Reja Elektrik injiniring fani, uning predmeti va strukturasi


 Elektrotexnika fanining predmetiva strukturasi


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana01.11.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1737986
1   2   3   4
1.1. Elektrotexnika fanining predmetiva strukturasi. 
Elektrotexnika elektr energiyasidan foydalanib ishlovchi qurilma va 
mexanizmlarni ishlashini, hamda elektr energiyasini ishlab chiqarish va uni uzatish 
bilan bog’liq muammolarini o’rganuvchi texnikikaviy fandir. Elektrotexnika fani 
bevosita fizikaning elektr va magnetizm bo’limlarida o’rganilgan qonuniyatlarga 
asoslanadi. Bundan tashqari elektrotexnika fani tegishli matematik apparat va 
kimyoviy tushunchalarga ham asoslanadi. Elektrotexnika fani quyidagi asosiy 
bo’limlarga bo’lib o’rganiladi: 
1-o’zgarmas tok elektr zanjirlari;
2-bir fazali o’zgaruvchan tok zanjirlari;
3-uch fazali o’zgaruvchan tok zanjirlari;
4 -elektr mashinalari; 
5-elektr yuritma asoslari; 
6 -elektronika asoslari. 
Ushbu bo’limlar fizika va matematika fanlari bilan uzviy bog’liqlikda 
o’rganiladi. Quyidagi sxemada elektrotexnikaning Muhandislik tizimlaridagi 
asosiy qo’llanilish sohalari va ularning fizikaviy, matematik asoslari keltirilgan.


Elektrotexnika fani va uning predmeti bevosita kundalik turmushimizda biz 
foydalanayotgan elektr toki va elektr qurilmalari bilan bog’liq. Shu jihatdan olib 
qaraganda elektrotexnika fani ko’proq amaliy ahamiyatga ega va uning asosiy 
qonuniyatlarini o’rganish kundalik turmushimiz uchun juda zarur. Fanni 
o’rganishda fizikaning elektr va megnetizm bo’limlariga tegishli qonuniyatlar 
fundamental asos bo’lib xizmat qiladi. Barcha elektrotexnik tushunchalar va 
qonuniyatlar ana shu fundamental tushunchalarning amaliy ifodasi sifatida 
namoyon bo’ladi. Shuning uchun ham elektrotexnika fanini o’rganishda fizikaning 
asosiy qonuniyatlari muhim va xal qiluvchi o’rin tutadi.
Elektrotexnika fani umumtexnikaviy fan sifatida barcha texnik oliy o’quv 
yurtlarida o’qitiladi. Elektrotexnika sohasidagi bilimlar muhandislik bilimlarining 
asoslaridan birini tashkil qiladi. Chunki bugungi kunda elektr energiyasisiz texnik 
taraqqiyotni va jamiyat xayotini tasavvur etish qiyin.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling