Misrlik Fir’avn Ramses II ning shoh Xett Xattush III (1296 mil av.) bilan
Download 207.03 Kb. Pdf ko'rish
|
Xalqaro Ommaviy Huquq
- Bu sahifa navigatsiya:
- SAVOL: Mazkur shartnomada xalqaro huquqning qanday institut va prinsiplari keltirilgan Qadimda xalqaro huquqning qanday institutlari qo‘llanilgan JAVOB
I – Variant Misrlik Fir’avn Ramses II ning shoh Xett Xattush III (1296 mil.av.) bilan tuzilgan shartnomadan kichik bir parcha bilan tanishib chiqing: “Misrning buyuk shohi Ramzes va buyuk xettlar shohi bolalarining farzandlari o’rtasida ajoyib tinchlik va birodarlik bo’ladi. Misr va xetlar mamlakati bizga o’xshab, har doim tinchlik va birodarlikda yashaydilar. Agar biron bir dushman Ramzesning mulkiga qarshi chiqsa, Ramzes xettning buyuk shohiga: “barcha kuchlaringiz bilan dushmanga qarshi men bilan birga boringlar”, deb aytsin. Agar Ramzes o’z qullariga gazablansa, ular g„alayon qilganda va ularni tinchlantirishga ketishsa, u bilan birga Xet shohi ham harakat qilishi kerak... Agar kimdir Misrdan qochib ketsa va Xett mamlakatiga boradigan bo’lsa, Xett shohi o’z mamlakatida uni ushlab qolmaydi, balki Ramzes mamlakatiga qaytaradi... Kumush taxtada yozilgan barcha narsalar, xett mamlakatining minglab xudolari va ma‟budalari Misrning minglab xudolari va ma’budalariga nisbatan bajarishga majbur”. SAVOL: Mazkur shartnomada xalqaro huquqning qanday institut va prinsiplari keltirilgan? Qadimda xalqaro huquqning qanday institutlari qo‘llanilgan? JAVOB: Avvalo ushbu kazusga javob berishdan oldin xalqaro huquq tizimiga batafsil to’xtalib o’tsak maqsadga muvofiq bo’ladi. Xalqaro huquq tizimi yagona, keng qamrovli, barcha uchun majburiy deb e’tirof etilgan yuridik normalar majmui hisoblanadi. Boshqacha qilib aytadigan bo’lsak, xalqaro huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi umume’tirof etilgan normalar hamda prinsiplar yig’indisidir. Xalqaro huquq tizimi odatiy milliy huquq tizimlaridek turfa xilda emas, balki yagonaligi bilan ajralib turadi, bu esa ko’p hollarda hamma davlatlar uchun majburiy ekanligi, shuningdek yangi tashkil topgan davlatlar ham bu huquqni hurmat qilishga majburligi bilan bog’liqdir. Misol qilib keltiradigan bo’lsam, Afg’oniston Islom Amirligi hokimiyat almashinuvi tufayli tashkil topgan bu davlat ham xalqaro maydonda o’z so’zini ayta olishi uchun xalqaro huquq qoidalari hamda prinsiplariga amal qilishga va unga hurmat bilan munosabatda bo’lishga majbur hisoblanadi, garchi u yerda inson huquqlari va boshqa bir qator qoidalarga zid munosabatda bo’linsa ham. Xalqaro huquq tizimini uning asosi bo’lmish xalqaro ommaviy huquqning prinsiplari, ya’ni universal xarakter va oliy yuridik kuchga ega bo’lgan muhim xalqaro huquqiy normalar tizimi hamda ushbu prinsiplarga mos bo’lgan xalqaro huquq subyektlarining harakatlarini o’z ichiga oladi. Bu ayni chog’da global xalqaro huquqning o’zagini tashkil qiladi. Masalan, bir guruh davlatlar mintaqaviy va ikki tomonlama munosabatlarga kirishganda ushbu prinsiplarga amal qilishi kerak, ular jam bo’lib xalqaro huquqiy tizimni tashkil etadi. Xalqaro huquq tizimi milliy huquq tizimlariga nisbatan mustaqil tarkibiy qismlarni o’zida qamrab oladi. “Xalqaro huquq tizimi xalqaro huquqning bir -biri bilan bog’liq bo’lgan sohalari mujassamligidirki, ular o’z prinsiplariga ega hamda xalqaro ommaviy huquqning amaldagi normalaridan tashkil topuvchi institutlar va tarmoqlarga ajraladi” 1 . Shunday qilib, xalqaro huquq tizimini quyidagi toifalarga ajratish mumkin: 1) Xalqaro munosabatlarni tartibga solishning umume’tirof etilgan prinsiplari; 1 I.I.Lukashuk, A.H. Saidov; -T: O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyatinashriyoti, 2007, 392b. 2) Xalqaro huquq subyektlari o’rtasida majburiy xarakterdagi xalqaro huquq normalari 3) Muayyan vazifani bajaruvchi normalar majmuyini o’zida jamlagan xalqaro huquq institutlari. 4) Xalqaro huquq sohalari. Ular xalqaro huquq tizimining nisbatan kengroq ijtimoiy munosabatlarini tartibga soladi. Endi esa yuqoridagi keltirilgan savolga qaytadigan bo’lsak, xalqaro huquq institutlari va prinsiplarini alohida ta’kidlab o’tishimiz lozim. “Xalqaro huquqiy institut – bu bir turdagi munosabatlarni tartibga soluvchi huquq normalarining guruhi tushuniladi, ular ana shu munosabatlarning umumiy obyekti bilan o’zaro chambarchas bog’liqlik kasb etadi” 2 . Misol uchun, xalqaro tan olish institutini keltirish mumkin. Xalqaro huquq prinsiplari xalqaro huquqning eng muhim qismi bo’lgan “yadro”si hisoblanib, uning eng asosiy go’yasi, mazmuni va maqsadini ifodalaydi. “Xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan prinsiplari” atamasi asosiy prinspilarni belgilash uchun qo’llaniladi. Ular deyarli barcha davlatlar uchun majburiy xarakterga ega bo’lgan norma sifatida qabul qilinadi. Xalqaro huquqning asosiy prinsiplari BMT nizomining 2-moddasida belgilangan “Xalqaro huquq prinsiplari to’g’risida”gi Deklaratsiyada yettita prinsip asosiy prinsip deb e’tirof etilgan. Keyinroq esa o’sha vaqtdagi siyosiy vaziyatlarni hisobga olganda 1975- yilda yana yangi bo’lgan uchta asosiy prinsip qo’shiladi. 2 Hozirgi zamonaviy xalqaro huquqning 10 ta prinsiplarini asosiy deya olamiz, bular quyidagicha: 1. Davlatlarning suveren tengligi; 2. Kuch bilan tahdid qilish va ularni xalqaro munosabatlarda qo’llanishida o’zini tiyish; 3. Xalqaro nizolarni tinch yo’l bilan hal etish; 4. Davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik; 5. Tashqi sohada davlatlarning hamkorligining majburiyligi; 6. Xalqlarning o’zini o’zi anglashi va teng huquqlilik prinsipi; 7. Davlat chegaralarining mustahkamligi; 8. Davlatning hududiy daxlsizligi; 9. Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini hurmat qilish; 10. Xalqaro majburiyatlarni vijdonan bajarish. Albatta yuqoridagilar hamma davlatlar uchun majburiy bo’lgan umumiy qabul qilingan normalar hisoblanadi. Bundan tashqari yana bir qancha prinsiplar ham mavjuddir. Misol uchun, nogironligi bo’lgan shaxslarga alohida e’tibor berishni talab qiluvchi prinsip, diskriminatsiyaga yo’l qoýilmaslik prinsipi va yana bir qancha prinsiplar mavjud bo’lib, bu asosiy umume’tirof etilgan prinsiplar sifatida belgilanmaydi. Endi bevosita kazusdagi savollarga javob beradigan bo’lsam, Qadimgi Kadesh jangidan so’ng Misr fir’avni hisoblanmish Ramzes II davlatini yuksaltirishning o’ziga xos bo’lgan diplomatiya yo’lini tanlaydi. Bu o’z navbatida ikki davlat uchun foydali bo’lgan kelishuvga erishiladi. Ushbu tinchlik shartnomasi xozirgi zamonaviy xalqaro huquqdan uncha ko’p farq qilmaydi va unda yozilgan ierogliflar hamda belgilar nisbatan olib qaralganda amaldagi xalqaro huquqiy shartnomalar rekvizitlari va tuzilish uslubiga ko’ra o’sha davr uchun juda yaxshi ittifoqchilik shakli hisoblanadi. Ushbu xalqaro huquqiy manbaa dunyodagi eng birinchi xalqaro huquqiy aloqalarni boshlab bergan deb hisoblanadi. Tinchlik shartnomasinining Xettlar versiyasini quyidagicha tahlil qilib boramiz. a) Birinchi navbatta bu ikki davlat bir-biri bilan abadiy tinchlik va birodarlik maqsadida ushbu bitimni almashishadi. Chunki bu “kumush shartnoma” ikki xalqlar o’rtasida bo’lib turgan dushmanlik kayfiyatini tushirish uchun ham tuzilgan deyishadi. Lekin aslini olganda, bu ikki so’z qadimgi xalqaro huquqning prinsiplarini tashkil qilgan, ya’ni abadiy tinchlik va birodarlik ular amal qilishi shart bo’lgan asosiy tamoyillar sifatida shartnoma boshlanishining muhim sharti hisoblanadi. b) Ushbu kumush lavhlarda yozilgan xalqaro huquq manbaasining ikkinchi qismiga o’tadigan bo’lsak, aytiladiki “Qarang, Misr shohi, eng buyuk shoh Reamasesa mia Amana (Amon o’gli Ramses) Quyosh xudosi (Ra) va Tempest xudosi (Xettlarning buyuk ma’budi) xohlagan ikki davlatning mangu rishtasini, ular o’rtasida xusumatga yo’l qoýmaslik uchun tuzdi”. Bu yerda ikki davlat o’rtasida tuzilgan rishta o’zaro tinchlik va birodarlikning asosiy tamoyillari asosida shakllangan o’ziga xos institutga guvoh bo’lamiz. c) Keyingi yangi qismini bir necha so’z bilan tushuntiradigan bo’lsam, Misr shohi Xettlar shohiga men sizlarning davlatingizni bir qismini bosib olish uchun hech qachon hujum qilmayman va Xettlar shohi ham xuddi shunday majburiyatni oladi deyilgan. Bu ikki davlat olayotgan majburiyat o’z- o’zidan xalqaro huquqning “Kuch bilan tahdid qilish va ularni xalqaro munosabatlarda qo’llanishida o’zini tiyish” hamda “Davlat chegaralarining mustahkamligi” va “Davlatning hududiy daxlsizligi” prinsiplarini ishga tushurib yuboradi. d) Keyingi qismida bu ittifoqchilikning oliy darajasi deya olamanki, aynan shu keltirilgan jumla xalqaro huquq rivojlanishida muhim rolni oýnagan. Unda aytiladiki, “Agar dushman qo’shini Xettlar davlatiga hujum qilsa, Xettlar shohi menga “menga yordamga kel” deb aytsin va men dushman qo’shinini xalok qilish hamda bu davlatingizni qanoatlantirish uchun qo’shin yuborurman. Agar jinoyat qilgandan so’ng aybli topilgan fuqarolarning ko’tarilishiga qarshi g’azablanadigan bo’lsa, men ushbu fuqarolarning ko’tarilishini bostirish uchun qo’shin yuborurman. Agar Xatti mamlakatining podshohi Xattusining farzandlari unga qarshi bosh ko’tarsa, unga yordam berish uchun qo’shin yuborurman”. Aynan shu qismi xalqaro huquqda o’zaro hamkorlik institutini shakllanishida birlamchi vosita bo’lib xizmat qiladi. Ushbu jumlada keltirilgan prinsip “Tashqi sohada davlatlarning hamkorligining majburiyligi” prinsipiga aynan mos tushadi. Aynan shu majburiyatni har ikki davlat o’z bo’yniga oladi. e) Keyingi qism esa hozirgi xalqaro huquq tizimida ancha keng qo’llaniladigan institutni shakllanishida juda katta hissa qo’shadi. “Agar jinoyat qilgan shaxs buyuk Xatti mamlakatidan qochib , buyuk shoh Ramzesni oldiga kelsa, Misr mamlakati bu shaxsni qo’lga olishi va uni Xatti mamlakati shohi Xattusilining qo’liga topshirishi kerak. Agarda bir necha kishi Xatti mamlakatida yashashni istamasa va Misr davlatiga qochib o’tsa, Misr davlati ularni Xatti davlatiga topshirishga buyruq berishi kerak. Ularni jinoyatiga kelsak, ular ayblanmasligi, ularning ko’zlari va tili tortilmasligi, ularning quloqlari va oyoqlari kesilmasligi, ularning xotin va bolalari o’ldirilmasligi shart.” Xuddi shu majburiyatni ikki davlat o’zaro kelishiladi. Bunda jinoyatchi qaysi mamlakat fuqarosi bo’lsa o’sha mamlakat jinoyati bilan jazolanishi keltirib o’tiladi. Xususan, bu muhim qism hozirgi zamonaviy xalqaro huquq tizimida ekstraditsiya (ushlab berish) institutining aynan o’zi hisoblanadi. Jinoyatchini ushlab berish institutiga asoslangan ushbu asosiy prinsip “aut dedere aut judicere” (topshir yoki sud qil) atamasida mujassam bo’lgan. f) Oxirgi qismida keltirilgan jumla ikki taraf uchun javobgarlik asosini o’ziga xos tarzda ifodalaydi. Ya’ni “Agar Misr va Xatti davlatlari shohlari kumush lavhda yozilgan so’zlarga itoat etsalar, ularni mamlakatlarini ikki davlatning buyuk xudolari ularni omonlikda yashashlarini kafolatlaydi. Agar ular kumush lavhda yozilgan prinsiplarga amal qilmasalar, bu ikki davlatning buyuk xudolari ularning uylari, davlati va xizmatkorlarini tag tomiri bilan yo’q qilib yuboradi.” Shunday qilib, yuqoridagi qismini o’ziga xos javobgarlik institut deb hisoblasak bo’ladi. Ya’ni ular agarda ulardan biri shartnomaga rioya etmasa, ularning e’tiqodlari bo’yicha javobgar bo’lishlarini belgilaydi. Download 207.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling