"Missionerlik" va "prozetilizm"
O’zbekiston yoshlari, diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi
Download 136.8 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqMissionerlik va prozetilizm
O’zbekiston yoshlari, diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi
Ko’pgina davlatlarda islom omilining o’sishi bilan dindan siyosiy niqob sifatida foydalanib hokimiyatga intilish kuchayganligini ko’ramiz. Shu sababli ilmiy tilda diniy ekstrеmizm so’zi tеz-tеz ko’zga tashlanmoqda. Diniy ekstrеmizm – ekstrеmizmning din niqobida namoyon bo’lish shakli bo’lib, u mavjud muammolarni hal qilishda o’ta kеskin chora-tadbirlarni, fikr-qarashlarni yoqlovchi nazariya va amaliyotni anglatadi. Diniy ekstrеmizm namoyon bo’lishiga ko’ra hududiy, mintaqaviy, xalqaro shakllarga bo’linadi. Bunday qarashlar juda qadimiy ildizlarga ega bo’lib, hеch qachon chеgara bilmagan, millat va hududni tan olmagan. Diniy ekstrеmizm barcha dinlar doirasida rivojlangan.O’zbekistonga nisbatan islom fundamentalizmining tahdidi aqidaparastlikni yoyish, bu yo’l bilan musulmonlarni islohotchi davlatga ishonchini yo’qotishga urinishda o’zini namoyon etmoqda. Bunday guruhlar mustahkamlanib borayotgan umummilliy birdamlik va hamjihatlik, millatlar va fuqarolararo totuvlikka rahna solishga harakat qilmoqdalar. Demokratiya va dunyoviy davlat tushunchalarini, e’tiqod erkinligiga asoslangan ko’p konfessiyali dunyoviy jamiyatni obro’sizlantirishga yo’naltirilgan sa’y- harakatlarni amalga oshirmoqdalar. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, «eng avvalo, jamiyat, guruh, alohida shaxs ma’naviy hayotining muayyan sohasi bo’lgan din umuminsoniy axloq me’yorlarini o’ziga singdirib olgan, ularni jonlantirgan, hamma uchun majburiy xulq-atvor qoidalariga aylantirgan. Binobarin din odamlarda ishonch hissini mustahkamlagan. Ularni poklab, yuksaltirgan. Hayot sinovlari, muammo va qiyinchiliklarni engib o’tishlarida kuch bag’ishlagan. Umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlarni saqlab qolish hamda avloddan avlodga etkazishga yordamga kelgan. Dinning yuksak rolini e’tirof etish bilan birga diniy dunyoqarash tafakkurning, insonning o’zini o’rab turgan dunyoga o’zi kabi odamlarga munosabatining Yagona usuli bo’lmaganligini ham ta’kidlash mumkin. Dunyoviy fikr, dunyoviy turmush tarzi ham u bilan yonma-yon, u bilan teng yashash huquqiga ega bo’lgan holda rivojlanib kelgan». Keyingi yillarda milliy va diniy qadriyatlarning tiklanishiga katta e’tibor berilishi bu narsa hukumatimizning ustuvor siyosatga aylandi. Mustaqillik yillarida O’zbekistonda diniy tashkilotlar soni o’sdi. 1990 yilda Respublikada 119ta diniy tashkilot, 2 ta diniy o’quv yurti mavjud bo’lgan bo’lsa 2005 yilga kelib, 2186 ta diniy tashkilot erkin faoliyat ko’rsatgan. Shuningdek 1987 ta masjid, 163 xristian cherkovi, 8 ta yahudiy sinagogalari, 6 ta Bahoiylar jamoasi, 1 ta Krishnani anglash jamiyati, 1 ta Budda ibodatxonasida fuqarolar erkin ibodat qilishlari uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Bugungi kunda ko’plab diniy bayramlar ommaviy nishonlanmoqda, televidenie va matbuot tomonidan xalq ehtiyojida bo’lgan diniy masalalar tez-tez yoritila boshlandi. Fuqarolar o’rtasida diniy ilm va an’analarga o’rganish qiziqish kuchaydi. Biroq bundan foydalangan ba’zi shaxslar o’z manfaatlari yo’lida chet ellik yurtimizga suqulib kirmoqchi bo’lgan ekstremistik oqimlar «da’vatchi»lariga aylandilar. Ular xorijliklar tomonidan istaganlaricha mablag’ va diniy adabiyotlar bilan ta’minlandilar. Bu harakatlar tezda o’z natijasini berdi. Farg’ona vodiysi va Toshkent shahrida avj olgan «vahhobiychilik» harakati, respublikamizning deyarli barcha shahar va qishloqlariga etib borishga ulgurgan «Hizb at-tahrir alislomiy» kabi guruhlarning keyingi yillarda Vatanimizning turli joylarida uyushtirgan fitna- fasod harakatlari shundan darak beradi. Modomiki, biz yoshlarimizni, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev aytganidek Imom Buxoriylar, Naqshbandiylar va Yassaviylar ta’limoti asosida tarbiyalar ekanmiz, biz ularni turli islom niqobi ostidagi g’arazli guruhlar bilan buyuk ajdodlarimiz amal qilgan va bizlarga ham tavsiya etgan musaffo islom o’rtasini ajrata oladigan darajada bilimli qilishimiz zarur bo’ladi. Download 136.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling