Reja Elektrik injiniring fani, uning predmeti va strukturasi


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana01.11.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1737986
  1   2   3   4


1-Mavzu. Kirish. Muhandislik tushunchasi va energiya. 
Reja 
1. Elektrik injiniring fani, uning predmeti va strukturasi. 
2. Asosiy elektrik va energetik tushunchalar. 
3. Energiya tushunchasi va turlari 
Tayanch so’z va iboralar: Energiya, elektr energetika, generator, 
gidrogenerator, turbogenerator, elektrostansiya, elektr liniyalari, elektr uzatish, 
elektr energiyasini ishlab chiqarish, elektr toki, magnit, magnit maydoni, elektron, 
zaryadlangan zarra, ion, elektr razryadi, atomning energetik holati, elektr 
quvvati, buyuk portlash, galaktika, koinot, energiyaning saqlanishi, nuklon, 
termoyadro reaksiyalari, muqobil energiya, an’anaviy energetika, quyosh 
energiyasi, shamol energiyasi, geotermal energiya, bioenergiya, kimyoviy 
energiya.  
 
Kirish 
Insonlar qadim zamonlardan buyon elektr hodisalarini amalda ko’rib, uni 
o’rganib, xatto undan foydalanib kelgan, lekin to 19-asrning o’rtalarigacha elektr 
va magnit maydonlari alohida o’rganib kelingan va alohida hodisalar deb qaralgan. 
1820-yilda Ersted elektr tokining magnit strelkasiga ta’sirini o’rgangandan so’ng 
elektr va magnit maydonlari yagona fizik hodisaning ikki tomoni ekanligi 
isbotlandi va elektr sohasida amaliy ishlar avj olib ketdi. 1831-yilda Faradey 
elektromagnitik induksiya hodisasini kashf etdi. Shu davrdan boshlab 
elektrotexnika taraqqiyotida yangi, tezkor suratlar bilan rivojlanish bosqichi 
boshlandi. 
Faradeyning elektromagnitik induksiya qonuni asosida Maksvell o’zining 
mashxur elektromagnitik maydon nazariyasini yaratdi, Gers elektromagnit 
to’lqinlarni amalda o’rganishga asos soldi. Ana shu tariqa 19-asrda sanoat 
elektrotexnikasi paydo bo’la boshladi. Elektr energiyasidan eng avval yoritish 
(yoyli lampalar) va telegrafda foydalanildi, so’ngra cho’g’lanma tolali lampalar, 
elektr generatorlari, dvigatellari paydo bo’ldi. Shu davrdan boshlab elektr 
energiyasi jamiyat xayotiga chuqur kirib bordi va elektr ta’minoti xayotiy 
extiyojga aylandi. 
19 - asrning 80- yillarida o’zgaruvchan tok generatorining, ayniqsa mashxur 
rus injeneri M.O.Dolivo-Dobrovolskiy tomonidan uch fazali tok ishlab 
chiqarishning ixtiro qilinishi elektrotexnika taraqqiyoti va uning jamiyat xayotiga 
kirib borishida yana bir yangi bosqichni boshlab berdi. Shundan so’ng barcha 
davlatlarda intensiv ravishda elektrlashtirish ishlari avj olib ketdi. Elektr 


stansiyalar qurilishi, uning quvvatini oshirish jadal rivojlanib bordi. Agar 19-
asrning oxirida eng katta issiqlik elektr stansiyalarining quvvati 50 MVt bo’lgan 
bo’lsa, 20-asrning 40--yillarida ularning quvvati 250 MVt gacha etdi, 60-yillarda
esa 600 MVt gacha ortdi, hozirgi kunda esa o’nlab GVt ni tashkil qiladi. 
Elektr stansiyalarning quvvati ularda o’rnatilgan yakka generatorlar quvvati 
bilan aniqlanadi, agar 20-asrning boshlaridagi dastlabki gidrogeneratorlarning 
(gidroelektr stansiyalari uchun mo’ljallangan generatorlar) quvvati 2 MVt bo’lgan 
bo’lsa, hozirgi kunda energetika tizimlarida 800 MVt va undan ortiq quvvatli 
gidrogeneratorlar, 1200MVt quvvatli turbogeneratorlar (issiqlik elektr stansiyalari 
uchun mo’ljallangan generator) ishlab turibdi. 
Mamlakatni elektr energiyasi bilan ta’minlash hamma zamonlarda va 
hamma davlatlarda ham eng dolzarb masala hisoblangan. Bugungi kunda, sir 
emaski, sanoat taraqqiyoti va aholining turmush darajasi elektroenergetika 
taraqqiyoti bilan bog’liq. 
Shunday qilib, elektrotexnikaning taraqqiyot bosqichlariga nazar solsak, 
uning rivojlanishi xayotiy extiyojlardan kelib chiqishini ko’ramiz. Ayniqsa, 
bugungi, texnikaning intensiv taraqqiyoti davrida jamiyat taraqqiyoti va xayotiy 
extiyojlar elektroenergetika oldiga yangi talablar qo’ymoqda. Bular elektr 
energiyasiga bo’lgan extiyojning tinimsiz ortishi, elektr energiya ta’minotining 
sifat darajasiga bo’lgan talablar (uzluksizligi, kuchlanishning me’yorda bo’lishi), 
uning narxi, ekologik va xavfsizlik va xokazo boshqa talablardir.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling