Misrlik Fir’avn Ramses II ning shoh Xett Xattush III (1296 mil av.) bilan
Download 207.03 Kb. Pdf ko'rish
|
Xalqaro Ommaviy Huquq
Xulosa qilib aytadigan bo’lsam, ushbu dunyoning eng birinchi xalqaro
huquqiy hujjati hozirgi vaqtga kelib ham dolzarbligini yo’qotmagan. Sababi shuki, u hozirgi kunda xalqaro huquqning eng muhim qismlarini qamrab oladi. Ushbu eng yoshi katta xalqaro huquqiy shartnomada ikki davlat o’rtasida abadiy do’stlik, mangu tinchlik va birodarlik, hududlar boýlab integratsiyalashuv, agressiyasiz aloqa, ekstraditsiya va o’zaro yordam hamda hamkorlik sifatida xalqaro huquqda muhim rol oýnaydi. Ushbu “kumush shartnoma”da keltirilgan har bir band hozirgi BMT nizomida va boshqa xalqaro hujjatlarda o’z aksini topadi. Undagi prinsiplar va institutlar xalqaro huquqiy maydonda hali ham o’z kuchini yo’qotgani yo’q. Misol uchun ularning har ikki taraf uchun alohida alohida lavhlarga yozib topshirilishi, qoidalarda o’zaro aka – ukachilik jumlalari keltirishi subyektlar o’rtasida “Suveren tenglik” prinsipi mavjudliligini bildiradi. II. Nazariy savollar. 1. Yumshoq huquq (soft law) tushunchasiga tarif bering va misollar bilan tushuntiring. Yumshoq huquq majburiy huquq va majburiyatlarni yaratishda zaruriy me’yoriy hujjatning mazmuni yetishmayotgan protseduralar, xalqaro normalar va tamoyillarni hosil qiladi. Ammo shunday bo’lsa ham yumshoq huquq aniq bir ta’sir choralarini ishlab chiqaradi. Yumshoq huquq normalarni yetishmayotgan yeriga bo’shliqni to’ldiruvchi vazifani bajaradi, ba’zida davlatlar va boshqa manfaatdor tomonlarga mavhum ijtimoiy munosabatlarda majburiy huquqiy normalar yaratadi. “Olim X.T.Odilqoriev fikricha, yumshoq huquq ikkita hodisani nomlashda qo’llaniladi. Birinchisi, faqat xalqaro huquq subyektlari rioya qilishi lozim bo’lgan umumiy ko’rsatmalar beruvchi normalar nazarda tutiladi. “Erishish”, “Intilish”, “Zarur choralarni ko’rish” va h.k ibora va normalardan iborat bo’ladi. Ikkinchisi esa nohuquqiy hujjatlar, xalqaro organ va tashkilotlarning rezolyutsiyalari, qo’shma bayonotlar, kommunikelardagi normalar kiradi” 3 . Yumshoq huquq atamasini yuqoridagi olim fikrlarini yaxshilab ochib beradigan bo’lsam, yuridik jihatdan majburiy kuchga ega bo’lmagan yoki an’anaviy 3 B.E. Ochilov, H. T. Odilqoriev, 2002-2007- Alisher Navoiy nomidagi milliy nashriyoti. qattiq huquqning majburiy kuchidan biroz zaifroq bo’lgan kvazi-huquqiy hujjatlarni anglatadi (masalan, tavsiyalar va ko’rsatmalar ). Bu atama ishlatilishi ba’zi olimlar tomonidan keng muhokamaga sabab bo’ladi chunki har bir olim bu atama ortiqcha, bo’rttirilgan va keraksiz sifatida sanasa, boshqalar bu atama orqali nisbatan kamroq vaqt talab etadigan, moslashuvchan va arzonroq xalqaro normativ huquqiy hujjatlar ishlab ishlab chiqarishga erishiladi degan fikrda. Yumshoq huquqqa misollar keltiradigan bo’lsam, bular BMT Bosh Assambleya rezolutsiyalari, deklaratsiyalari, masalan inson huquqlari boýicha umumjahon deklaratsiyasida namoyon bo’ladi. Xalqaro huquqda yumshoq huquq terminologiyasi hanuzgacha baxsli hisoblanadi. Ba’zi amaliyotchilar tomonidan bu tushuncha shunchaki kundalik munozarali masalalarni hal etish uchun muhim bo’lgan qism deb hisoblaydilar. Chunki qaysi davlat ko’pincha milliy noroziliklarni olib kelishi mumkin bo’lgan qonunlardagi majburiyatlarni bo’yniga olishni xohlaydi ?!!! 2. Qochoqlarni, fuqaroligi bo’lmagan shaxslarni, chet el fuqarolarini himoya qilish uchun qanday xalqaro hujjatlar qabul qilingan? O`zbekiston ularning qaysi birida ishtirok etadi? Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarni himoya qilish uchun quyidagi normativ huquqiy hujjatlarni keltirib o’tish mumkin: 1954-yilgi “Apatridlar maqomi to’g’risidagi” Konvensiya va 1961-yilgi “Fuqarosizlikni kamaytirish to’g’risidagi” Konvensiya mavjud bo’lib, bu konvensiyalarni ko’pchilik davlatlar o’z norma va prinsiplariga moslashtirishgan. O’zbekiston Respublikasining amaldagi Konstitutsiyasining 23-moddasida Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarning huquq va erkinliklari xalqaro huquq normalariga muvofiq ta’minlanishi belgilab o’tilgan. Chet ellik fuqarolarning maqomi xalqaro huquqda 1985-yilgi BMTning fuqaro bo’lmagan shaxslarga tegishli inson huquqlari Deklaratsiyasida hamda 1985- yilgi Amerikalararo chet elliklar maqomi to’g’risidagi konvensiyalarda nomoyon bo’ladi. 1966 – yilgi “Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi”xalqaro Paktda fuqarolar va chet el fuqarolari uchun har bir huquq barcha uchun teng ravishda davlat tomonidan ta’minlanishi shartligi belgilangan. Hozirgi zamon xalqaro ommaviy huquqida qochoqlarning hquqularini himoya qilishning uchta universal xalqaro-huquqiy hujjat mavjud: - BMT ning Qochoqlar ishlari boýicha Oliy Komissarining Boshqarmasining “Boshqarma Nizomi” - 1951- yilgi “Qochoqlar maqomi to’g’risida”gi Konvensiya; - 1967- yilgi Qochoqlar maqomi boýicha Protokol mavjud. O’zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyoda 1951-yilgi “Qochoqlar maqomi to’g’risida”gi Konvensiyani imzolamagan yagona davlat hisoblanadi. Bundan tashqari mamlakatda qochqinlar va boshpana izlovchilar uchun qonuniy tuzilma yoki mexanizm mavjud emas. Lekin shunday bo’lsada, O’zbekistonda “Gentelmen Agreement” (Jentelmenlik kelishuvi) ga erishilgan va bu qochqinlarning ahvolini sezilarli ravishda yaxshilanishiga, deportatsiyalar va hibsga olishlar soni sezilarli kamayishiga olib keladi. 3. Xalqaro tashkilotlarning xalqaro huquq subyekti sifatida roli nimalarda namoyon bo’ladi? Xalqaro huquqda tashkilotlarning roli quyidagicha xususiyatlari bilan ajralib turadi: - Xalqaro tashkilotlarning alohida xususiyati shundan iboratki, ularning a’zolari faqat suveren davlatlar, ularning organlari emas, aynan davlatlar hisoblanadi. - Mazkur tashkilotlar ko’pincha hukumatlararo tashkilotlar deb ataladi. - Davlatning bir qismi ham xalqaro tashkilot a’zosi bo’la olmaydi. - Barcha a’zolar tashkilot organlari ishida teng huquqli ishtirok etadi hamda uning faoliyati uchun majburiyatga ega bo’ladi. - Ular tashkilot budjetiga badal to’laydilar. Download 207.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling