"Missionerlik" va "prozetilizm"


O’zbekiston yoshlari, diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi


Download 136.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana06.04.2023
Hajmi136.8 Kb.
#1330734
1   2
Bog'liq
Missionerlik va prozetilizm

O’zbekiston yoshlari, diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi 
Ko’pgina davlatlarda islom omilining o’sishi bilan dindan siyosiy niqob sifatida 
foydalanib hokimiyatga intilish kuchayganligini ko’ramiz. Shu sababli ilmiy tilda 
diniy ekstrеmizm so’zi tеz-tеz ko’zga tashlanmoqda. Diniy ekstrеmizm – 
ekstrеmizmning din niqobida namoyon bo’lish shakli bo’lib, u mavjud 
muammolarni hal qilishda o’ta kеskin chora-tadbirlarni, fikr-qarashlarni yoqlovchi 
nazariya va amaliyotni anglatadi. Diniy ekstrеmizm namoyon bo’lishiga ko’ra 
hududiy, mintaqaviy, xalqaro shakllarga bo’linadi. Bunday qarashlar juda qadimiy 
ildizlarga ega bo’lib, hеch qachon chеgara bilmagan, millat va hududni tan olmagan. 
Diniy ekstrеmizm barcha dinlar doirasida rivojlangan.O’zbekistonga nisbatan islom 
fundamentalizmining tahdidi aqidaparastlikni yoyish, bu yo’l bilan musulmonlarni 
islohotchi davlatga ishonchini yo’qotishga urinishda o’zini namoyon etmoqda. 
Bunday guruhlar mustahkamlanib borayotgan umummilliy birdamlik va 
hamjihatlik, millatlar va fuqarolararo totuvlikka rahna solishga harakat qilmoqdalar. 
Demokratiya va dunyoviy davlat tushunchalarini, e’tiqod erkinligiga asoslangan 
ko’p konfessiyali dunyoviy jamiyatni obro’sizlantirishga yo’naltirilgan sa’y-
harakatlarni amalga oshirmoqdalar. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, 
«eng avvalo, jamiyat, guruh, alohida shaxs ma’naviy hayotining muayyan sohasi 
bo’lgan din umuminsoniy axloq me’yorlarini o’ziga singdirib olgan, ularni 
jonlantirgan, hamma uchun majburiy xulq-atvor qoidalariga aylantirgan. Binobarin 
din odamlarda ishonch hissini mustahkamlagan. Ularni poklab, yuksaltirgan. Hayot 
sinovlari, muammo va qiyinchiliklarni engib o’tishlarida kuch bag’ishlagan. 
Umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlarni saqlab qolish hamda avloddan avlodga 
etkazishga yordamga kelgan. Dinning yuksak rolini e’tirof etish bilan birga diniy 
dunyoqarash tafakkurning, insonning o’zini o’rab turgan dunyoga o’zi kabi 
odamlarga munosabatining Yagona usuli bo’lmaganligini ham ta’kidlash mumkin. 
Dunyoviy fikr, dunyoviy turmush tarzi ham u bilan yonma-yon, u bilan teng yashash 
huquqiga ega bo’lgan holda rivojlanib kelgan». Keyingi yillarda milliy va diniy 
qadriyatlarning tiklanishiga katta e’tibor berilishi bu narsa hukumatimizning ustuvor 
siyosatga aylandi. Mustaqillik yillarida O’zbekistonda diniy tashkilotlar soni o’sdi. 
1990 yilda Respublikada 119ta diniy tashkilot, 2 ta diniy o’quv yurti mavjud bo’lgan 
bo’lsa 2005 yilga kelib, 2186 ta diniy tashkilot erkin faoliyat ko’rsatgan. Shuningdek 
1987 ta masjid, 163 xristian cherkovi, 8 ta yahudiy sinagogalari, 6 ta Bahoiylar 
jamoasi, 1 ta Krishnani anglash jamiyati, 1 ta Budda ibodatxonasida fuqarolar erkin 
ibodat qilishlari uchun barcha qulayliklar yaratilgan. 
Bugungi kunda ko’plab diniy bayramlar ommaviy nishonlanmoqda, televidenie va 
matbuot tomonidan xalq ehtiyojida bo’lgan diniy masalalar tez-tez yoritila 
boshlandi. Fuqarolar o’rtasida diniy ilm va an’analarga o’rganish qiziqish kuchaydi. 
Biroq bundan foydalangan ba’zi shaxslar o’z manfaatlari yo’lida chet ellik 
yurtimizga suqulib kirmoqchi bo’lgan ekstremistik oqimlar «da’vatchi»lariga 
aylandilar. Ular xorijliklar tomonidan istaganlaricha mablag’ va diniy adabiyotlar 


bilan ta’minlandilar. Bu harakatlar tezda o’z natijasini berdi. Farg’ona vodiysi va 
Toshkent shahrida avj olgan «vahhobiychilik» harakati, respublikamizning deyarli 
barcha shahar va qishloqlariga etib borishga ulgurgan «Hizb at-tahrir alislomiy» 
kabi guruhlarning keyingi yillarda Vatanimizning turli joylarida uyushtirgan fitna-
fasod harakatlari shundan darak beradi. Modomiki, biz yoshlarimizni, 
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev aytganidek Imom Buxoriylar, Naqshbandiylar va 
Yassaviylar ta’limoti asosida tarbiyalar ekanmiz, biz ularni turli islom niqobi 
ostidagi g’arazli guruhlar bilan buyuk ajdodlarimiz amal qilgan va bizlarga ham 
tavsiya etgan musaffo islom o’rtasini ajrata oladigan darajada bilimli qilishimiz 
zarur bo’ladi. 

Download 136.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling