Missionerlikning salbiy oqibatlari ” mavzusida o’tkazilgan davra suhbati bayonnomasi
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Missionerlik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tashkilotchilar
Buxoro davlat universiteti Amaliy matematika va dasturlash texnologiyalari kafedrasi professor-o’qituvchilar va talabalari bilan o’tkazilgan “Missionerlikning salbiy oqibatlari ” mavzusida o’tkazilgan davra suhbati BAYONNOMASI 22.09.2022 yil BuxDU Amaliy matematika va dasturlash texnologiyalari kafedrasi Tashkilotchilar: Amaliy matematika va dasturlash texnologiyalari kafedrasi katta o’qituvchisi Sh.M. Imomova Qatnashdilar: Axborot texnologiyalari fakulteti 1-1 ATT-21, 1-2 ATT-21 guruhi talabalari. Axborot texnologiyalari fakulteti Amaliy matematika va dasturlash texnologiyalari kafedrasi katta o’qituvchisi Imomova Sh. davra suhbatini ochib, bugungi kunda bir necha diniy ekstremistik oqim va yo’nalishlar faoliyati tobora keskinlashib borayotgan bir davrda muqaddas islom dinimizga va milliy ma’naviyatimiz hamda qadriyatlarimizga rahna solishga urinayotgan noislomiy yo’nalishlardan biri bu Missionerlik yo’nalishi haqida gapirdi. Jumladan: Missionerlik to’g‘risida so’z ochganda, avval uning kelib chiqishi va rivojlanishi davriga to’xtalib o’tish lozim bo’ladi. “Missionerlik” tushunchasi umumiy ma’noda biror dinga e’tiqod qiluvchi xalqlar o’rtasida boshqa dinni targ‘ib qilish ma’nosini anglatadi. Missionerlik, asosan xristianlik diniga xosdir. Bunday harakat xristianlik dini qadimiy Vizantiya imperiyasining davlat dini sifatida e’lon qilingan davrdan buyon amalga oshirilib kelmokda. Xristian ruhoniylari dastavval missionerlik harakatini Yevropa va Yaqin Sharqdagi ko’pxudolikka e’tiqod qilib kelgan aholini yakkaxudolikka da’vat qilish bayrog‘i ostida olib bordilar. Shu tariqa IVasrda paydo bo’lgan xristian missionerligi XIII-XVI asrlarda Hindiston, Xitoy, va Yaponiyaga kirib bordi. Katolik cherkovida esa missionerlik Ispaniya va Portugaliya imperiyalari tashkil topgach (XIII-XVI asrlar) da taraqqiy etdi. Missionerlik harakati Buyuk Rim imperiyasiga yangi yerlarni o’zlashtirishga katta yordam berdi. Katolik missionerligiga raxbarlik qilish uchun papa Grigoriy XV 1662 yilda “Diniy targ‘ibot kongregatsiyasi” ni ta’sis etdi. XIX asrga kelib esa missionerlik yangidan faollashdi.Ushbu harakat vakillari bo’lgan missionerlar o’z faoliyatlarini Afrikada keng tarzda yoyib, o’z mamlakatlarining siyosatini o’tkazishga yordam berdilar. Missionerlarning turli davlatlar, jumladan, Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlarida olib borayotgan faoliyati xristianlikni targ‘ib qilishda maxsus adabiyotlar, audio va videokassetalarni mahalliy tillarda tayyorlash va bepul tarqatish masalalariga e’tibor qaratadilar. Yuqoridagi kabi misollarni yana davom ettirish mumkin. Ammo shularning o’zi ham missionerlik harakati turli din vakillari o’rtasida hamda musulmonlar orasida dinlararo va millatlararo nizolarni keltirib chiqarishga zamin yaratish mumkin ekanligiga dalolat beradi. Xulosa qilib aytganda bugungi kunda missionerlik harakati insonlar orasida hamda ba’zi-bir yoshlarimiz nigohida diniy mutaassiblikning o’ziga xos ko’rinishi sifatida namoyon bo’lmoqda desak aslo mubolag‘a bo’lmaydi. Bundan tashqari, ommaviy madaniyat va Internetdagi turli saytlar hamda ularning salbiy jihatlari haqida gapirilib, hozirgi vaktda yoshlarning bilim olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilganligi, shu sababli ular yaratilgan imtiyozlardan foydalanib, ko’proq o’qishlari va Vatanni sevishlari ta’kidlandi. 1-1 ATT-21 guruhi talabalari Sayfiyeva Gulnigor, Davlatov Jasurbek va 1-2 ATT-21 guruhi talabasi Rustamov Ahmadlar so`zga chiqib o`z fikrlarini bildirdilar. Shu bilan birgalikda talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Axborot texnologiyalari fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan muovini: Atamuradov J. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling