Miya va psixika


Download 25.26 Kb.
Sana21.02.2023
Hajmi25.26 Kb.
#1217505
Bog'liq
Miya va psixika reja Psixika miyaning maxsuli sifatida


MIYA VA PSIXIKA

REJA:


1. Psixika miyaning maxsuli sifatida
2. Neyron haqida tushuncha
3. Markaziy nerv tizimi
4. Pereferik nerv tizimi
5. Foydalanilgan adabiyotlar.

Psixikaning reflektor tabiati, xususiyati to`g`risida mulohaza yuritilganda rus olimi I. M.Sechenov va uning shogirdlari tomoni-danto`plangan materiallar tasavvur etiladi. I.M.Sechenovning«Bosh miya reflekslari» nomli asarida qat`iy ravishda fikr bildirishi-cha, «ong va ongsiz hayotning barcha harakatlari ro`y berish usuliga ko`ra reflekslardan iboratdir». Psixik hodisa sifatida ongning harakati tanasiz ruhning xususiyatiga emas, balki tadqiqotchining mulohazasiga qaraganda, ro`y berish, vujudga kelish usuliga, tuzilishiga binoan refleksga o`xshash xislatga ega bo`lgan jarayondir. Shun-dan kelib chiqqan holda fikr yanada rivojlantirilsa, psixik (ru-hiy) hodisa insonning shaxsiy goyalarini, hissiy kechinmalarini, sezgi va idrok jarayonlarini o`zi kuzatish jarayonida aks etuvchi vo-qelikdangina iborat emas. Balki u refleks singari tashqi qo`zg`atuv-chilarningta`sirini va unga javoban bildiriladigan harakat reak-siyasini ham o`zida mujassamlashtiradi. Ma`lumki, I.M. Sechenov-gacha bo`lgan psixologik, fiziologik nazariyalarda insonning ongida obrazlar, tasavvurlar, mulohazalar, g`oyalar tarzida in`ikos (aks) et-tiriluvchi hodisalarni psixologiya fanining predmeti sifatidatan olinar edi. Lekin bu psixologik voqelik Sechenov tomonidan orga-nizmning muhit bilan o`zaro ta`sir harakatining alohida shaklidan iborat ekanligi, psixologik yaxlit jarayonning ayrim holatlari, uning lahzalari tariqasi gushuntirildi. Psixologiyada tan olib ke-linayotgan psixik jarayonlar ongning ichida tugiladi va uning ichida yakunlanadi, degan g`oya I. M. Sechenov tomonidan inkor qilinadi, asossiz da`vo ekanligi ta`kidlanadi.


I.M. Sechenovningfikricha, psixik hodisa bus-butun (yaxlit) ref-lektor harakat tufayli yuzaga keluvchi va uning mahsuli bo`lishi bilan birga ham vujudga kelmagan, lekin ta`sir o`tkazish ehtimoli mavjud kutilmadan boxabar qiluvchi omil funksiyasini ham bajara-di, ya`ni ilgarilab ketuvchi bashorat vazifasini ijro etadi. Bunday dadil ilmiy mushohadalar psixik jarayonlar umuman qanday rol o`ynashi mumkinligi, ularning o`rni to`g`risida tasavvurga ega bo`lish uchun moddiy negizni vujudga keltiradi. Psixik jarayonlar orga-nizmda signal va boshqaruv (regulyativ) funksiyasini ijro etib, o`zgaruvchan shart-sharoitlarga harakatni moslashtiradi, shuningdek, maz-kur daqiqada yuqori samaraga erishishni ta`minlaydi. Psixik ja-rayon miyaning bo`lmalari (tarkibiy qismlari) funksiyasi tariqasi-da tashqi olam (borliq) to`g`risidagi axborotning qabul qilinishi, saqlanishi, qayta ishlanishini o`zida mujassamlashtiruvchi javob faoliyatining idora qiluvchisi hisoblanadi. Shuning uchun odamlarning bilimlari borliqto`g`risidagi tasavvurlari, shaxsning shaxsiy tajribalarining yig`indisi (majmuasi) reflektor harakat tarkibiga kiradi. Shunday qilib, psixikhodisalardeganda miyaningtashqi (qurshab turgan olam) va ichki (fiziologik tizimdagi organizmning holati) ta`sirlarga javobini tushunmoq kerak. Boshqacha so`z bilan aytganda, psixik hodisalar: birinchidan, bu faoliyatning favqulod-data`sir etayotgan (sezgirlar, idrok), ikkinchidan, o`tmish tajribada (xotira) aks etgan qo`zg`atuvchiga javob tarzida ro`yobga chiqadigan, mazkur ta`sirni umumlashtiradigan, uchinchidan, pirovard natijalarni (tafakkur. xayol) oldindan payqashga yordam beradigan, to`rtinchidan, monoton ta`sirotlar oqibatida faoliyatni (his-tuyg`u, iroda) kuchay-tiradigan yoki susaytiradigan, beshinchidan, umuman faollashtirib yuboradigan, o`zgacha ta`sirotlar natijasida uni tormozlaydigan, oltinchidan, shaxs xulq-atvoridagi (temperament, xarakter va hoka-zolar) tafovutlarni aniklaydigan doimiy regulyatorlari (idora qiluvchilari)dir.
Shuni ta`kidlab o`tish joizki, I. M. Sechenov psixikaning ref-lektorligi va faoliyatning psixik jihatdan boshqarilishi ta`li-motini xaspo`shlab berdi. Bu ilg`or g`oya, muhim ta`limot, nazariya rus olimi I.P.Pavlov (1849—1936) tomonidan eksperimental tasdiq-landi va xususiy holatlarda keng ko`lamda yaqqollashtirildi. I.P. Pavlov ham odamlarning, ham hayvonlarning tashqi muhit bilan o`zaro harakati miya bilan boshqarilishi qonuniyatini ochgan edi. Uning mazkur qonuniyatlarga taalluqli qarashlari yig`indisi bi-rinchi va ikkinchi signallar tizimi to`g`risidagi ta`limot tariqasi-da fan olamida arzigulik mavqe egalladi.
Tevarak-atrof muhitidagi narsa va hodisalarning ko`rinishi, eshitilishi, hid tarqatishi, tovlanishi, yengil yoki og`irligi, qattiq yoki yumshoqligi kabilar hayvonlar uchun shartsiz qo`zgatuvchi signal bo`lib xizmat qiladi, keyinchalik ular shartli refleksga aylanishi mumkin. Hayvonlar o`z xatti-harakatlarida, I.P. Pavlovta`biri bilan aytganda, birinchi signal sistemasining signallari («birinchi signallar»)ga rioya etadilar. Binobarin, ularning psixik faoliyati birinchi signallar sistemasi bosqichida amalga oshadi va unga uz-luksiz ravishda amal qiladi. Inson faoliyati va xulq-atvori uchun ham birinchi signal sistemasining signallari (yaqqol, tasavvurlar, timsollar, obrazlar) ularni boshqarishi, yo`naltirishi, harakatlan-tirishi faollashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, yo`l (ko`cha) qoidalari, avtomobil, elektrovoz signallari, xavf-xatar belgilari shaxs uchun muhim rol o`ynaydi. Shuni unutmaslik kerak-ki, insonning xulq-atvorini signal qo`zg`atuvchilar mexanik ravish-da boshqarmaydi, balki mazkur qo`zg`atuvchilarning miyaga o`rnashib qolgan timsollari, ya`ni signallari boshqarib turadi. Muayyan timsolga ega bo`lgan timsollar narsa va hodisalar to`grisida signal jo`natadi, buning natijasida insonning xatti-harakatini boshqarib turadi.

Odamlarda hayvonlardan farqli o`laroq, birinchi signallar sis-temasi bilan bir qatorda ikkinchi signallar sistemasi ham mavjud. dir. Ikkinchi signallar sistemasining signallari odamlar tomo-nidan talaffuz etilgan, kabul qilingan, eshitilgan, o`qilgan tu-shunchalar va so`zlardan («ikkinchi signallari»dan) tashkil topadi. Odatda, birinchi signallar sistemasiningsignallari timsoliy sig-nallar, o`z navbatida so`zlar bilan almashtiriladi, uzatiladi. So`z birinchi signallar sistemasi signallari o`rnini bosishi, umumlash-tirishi va ular vujudga keltiradigan jamiki xatti-harakatlarni amalga oshirishi mumkin. Signalning kuzatuvchilari bilan ularning miyada so`zlarning mazmuni, mohiyati, ma`nosi tarzida mujassamla-shuvini o`zaro tafovutlash maqsadga muvofiq. Mabodo, so`zning ma`-nosi shaxsga tanish bo`lsa, u holda uning xulq-atvorini boshqara ola-di, tabiiy yoki ijtimoiy muhitga moslashuvini ta`minlashga yordam ko`rsatadi. Agarda so`zning ma`nosi notanish bo`lsa, u odamga faqat birinchi signallar sistemasining signallari tarzida ta`sir o`tka-zadi yoinki shaxs uchun mutlaqo qiymatsiz, ahamiyatsiz narsaga ayla-nib qoladi. Yuqoridagi mulohazalardan kelib chiqqan holda psixika obyektiv borliqning subyektiv obrazining voqelik tarzida miyada aks etishi deb baholash mumkin.


Psixikani aks ettirish imkoniyatini to`g`ri, oqilonatalqin qilish uchun bilish nazariyasi, bilish manbalari, shakllari, uslublari, haqiqatni o`lchash mezonlari, vositalari, yo`llari kabilarga ilmiy yondashish lozim. Psixikani o`rganishda obyekt bilan subyektning ham-korlikdagi xatti-harakatini hisobga olish shaxsning borliq to`g`ri-sidagi bilimlarining chinligi (haqiqatligi), in`ikosning o`xshash-ligi muammolar yechimini topishga puxta negiz hozirlaydi.
Psixologiya fani psixikani o`rganishningtadqiqot metodlariga, yaqqol vazifalariga, izlanishningrang-barang mavzulariga ega bo`lib, vaziyat va shart-sharoitdan kelib chiqqan holda ularga murojaat qiladi. Psixologiya fani ta`sir ko`rsatuvchi (o`tkazuvchi) obyektlari hisob-lanmish subyektning ichki psixik (ruhiy) holatiga, shuningdek, tashqi taassurotlar natijasida vujudga keladigan o`zgarishlar jarayon si-fatida qay yo`sinda kechishini tekshiradi. Psixologiya aks ettiri-luvchi narsa va hodisalarning in`ikos jarayoniga aylanish mexanizm-larini, subyektning o`z faoliyatini rejalashtirishni, nazorat qilish-ni, boshqarishni tadqiqot etadi.
Psixika faollik xususiyatiga ega bo`lib, u mayllarda, maqbul yechim-ni qidirishda, xatti-harakat variantlari ehtimolligini xayoldan o`tkazishda, undashda, turtkilarda o`z ifodasini topadi. Xuddi shu bois psixik aks ettirish (in`ikos) sust narsa emas, balki u harakat, xatti-harakat, ta`sir, o`zaro ta`sir kabilarni tanlash, qiyoslash, izlash, ajratish bilan bevosita aloqador shaxs faoliyatining muhim jabhasi sanaladi.
Hozirgi zamon psixologiyasida faoliyat, jarayon va xulq-atvor-ning faol boshqarilishi teskari aloqa apparatining ishlashini taqozo etadi (P.K.Anoxin, A.N.Bernshteyn va boshqalar). Teskari aloqa tushunchasi kibernetika, fiziologiya, psixologiya fanlarida keng ko`lamda qo`llanilib kelinmokda. Teskari aloqa psixologiya bilan fiziologiya fanlarida har bir javob harakati hal qilinayotgan va-zifa (muammo) miyada baholanilishi tushuniladi. P.K.Anoxin nuq-tai nazaricha, organizmda muayyan sikl bilan ish bajaruvchi yaxlit sistema mavjud. Mazkur sistemada markazdan javob harakatiga buy-ruqberilishining birorta ham lahzasi teskari yo`nalishda (perife-riyadan markazga qarab) harakatning natijasi haqida zudlik bilan axborog (teskari aloqa) yuborilmaguncha tugallanmaydi. Teskari aloqa apparati (sistemasi) yordami bilan organizm o`z harakatining nati-jasini obraz (timsol) bilan taqqoslab ko`radi. A.N.Bernshteyn tal-qinicha, natijaga nisbatan obraz oldinroq paydo bo`ladi, voqelik-ning o`ziga xos modeli tarzida uning yuz berishi to`g`risida oldindan (ilgarilab ketib) axborot, xabar, ma`lumot beradi («bashorat ehti-molligi» nazariyasi).
P.K.Anoxin va A.N.Bernshteyn nazariyalariga asoslangan holda psixikaning mavjudligi harakatning izchil dasturini (programma-sini) tuzish, oldiniga ichki rejada ish bajarish, xulq-atvordagi ehtimol ko`rinishlarini tanlash, bosqichlarini amalga oshirish tu-fayli harakat qilish imkoni tug`iladi.
Tabiatshunos olimlarning mulohazalaricha, biologik evolyutsiya jarayonida shaxs psixikasi xulq-atvorni boshqarishning alohida ap-parati tarzida paydo bo`ladi, sifat jihatidan o`zgarib boradi. Ij-timoiy muhit, shaxslararo munosabat, jamoaviy, oilaviy turmush (hayot) krnunlari, qonuniyatlari ta`siri ostida odamlar shaxsga ay-lana boshlaydi (ijtimoiylashuv natijasida), ularning har birida mikromuhitning, kamol topgan tarixiy sharoitning izlari o`z aksi-ni qoldiradi. Umumiylik (etnik) bilan xususiylik (shaxslilik) o`rtasida o`zaro uyg`unlik hukm sursa-da, lekin alohida olingan insonningxulq-atvori, xatti-harakatlari shaxsiy xususiyat kasb etadi.
Yuqorida yuritilgan mulohazalardan kelib chiqqan holda psixo-logiya faniga ta`rif berish mumkin. Psixologiya — voqelikning miyada obraz tarzida yuzaga keltiruvchi psixik omillar, jarayonlar, holatlar, qonuniyatlar, xossalar, vaziyatlar, xislatlar, fazilatlar, mexanizmlar to`g`risidagi fandir. Insonning shaxsiy xususiyatga ega bo`lgan xulq-atvori va faoliyati voqelikning miyadagi obrazlar yordami bilan boshqarilib turadi.
Psixikaninng moddiy asoslari to`grisida fikr yuritilganda, eng avvalo, u miyaning xususiyati ekanligini ta`kid etish joiz. Bilish jarayonlari to`grisida gap ketganida, albatta sezgi, fikr, ong kabilar maxsus ravishda tashkil topgan materiyaning oliy mahsuli ekanligi-ni uqtirish maqsadga muvofiqdir. Organizmning psixik faoliyati tananing ko`p miqdordagi a`zolarining yordami bilan ishga tushadi. A`zolarning ba`zi birlari ta`sirotlarni qabul qilsa, boshqalari ularni signallarga aylantiradi, xatti-harakatlarning rejasini tu-zadi hamda uning amalga oshishini nazorat qiladi. Shuningdek, ularningbir guruhi xatti-harakatga kuch-quvvat, gayrat, shijoat baxsh eta-di, yana bir turi esa mushaklarni, paylarni harakatlantiradi. Mana shunday murakkab funkpiyaning yigindisi (majmuasi) organizmning tashqi muhitga moslashuvini, unga muvofiqlashuvini, hayotiy vazifa-lar ijro etilishini, bajarilishini ta`minlaydi.
Organik olamning mikroorganizmdan to insonga qadar bir necha o`n million yil davom etgan evolyutsiyasi davomida xaggi-harakat-larning, xulq-atvorning fiziologik mexanizmlari uzluksiz ravish-da murakkablashib, tabaqalanib, buning oqibatida organizm muhit-ningo`zgarishlarigatez reaksiya qiluvchan, moslashuvchan xususiyat kasb etib borgan.
Jumladan, bir hujayrali amyobaning hayot kechirishi uning ozuqa qidirish imkoniyati, o`z hayotini muhofaza qilish qobiliyati muayyan darajada cheklangandir. Undagi yolg`iz hujayraning o`zi ham sezuvchi, ham harakatlanuvchi, ham ovqat hazm qiluvchi vazifalarni ijro eta-di. Murakkab tuzilishga ega bo`lgan hayvonlarda a`zolarning ixti-soslashuvi ozuqani ko`rish, uni farqlash, xavf-xatarni tez sezish, aniq mo`ljal olish imkoniyatini beradi. Ixtisoslashuvning asosiy funksiyasi signallarni idrok qilishdan iborat hujayralarning vujudga kelishida o`z aksini topadi. Mazkur hujapralar retseptor deb nomlanmish hujayralar turkumini yuzaga keltiradi. Hujamra-larning boshqalari mushak to`qimalari ishini, bezlarning shira aj-ratishini nazorat qiladi. Bunday hujayralar effektorlar deyila-di. Ixtisoslashuv a`zolarni hamda funksiyalarni bir-biridan aj-ratadi. Organizmning asosiy boshqaruv imkoniyati yaxlit narsa si-fatida harakat qiladigan markaziy nerv sistemasi vositasi bilan erishiladi.
Nerv sistemasining asosiy unsurlari nerv hujayralari (ney-ronlar) hisoblanib, ularning funksiyasi qo`zgatishdir. Neyron hujayra tanachasidan, dendritdan, aksondan tashkil topadi. Marka-ziy nerv sistemasi bosh miya va orqa miyadan iborat.
Hozirgi zamon fanining ko`rsatishicha, orqa miya va miya naychasi reflektor faoliyatining tugma (shartsiz reflekslar) qisoblangan shakllarni amalga oshiradi, katta yarim sharlarning qobig`i esa hayot-da orttirilgan, psixika yordami bilan boshqariladigan xulq-atvor shakllarining organi sanalanadi.
Miya katta yarim sharlari faoliyatining umumiy qonunlari I.P.Pavlov tomonidan kashf etilgan. Hozirgi zamon fiziologiyasi ma`lumotiga qaraganda, miyada hosil bo`ladigan to`lqinlar turli chas-totadagi elektromagnittebranishlariga o`xshab ketadi. Miyada elekt-roensefalogramma ko`rinishdagi kuchaytirgich yordamida yozib olish mumkin bo`lgan elektr toklari paydo bo`lishining kashf etilishi muhim ahamiyatga ega. Chunki kosmonavt miyasining biotoklari yozuvi uning markaziy nerv sistemasida yuz beradigan o`zgarishlar ko`rsat-kichi bo`lib xizmat qiladi.
Odamning psixik hayotida katta yarim sharlar qobigi sirtining peshana qismlari alohida rol o`ynaydi. Psixik funksiyalar muay-yan tarzda chap va o`ng yarim sharlar o`rtasida taqsimlanishi chuqur o`rganilgan. Ma`lumki, psixikaning mazmuni tirik mavjudot o`zaro mu-nosabatda bo`ladigan tashqi olam bilan belgilanadi. Shuning uchun tashqi olam inson miyasi uchun shunchaki oddiy biologik muhit emas, balki odamlar tomonidan ularning ijtimopy-tarixiy taraqqpyot davomida yaratilgan hodisalar olami hamdir.
Psixik va nerv-fiziologik jarayonlarning o`zaro munosabati ma-salasi murakkab muammolardan hisoblanadi. Psixikaning o`ziga xos xususiyatlari nerv-fiziologik xususiyatlaridan qanday muhim bel-gilari bilan farqlanishini aniqlash katta ahamiyatga ega. Agarda mazkur o`ziga xoslik mavjud bo`lmaganida edi, u holda psixologiya mustaqil bilim sohasi sifatida tadqiq etilishi ham mumkin emas edi. Psixik jarayonlar o`zida ichki, fiziologik jarayonlarning emas. balki tashqi obyektlarning tavsifini mujassamlashtiradi.
Psixika — bu yuksak darajada tashkil topgan materiyaning siste-mali xossasi (xususiyati), subyekttomonidan obyektivborliqni faol aks ettirish, mazkur borliq manzaralarpni subyekt o`zidan uzoqpash-tirmay ifodalashi, xuddi shu asnoda o`z xulqini va faoliyatini shaxsan boshqarishdir. Psixikada o`tmishning, hozirgi davr va kelasi zamonning hodisalari ifodalangan, tartibga solingandir. O`tmish hodisalari inson xotirasida mujassamlashib, shaxsiy tajribalarda namoyon bo`ladi. Hozirgi zamon akliy jarayonlar, hissiy kechinma-lar, obrazlar va tasavvurlar majmuasida ifodalanadi. Kelajak esa turtkilarda, maqsad, ezgu niyatlarda, shuningdek, fantaziya, vijdon azobi, armon va tushlarda aks etadi. Inson psixikasi ham anglanil-magan, ham anglanilgan xususiyatga ega bo`lib, anglanilmagan psixika o`z navbatida hayvon psixikasidan sifat jihatidan keskin tafovut-ga va ustuvorlikka ega.
Tashqi obyektlarning psixika shaklida maxsus tana a`zolari qurilmasining faol va ilgarilab in`ikos etishi sharofati bilan mazkur obyektlarning xususiyatiga mutlaqo mutanosib harakatlarni amalga oshirish imkoniyati yuzaga keladi. Shu bilan birga psixika-ning vaziyat ustuvorligi va qidiruv faolligi tufayli organizm-ning tarkiblari o`rtasida yashash uchun kurash ro`yobga chiqadi.
Xuddi shu boisdan psixikani aniklovchi asosiy belgilari mav-juddir: predmet muhiti obrazini aks ettirish, tirik tana a`zola-rini harakat qilish, ularning mazkur muhitda oriyentatsiyasi, u bilan aloqaga kirishish ehtiyojidan qoniqish, to`g`ri aloqalar geskari aloqa qilish prinsipi bo`yicha aks ettirish to`g`riligini nazorat qilish kabilar. Insonning nazorat instansiyasi sifatida ijtimo-iy amaliyot xizmat qiladi. Teskari aloqa sharofati tufayli obraz bilan harakat natijasini taqqoslash amalga oshiriladi, paydo bo`luv-chi holat bu natijasidan oldinroq sodir bo`ladi, chunki u borliq-ning o`ziga xos modeli sifatida yuzaga kelish imkoniyatiga ega. Gene-tik kelib chiqishiga binoan, psixika o`zining reflektor tipiga va tarixiga ega bo`lgan alohida siklli tizim sifatida ro`yobga chiqqan. Refleyuorlik organizm hayotining obyektiv sharoitlari birlamchi-ligini bildiradi. Idrok qilinuvchi mazkur tizimning tarkibiy qismlari ijro etuvchanligi, harakatlarning maqsadga yo`nalganli-giga, obraz ta`siriga «teskari» qonuniy o`tish jarayoni hisoblanadi. Psixikaning reflektor tabiatining birinchi shunday ilmiy talqi-ni rus fiziologi I.M.Sechenovtomonidan amalga oshirilgan bo`lib, bir qancha asrlar davomida psixika alohida tanasiz narsa, uni hara-katga keltiruvchi, uni nerv jarayoni bilan almashtiruvchi, unga teng-lashtiruvchi mexanik materialistik yo`nalishga kuchli zarba edi.
Psixikaning faolligi reallik bilan bevosita muloqotga kiri-shish jarayonida namoyon bo`ladi, chunki nerv apparatlarida harakat-lanuvchi fizikaviy, kimyoviy qo`zg`atuvchilarni qayta qurish ko`zda tutildi. Qo`zg`ovchilarda, ularningdoirasidagi xatti-harakatlarga kuch-quvvat beruvchi, uzluksiz ravishda intiluvchi, xulq-atvor dasturi ba-jarilishini ta`minlovchi, unga qidiruv jarayoni va variantlar tan-lashni o`zida qamrab oluvchi faollikning xususiyatlaridir. Psixika biologik evolyutsiyaning ma`lum bir bosqichida vujudga kelgan bo`lib, uning o`zi omillarning biri sifatida organizmni ularning yashash sharoitiga tobora kuchayib boruvchi moslashuvni ta`minlab turadi. Psixikaning insonda paydo bo`lishi sifat jihatdan mutlaqo yangi tuzilishga ega, chunki u ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning qonuniyat-lari bilan shartlangandir. Faoliyat regulyatsiyasining yuksak dara-jasi sifatida ong vujudga keladi, psixika faolligining yuksak ko`rinishi manbai tariqasida esa shaxs shakllanadi.
Bizningcha, metodologik nuqtai nazardan psixika tahlil qilin-ganda, albatta biosferik va neosferik aloqalar natijalari, ularning ta`sirchanlik kuchi, vaziyat, muhit hamda holatlar (hodisalar) fazoviy joylashuvi, «sun`iy miya»ning vujudga kelishi imkoniya-ti yuzasidan fikr bildirish bugungi kunda muhim ahamiyatga ega. Chunki inson aql-zakovatining quvvati yetmaydigan, payqash imko-niyatiga ega bo`lmagan borliqning mo`jizalari, sirlari mavjud-dir, uni hisobga olmasdan ilojimiz yo`q. Shuningdek, qarama-qar-shilik mavjud ekanligini tan olish bilan birga, murosa-yu mado-ra, xaotik (betartib) harakatlar hukm surishini unutmaslik lozim.
Aks ettirish materiyaning umumiy xususiyatidan iborat bo`lib, obyektlarning belgilari va alomatlarini turli darajada adekvat (to`g`ri) idrok qilishga qobiliyatliligi, boshqa obyektlarning muno-sabatlari vatuzilishiningtavsiflarini ifodalaydi. In`ikosning xususiyati materiyaning tashkil topganlik darajasiga bog`liq, chunki u organik va noorganik tabiatda, hayvonot olamida, ijtimoiy hayot-da o`ta sodda va yuksak tashkil topgan tizimda sifat jihatdan xilma-xildir.
Organizmda dastlabki aks ettirishning vujudga kelishi tirik tananing ichki va tashqi stimullarining javob reaksiyasiga tanlab munosabatda bo`lish manbaidan kelib chiquvchi seskanuvchanlikdan boshlanadi. Bu psixikani aks ettirishning sodda ko`rinishi bo`lib, u organik dunyoni rivojlanish jarayonida sezuvchanlik qobiliyatiga ega bo`lgani tufayli sezgi vazifasini bajaruvchi birlamchi psixolo-gik obrazlar paydo bo`la boshlaydi, ular organizm harakati ehtiyoji-ni, fazoviy chamalash (mo`ljallash) maqsadini amalga oshirish uchun xizmat qiladi.
Huddi ana shu davrdan boshlab muhitga, ekologiyaga to`g`ri mosla shish va harakatni idora qilish funksiyalari yuzaga keladi. Aks ettirishning sodda shakllari murakkabroq shakllarining rivojlanish i uchun zarur shart-sharoitlar sifatida xizmat qiladi. Organik dunyoning keyingi evolyutsion taraqqiyot davrida voqelikning ham sensor, ham aqliy obrazlarini qamrab oluvchi sodda sababiy aloqa-lar va vaqtni idrok qilish yuzaga keladi, buning natijasida xatti-harakatni to`g`ri ifodalash imkoni va faollik xususiyati tug`iladi.
Bevosita harakat qiluvchi qo`zg`atuvchi organizmningto`g`ridan-to`g`ri reaksiyasiga javobi oldindan, ilgarilab aks ettirishni keltirib chiqaradi. Inson faoliyatining ijtimoiy shartlanganligi tufayli in`ikos faolligi oshibgina qolmay, balki u sifat jihatidan mut-laqo boshqa xususiyat kasb eta boshlaydi. Aks ettirishning tanlov-chanlik va maqsadga yo`nalganlik xususiyatlari hamkorlik faoliyati jarayonida mehnat quroli orqali tabiatni o`zgartirish ehtiyoji darajasi ko`rsatkichi aniqlanadi. Mazkur jarayonlarda psixik aks et-tirish nafaqat hissiy obrazlarni, balki mantiqiy tafakkur, mada-niyat mahsulini o`zida ifodalovchi ijodiy fantaziya, o`z navbatida til tarkibiga kiruvchi belgilar, alomatlar tizimining mohiyatiga qorishib, yaratuvchi sifatida aks ettirishning gubdan, radikal o`zga-rishga olib keladi. Bunday toifadagi in`ikosningoqibatida ideal obrazning paydo bo`lishiga puxta zamin hozirlaydi, imkoniyatlar-ning ro`yobga chiqishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratadi. Aks etti-rishning to`g`riligi, adekvatligi o`zini kelib chiqish manbaga ko`ra, mazkur manbaning moddiy tavsifi bilan miyada nerv impulslari-ni qayta ishlash o`rtasidagi qiyosiy jarayonni mujassamlashtiradi va subyektning psixologik jihatidan namoyon bo`lishi, rivojlani-shi, o`zgarishi, takomillashishi kabi holatlarni ham bevosita, ham bilvosita usullar yordami bilan turlicha shaklda, tarzda, ko`rinishda ifodalaydi.
Psixologiya fanida aks ettirishning quyidagi ko`rinishlari tan olinadi: fizik, fiziologik, psixik, ong, o`zini o`zi anglash.

O`quv uslubiy adabiyotlar ro`yxati:




  1. G`oziyev E.G`. Umumiy psixologiya. 1-kitob. Psixologiya bo`limi talabalari uchun o`quv qo`lanma. T. O`zMU. 2003 y.

  2. G`oziyev E.G`. Psixologiya. –T., O`zMU «Universitet», 2003.

  3. G`oziyev E.G`. Tafakkur psixologiyasi. Toshkent: Universitet ,1990.

  4. G`oziyev E.G`. Xotira psixologiyasi. –ToshDu , 1994.

  5. Bernshteyn N.A. Fiziologiya dvijeniy i aktivnost. M., 1990.

  6. Vasilyuk F. YE. Psixologiya perejivaniya. M., 1984.

  7. Vvedeniye v psixologiyu/ Pod obshey red. A. V. Petrovskogo. M., 1997.

  8. Vilyunas V. K. Psixologicheskiye mexanizmi motivatsii cheloveka. M., 1990.

  9. Vigotskiy S.L. Sobraniye sochineniy v 6-ti tomax. M. 1984.

  10. Galperin P.Y. Vvedeniye v psixologiyu. M., 1976.

  11. Gippenreyter Y.B. Vvedeniye v psixologiyu. M., 1988.

  12. Dormashev Y. B., Romanov V. Y. Psixologiya vnimaniya. – M., 1995.

Internet manbalari:

    1. http: www.Iib.psixology.msu.ru

    2. http: www.Iib.psixology.ru

    3. http: www.Iib.psixology.rin.ru

    4. http: www.Iib.psixology.narod.ru

    5. http: www.Iib.psixology.narod.ru

    6. http: www.Iib.psixology.ru

Download 25.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling