgan. Mustabid davlatni mustahkamlash maqsadida Hammurapi buyrugʻi bilan yuqori tabaqalarning manfaatini qoʻriqlashga qaratilgan qonunlar majmuasi tuzilgan. Bu qonunlar yerga egalik, savdo-sotiq, qulchilik, iqtisodiyijtimoiy munosabatlarni tartibga solgan. 247 moddadan iborat qonunlar toʻplami bazalt ustuniga arxaik mixxat bilan yozilgan. B. davlatining eng ravnaq topgan davri — Hammurapi hukmronligi davridir. Hammurapidan keyin B. davlati tushkunlikka yuz tuta boshlagan.

Miloddan avvalgi 1518 yilda kassitlar Mesopotamiyaga bostirib kirib, B.da oʻz hukmronligini oʻrnatgan. Kassitlar sulolasi davrida (miloddan avvalgi 1518—1204) chorvachilik rivojlangan, qoʻshni Misr davlati bilan savdo va diplomatik munosabatlar oʻrnatilgan. Bu davrda ossuriyaliklar va elamliklar bir necha marta B.ga hujum qilgan. Shundan keyin B. siyosiy jihatdangina emas, balki madaniy jihatdan ham tushkunlikka uchray boshlagan.

Miloddan avvalgi 7-asrda B. ossuriyaliklar tomonidan ikki marta (689 va 648 yillar) vayron etilgan. Miloddan avvalgi 626 yil Ossuriyaning B.dagi noibi, xaldeylar qavmidan boʻlgan Nabopalasar Ossuriyadan ajrab chiqib oʻzini B. podshosi deb atagan. Shu vaqtdan Yangi B. podsholigi yoki Xaldey davri (miloddan avvalgi 626— 538) boshlanadi. Nabopalasar Midiya podshosi Kiaksarga Ossuriya bilan urushida yordam berib Ossuriya davlati xududini u bilan boʻlishib olgan. Nabopalasarning oʻgʻli Navuxodonosor II (Sharq adabiyotida "Buxtunnasr") (miloddan avvalgi 604— 562) misrliklarni Old Osiyodan batamom siqib chiqargan. Miloddan avvalgi 586 yil Kuddusni vayron qilgan, Yahudiya B. viloyatiga aylangan, 574 yil Tirni egallagan. Yangi B. podsholigi davrida Bobil shahri ijtimoiyiktisodiy jihatdan taraqqiy etgan, savdo, xunarmandchilik, binokorlik rivojlangan eng yirik shaharlardan biriga aylangan. Navuxodonosor kurgan dabdabali binolarning harobalari hozirgacha sakdanib kelgan. "Bobil" deb yuritiladigan tepalik kazilganida, katta bir saroy harobasi, "qasr" tepachasi qazilganda Navuxodonosor zamonidan qolgan ajoyib binolar topildi. Ularning devorlari gullar solingan sirli koshinlar bilan bezatilgan. Diniy marosimlarda yuriladigan muqaddas yoʻl ham shu saroy yonidan oʻtgan. Bu yoʻlga toshdan yoʻnilgan plitalar yotqizilgan, plitalarda mixxatlar saqlangan. Navuxodonosor davrida B. podsholigi oʻz taraqqiyotining ikkinchi yuksalish davriga chiqqan. 555 yildagi davlat oʻzgarishidan soʻng B. taxtiga oʻtqazilgan Nabonid (miloddan avvalgi 555—538) mamlakatning bir butunligini saqlash uchun harakat qiddi, lekin axomaniylar podshosi Kir //miloddan avvalgi 538 yilda B.ni oʻz davlatiga qoʻshib oldi. B. podsholigi shu tariqa kuladi

18. variyant.

1.O'rta Ossuriya davri (er. av. II ming yillikning II yarmi)

Er. av. 1353-1318-yillarda podsho Ashshuriballit Osuriyani qudratli davlatga aylantiradi. Zaiflashib qolgan Mitanni xettlar tazyiqiga qarshi Osuriyaga ittifoqchi sifatida chiqadi. Tez orada Osuriya xettlarni yuqori Mesopotamiyadan haydab chiqarib, Frot daryosiga chiqadi. Natijada Mitannining sharqiy viloyatlari, bu yerdagi diniy markaz Nineviya bosib olinadi. Mitanni, keyinchalik Bobil ham Osuriya ta'siri ostiga tushib qoldi.

 Osuriya shahar-davlatdan qudratli davlatga aylanib, yetti yuz yil davomida o'zining yurishlari bilan qo'shni hududlarga dahshat tug'dirdi. Osuriya davlatini shakllanishi er. av. 1295—1264-yillarda hukmronlik qilgan podsho Adad-Nirari davrida tugallanadi. U birinchi bo'lib rasmiy ravishda o'ziga podsho unvoni berib, Old Osiyo buyuk davlatlari hukmdorlariga teng bo'lgan «Buyuk podsho» mavqeiga da'vo qiladi. Er. av. XIII asrda Xett davlati Osur savdogarlarini Kichik Osiyodan siqib chiqardi, Misrni Suriyadan mahrum qiladi. Mitanni davlati esa Osuriya uchun g'arbga chiqadigan yo'lni butunlay yopadi. Er. av. XIII—XII asr



boshlarida Osuriya yuqori Mesopotamiyaning qo'shni hududlarini to'rt marta o'ziga qo'shib oladi va to'rt marta yo'qotadi.

Osur podshosi Tukulti-Ninurta I (er. av. 1233-1197-yillar) davrida Bobil va Kavkaz ortiga g'olibona harbiy yurishlar uyushtiradi. Bu podsho Ashshur o'rniga o'zi uchun yangi poytaxt Kar- Tukulti-Ninurta shahrini qurdiradi. Ammo uning hukmronligining so'nggi yillarida xettlar va Bobil Osuriyani u bosib olgan hududlarni katta qismidan mahrum qiladilar, bundan g'zablangan Ashshur zodagonlari Tukulti-Ninurtani taxtdan tushurib o'ldirdilar. Er. av. XII asrda Osuriya tushkunlikni boshidan kechiradi, Bolqon qabilalaridan bo'lgan mushklar Frot daryosi vodiysiga kelib xett davlatini halokatga uchratdilar, keyin elamliklarni hujumini qaytardilar Buyuk Osuriya harbiy davlati (er. av. I raing yillik) Er. av. I ming yillikda Old Osiyoda temirdan keng miqyosida foydalana boshlanishi, Qadimgi Sharqda iqtisodiy o'sishga olib keladi. Quruqlik va dengiz savdosi keng hajmda rivojlanadi, Xett va Mitanni kabi qudratli davlatlar tarix sahnasidan tushib ketdilar. Er. av. VIII asrga kelib, Osuriya davlati Shimoliy Mesopotamiyada o'z hokimiyatini mustahkamlaydi. Osuriya Kichik Osiyo va asosan, O'rtayer dengizining sharqiga o'z ta'sirini kuchaytirishga urindi. Bu hududlar savdo-hunarmandchilik, dengiz savdosi keng yo'lga qo'yilgan, tabiiy boyliklarga boy edi. Sharqiy O'rtayer dengizi qirg'oqlaridan muhim xalqaro savdo yo'llari o'tgan bo'lib, bu yerda boy savdo — hunarmandchilik markazlari Tir, Sidon, Arvad, Bibl, Damashq va Karxemish kabi shaharlar mavjud edi.

2. Budizmning dinini vujudga kelishi



Buddizm (Budda nomidan olingan), Buddaviylik — jahonda keng tarqalgan dinlardan biri (xristianlik va islom dini bilan birga). Unga eʼtiqod qiluvchilar taxminan 500 mln.dan ortiq. Miloddan avvalgi 6—5-asrlarda Hindistonda paydo boʻlgan.Dunyoda keng tarqalgan buddizm dinining kelib chiqishi Gautama nomi bilan bog‘liq. U avvalo oddiy fuqaro sifatida hayot kechirgan bo‘lsa, so‘ng tarki dunyo qilib, asketlar turmush tarzini qabul kiladi. Hayotni kuzatish o‘rganish, va chuqur mushohada qilish oqibatida u Budda, ya’ni «bilimli», «ma’rifatli» nomini oladi. Gautama – Budda o‘z tarafdorlarini to‘rt muqaddas haqiqatni anglashga da’vat etib, unga erishish yo‘llarini bayon qiladi. YA’ni u e’tiqod, to‘g‘ri fikr, to‘g‘ri so‘zlash, to‘g‘ri hatti-harakat, halol yo‘l bilan tirikchilik qilishni tashviq etgan. Buddizm boshqa diniy-falsafiy ta’limotlar singari shimoli-sharqiy Hindistonga, avvalo Magadxaga yoyildi. Og‘ir kasta cheklashlariga qarshi chiqqan, tug‘ilishidan boshlab insonlar orasida tenglikka chaqirgan bu din yangi ijtimoiy pillapoyaning quyiroq pog‘onasini egallagan savdogar va badavlat vayshiylarga ma’qul bo‘ldi. Buddizm kshatriylar uchun ham mos edi. Buddaviy jamoa–sangxaga barcha yuqori varna namoyandalari qabul qilinib, bu uning nufuzini yana ham oshirdi. Unga kirmaganlar Budda ta’limotiga ko‘ra, jannat imkonidan mahrum bo‘lardilar. Buddizm asosini Budda tomonidan bayon etilgan to‘rt oliy haqiqat tashkil etadi. Mazkur haqiqatlarda Budda insonlar boshiga tushadigan azoblar sababini ko‘rsatib, inson hayoti azobdan iborat deb, ularni o‘yin – havasga berilmaslikka chaqiradi va azobdan xalos bo‘lish yo‘llarini ko‘rsatadi Er. av. I ming yillik o'rtalarida yangi diniy e'tiqodlar vujudga keldi. Ularning eng muhimi budda dinining «Uch qimmat»i edi. Bu Buddaning o'zi, draxma-uning ta'limoti va sangxa-unga e'tiqod qiluvchilar jamoasi hisoblanadi. Budda dinining asoschisi Shaq'ya zodagon urag'idan bo'lgan shaxzoda Sidxartxa Gautama bo'lgan. Uzoq azob chekishlardan so'ng, daraxt soyasida Sidxartxaga yorug'lik ma'rifati tushadi. Shundan so'ng, Sidxartxa ma'rifatii (Budda) bo'ladi.
Download 10.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling