Misrdayoq savdogarlar tomonidan qo‘llanilgan. Ba'zi mutaxassislar ta'kidlashicha, savdo-sotiqda marketing strategiyalaridan foydalanish holatlaridan biri Yaponiyada qo‘llanilgan ekan


Download 1.14 Mb.
bet3/3
Sana30.04.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1412866
1   2   3
Bog'liq
1-labaratoriya Quyliyev Sardor (1)

. Targeting – bu muayyan mezonlar (yosh, jins, qiziqishlar) bo‘yicha maqsadli auditoriya tanlash vositasidir. Konversiya – bu foydalanuvchilarning kompaniya internet-resurs (sayt)iga bo‘lgan tashriflar sonining nisbati bo‘lib, bunda maqsadli auditoriya tashriflarining umumiy soniga nisbatan qandaydir harakatlar amalga oshirilgan. Yuzabiliti – kompaniya internet-resurs (sayt)idan foydalanish qanchalik qulayligini ko‘rsatuvchi tavsif.


Internet-marketingning ushbu vositalari haqida darslikning keyingi bo‘limlarida batafsilroq ko‘rib chiqamiz. Internet-marketing afzalliklari Internet-marketing an'anaviy marketingga nisbatan quyidagi afzalliklarga ega: Kompaniyaning tez-tez o‘zgarib turadigan bozor sharoitlariga tez moslashishi; Kompaniya internet-resurs (sayt)i foydalanuvchilaridan tezkor qayta aloqaning mavjudligi; Kompaniya internet-resurs (sayt)iga kirgan potensial xaridorlar soni haqidagi ma'lumotlarni avtomatik to‘plash; O‘z mahsulotini reklama qilish uchun cheklanmagan raqamli maydon. Shu asnoda, yer sharining 56% dan ortiq aholisi Internetdan foydalanadi [92]. Rentabellik. Internet-marketing an'anaviy marketingdan arzonroq, chunki katta miqdordagi tabiiy resurslardan foydalanishni talab qilmaydi. Aniqlik. Internet-marketing texnologiyalari nuqtali reklama olib borishga, ya'ni tovarlarni kerakli joyda, kerakli vaqtda, kerakli mijozlarga reklama qilishga imkon beradi. Xulosa qilib aytganda, internet-marketing tezkorligi, mijozlar bilan tez qayta aloqa va marketing tadbirlarga bo‘lgan kam xarajatliligi bilan tavsiflanadi.
Internet – marketing ob'ekt va su'ektlari Marketingning elektron bozordagi ta'rifini ko‘rib chiqqanda marketing faoliyatining ushbu bozorda ob'ekt va sub'ekti nimaligini aniqlash ham muhimdir. Marketing faoliyatining elektron bozordagi ob'ekti – bu kompaniyaning tarmoq axborot tizimlari va texnologiyalardan foydalangan holdagi axborot-tahlil va ekspert-tadqiqot faoliyati: Kompaniya o‘z mahsuloti bilan chiqqan bozordagi raqobatli pozitsiyani tanlash bo‘yicha; Uni reklama qilish va taqsimlash strategiyasini aniqlash bo‘yicha; Tashqi va ichki muhit omillarini xavf-xatar va noaniqlik sharoitidagi majmuini hisobga olgan holda reklama va narx siyosatini tanlash bo‘yicha. Marketing faoliyatining elektron bozordagi sub'ekti - bu, klassik marketingdagi singari, kompaniyaning muayyan mulkdorining qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun elektron bozorning raqamli axborotini tahlil etish va ishlov berish metodlari tizimidan foydalangan holda firma faoliyatini ma'lum bir texnologiyaga ko‘ra amalga oshirilayotgan maqsadli tartibga solish bo‘yicha faoliyatidir. Marketingni elektron bozorda boshqarish jarayoni kompaniyalarning marketing xizmatlari xodimlarining ma'lum tartibda amalga oshirayotgan amaliyot va taomillari majmuini aks ettiradi. U quyidagilarni o‘z ichiga oladi: Internet tarmog‘i imkoniyatlari, korporativ ma'lumotlar bazalaridan foydalanish orqali bozor va undagi raqobatchilar haqidagi ma'lumotlarni to‘plash va tahlil etish;




Kontekstli reklama – bu foydalanuvchilarga ularning qidiruv talabnomalari, qiziqishlari yoki internetdagi xulq-atvoriga muvofiq ravishda ko‘rsatiladigan turli e'lonlar (matnli, grafik, video) [96]. Kontekstli reklama e'lonlarni qidiruv tizimlarida, ijtimoiy tarmoqlarda, reklama tarmoqlari saytlarida joylashtirishga imkon beradi. Birinchi kontekstli reklamani 1997 yilda amerikalik moliyachi Bill Gross yaratdi. U kompaniyalarning internet-resurs (sayt) lariga bo‘lgan havolalarni sotish g‘oyasini ilgari surgan. Bu qidiruv talabnomasining relevantliligi (qidiruv talabnomasining foydalanuvchining kutilgan natijasiga mosligi darajasi) ni oshirish maqsadida qilindi. 1998 yilda Bill Gross Goto.com qidiruv tizimini yaratib, bu tizim foydalanuvchi talabnomasi natijasi bo‘yicha ro‘yxat boshida avval reklama havolalarini, keyin esa qidiruv natijalarini chiqarardi. Keyinchalik Goto.com qidiruv tizimi Overture.com deb qayta nomlandi. 2003 yilda Yahoo kompaniyasi Overture.com qidiruv tizimini sotib olib, uni «Yahoo! Search Marketing» kompaniyasiga qo‘shib qo‘yadi. 2000 yillar o‘rtasida Google kompaniyasi AdWords kontekstli reklamasi xizmatini ishga tushurdi, va shu yildan e'tiboran Yahoo va Google bozorda kontekstli reklamani asosiy ishlab chiqaruvchilari bo‘ldi. 2015 yildan boshlab kontekstli reklama yetakchilari Google AdWords, Yahoo! Search Marketing i Microsoft Advertising qidiruv tizimlari bo‘ldi. Kontekstli reklamaning asosiy xususiyatlari 1. Kontekstli e'lon faqat unga qiziqadigan foydalanuvchilarga ko‘rinadi. 2. Bu kontekstli reklamaning matnli formatidir. 3. Kontekstli reklamada to‘lovning CPC (Cost Per Click) modellari qo‘llanadi. Kontekstli reklama joylashtirilgan e'lon uchun emas, har bir klik va u bo‘yicha foydalanuvchining kompaniya saytiga o‘tganligi uchun to‘lanadi. 4. Kontekstli reklamada reklama beruvchilar o‘zlari reklama narxini boshqaradi va klikning e'lon bo‘yicha maqbul stavkalarini belgilaydi. 5. Reklama pozitsiyalari auksioni. Reklama beruvchilarning reklama e'lonlari sahifalarda bir nechtadan joylashtiriladi. Reklama e'lonining ro‘yxatda joylashganiga qarab, foydalanuvchining kompaniya saytiga har bir o‘tishi uchun to‘lov stavkasi belgilanadi. Ro‘yxatning birinchi o‘rinida foydalanuvchining kompaniya saytiga o‘tganligi uchun maksimal stavka to‘lagan reklama beruvchi turadi. Kontekstli reklama Kontekstli reklama – Internet-marketingning kompaniya internet-resursiga maqsadli auditoriyani jalb qilish uchun samarali vositasi. Internet-marketingning bir qismi bo‘lib, kontekstli reklama maqsadli auditoriyaning shakllanishiga katta ta'sir ko‘rsatadi, kompaniyaning tovar va xizmatlari kerak bo‘lgan insonlargagina e'lonni ko‘rinarli qiladi, va bu bilan ularning reklama bo‘yicha fikrlarini ko‘paytiradi. Kontekstli reklamaning ko‘pgina ta'riflari mavjud. Ulardan ba'zilarini ko‘rib chiqamiz. Kontekstli reklama – internet-reklama turi bo‘lib, unda reklama e'loni internet-sahifalarning mazmuni, tanlangan auditoriyasi, joyi, vaqti va boshqa kontekstiga (lot. contextus – birikma, bog‘liqlik) muvofiq ravishda ko‘rsatiladi [58].

Контекстли реклама сарлавҳа, матн, сайтга бўлган ҳавола ва қўшимча элементлардан иборат: Kontekstli reklama turlari Kontekstli reklama quyidagi turlarga bo‘linadi:



  • Qidiruv kontekstli;

  • Mavzuli kontekstli;

  • Kontekstli mediali.


Xulosa.
Saytga tashrif buyuruvchilarni olib keladigan reklama va qidiruv tizimi yoki oflayn reklama vositasi. Masalan, trafik manbai saytingiz manzilini o'z ichiga olgan Google, Yandex bo'lishi mumkin. Saytga to'g'ridan-to'g'ri o'tish ham ushbu rolni o'ynashi mumkin - veb-tahlil tizimlarining hisobotlarida bunday trafik manbai to'g'ridan-to'g'ri / yo'q deb belgilanadi



Foydalanalgan adabiyotlar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. - T.:O‘zbekiston, 2018.
2. O‘zbekiston Respublikasining Qonuni: Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida, 1994 yil 6 may.
3. O‘zbekiston Respublikasining Qonuni: Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to‘g‘risida, 1994 yil 6 may.
4. O‘zbekiston Respublikasining Fuqorolik Kodeksi (1 qism). -T.: O‘zbekiston, 1995.
5. O‘zbekiston Respublikasining Qonuni: Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida, 1996 yil 26 aprel.
Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling