Missionerlikning salbiy oqibatlari ” mavzusida o’tkazilgan davra suhbati bayonnomasi


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
Sana28.12.2022
Hajmi0.87 Mb.
#1015915
Bog'liq
Missionerlik



Buxoro davlat universiteti Amaliy matematika va dasturlash 
texnologiyalari kafedrasi professor-o’qituvchilar va talabalari bilan o’tkazilgan 
Missionerlikning salbiy oqibatlari ” mavzusida o’tkazilgan davra suhbati
BAYONNOMASI
22.09.2022 yil
BuxDU Amaliy matematika va dasturlash 
texnologiyalari kafedrasi 
Tashkilotchilar: Amaliy matematika va dasturlash texnologiyalari kafedrasi 
katta o’qituvchisi Sh.M. Imomova
Qatnashdilar: Axborot texnologiyalari fakulteti 1-1 ATT-21, 1-2 ATT-21 
guruhi talabalari. 
Axborot texnologiyalari fakulteti Amaliy matematika va dasturlash
texnologiyalari kafedrasi katta o’qituvchisi Imomova Sh. davra suhbatini ochib, 
bugungi kunda bir necha diniy ekstremistik oqim va yo’nalishlar faoliyati tobora 
keskinlashib borayotgan bir davrda muqaddas islom dinimizga va milliy 
ma’naviyatimiz hamda qadriyatlarimizga rahna solishga urinayotgan noislomiy 
yo’nalishlardan biri bu Missionerlik yo’nalishi haqida gapirdi. Jumladan:
Missionerlik to’g‘risida so’z ochganda, avval uning kelib chiqishi va
rivojlanishi davriga to’xtalib o’tish lozim bo’ladi.
“Missionerlik” tushunchasi umumiy ma’noda biror dinga e’tiqod qiluvchi
xalqlar o’rtasida boshqa dinni targ‘ib qilish ma’nosini anglatadi. Missionerlik,
asosan xristianlik diniga xosdir. Bunday harakat xristianlik dini qadimiy Vizantiya
imperiyasining davlat dini sifatida e’lon qilingan davrdan buyon amalga oshirilib
kelmokda. Xristian ruhoniylari dastavval missionerlik harakatini Yevropa va
Yaqin Sharqdagi ko’pxudolikka e’tiqod qilib kelgan aholini yakkaxudolikka da’vat
qilish bayrog‘i ostida olib bordilar. Shu tariqa IVasrda paydo bo’lgan xristian
missionerligi XIII-XVI asrlarda Hindiston, Xitoy, va Yaponiyaga kirib bordi.
Katolik cherkovida esa missionerlik Ispaniya va Portugaliya imperiyalari
tashkil topgach (XIII-XVI asrlar) da taraqqiy etdi.
Missionerlik harakati Buyuk Rim imperiyasiga yangi yerlarni o’zlashtirishga
katta yordam berdi. Katolik missionerligiga raxbarlik qilish uchun papa Grigoriy
XV 1662 yilda “Diniy targ‘ibot kongregatsiyasi” ni ta’sis etdi.
XIX asrga kelib esa missionerlik yangidan faollashdi.Ushbu harakat vakillari
bo’lgan missionerlar o’z faoliyatlarini Afrikada keng tarzda yoyib, o’z
mamlakatlarining siyosatini o’tkazishga yordam berdilar.
Missionerlarning turli davlatlar, jumladan, Markaziy Osiyo mintaqasi
mamlakatlarida olib borayotgan faoliyati xristianlikni targ‘ib qilishda maxsus
adabiyotlar, audio va videokassetalarni mahalliy tillarda tayyorlash va bepul
tarqatish masalalariga e’tibor qaratadilar.
Yuqoridagi kabi misollarni yana davom ettirish mumkin. Ammo shularning
o’zi ham missionerlik harakati turli din vakillari o’rtasida hamda musulmonlar
orasida dinlararo va millatlararo nizolarni keltirib chiqarishga zamin yaratish
mumkin ekanligiga dalolat beradi.
Xulosa qilib aytganda bugungi kunda missionerlik harakati insonlar orasida
hamda ba’zi-bir yoshlarimiz nigohida diniy mutaassiblikning o’ziga xos ko’rinishi
sifatida namoyon bo’lmoqda desak aslo mubolag‘a bo’lmaydi.
Bundan tashqari, ommaviy madaniyat va Internetdagi turli saytlar hamda


ularning salbiy jihatlari haqida gapirilib, hozirgi vaktda yoshlarning bilim olishlari
uchun barcha sharoitlar yaratilganligi, shu sababli ular yaratilgan imtiyozlardan
foydalanib, ko’proq o’qishlari va Vatanni sevishlari ta’kidlandi.
1-1 ATT-21 guruhi talabalari Sayfiyeva Gulnigor, Davlatov Jasurbek va 1-2 
ATT-21 guruhi talabasi Rustamov Ahmadlar so`zga chiqib o`z fikrlarini bildirdilar.
Shu bilan birgalikda talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. 




Axborot texnologiyalari
fakulteti Yoshlar bilan ishlash
bo’yicha dekan muovini:
Atamuradov J.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling