Reja Elektrik injiniring fani, uning predmeti va strukturasi
Zamonaviy texnika va texnologiyalar, avtomatlashtirilgan ishlab
Download 0,54 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2. Asosiy elektrik va energetik tushunchalar 1.2.1. Asosiy fundamental kattaliklar.
- Kattaliklarning o’nli darajalari.
Zamonaviy texnika va texnologiyalar, avtomatlashtirilgan ishlab
chiqarish jarayonlari - bu ma’lum bir tizimga solingan elektrotexnik va elektron qurilmalarning majmuasidir. Zamonaviy muxandis esa ana shu texnologik tizimlarning tuzilishini, ularning tashkiliy qismlarini va sanoatda keng ishlatiluvchi asosiy standart qurilmalarni bilishi zarur. Bu bilimlarsiz ishlab chiqarishni tashkil qilish, uni boshqarish, rivojlantirish, zamon talablari asosida takomillashtirish, texnik va iqtisodiy raqobatbardoshlikka erishish mumkin emas. Elektrotexnika elektronika va elektr yuritmalar fanining vazifasi talabada yuqorida keltirilgan tizimlarning asoslari haqidagi bilimlarini shakllanishiga asos solishdir. Natijada, bo’lg’usi muhandisning texnik sohada mustaqil ijodiy izlanishini taminlashga zamin yaratiladi. 1.2. Asosiy elektrik va energetik tushunchalar 1.2.1. Asosiy fundamental kattaliklar. Texnikaviy fanlarda fizikaviy kattaliklar asosiy va hosilaviy kattaliklarga bo’linadi. Fundamental fizik kattaliklarning o’lchovlari xalqaro birliklar sistemasi (SI) tomonidan me’yorlashtirilib qabul qilingan. Bu kattaliklarga quyidagilar kiradi: Masofa - m (metr); Massa - kg ( kilogramm) Vaqt - s (sekund) Tok kuchi - A (Amper) Temperatura - K (Kelvin) Yorug’lik kuchi - Kd (Kandela) Qolgan barcha fizikaviy kattaliklar shularning hosilaviy birliklari sifatida keltirib chiqariladi. Fundamental kattaliklarning etalonlari mavjud bo’lib ular xalqaro birliklar tashkiloti ( SI) tomonidan nazorat qilinib turiladi. Kattaliklarning o’nli darajalari. Hisob kitoblar bajarishda ko’pincha o’ta kichik, yoki o’ta katta sonlar bilan ishlashga to’g’ri keladi. Bunday hollarda hisobni arifmetik jihatdan sodalashtirish maqsadida sonlar o’n sonining darajalari (10 n ) sifatida ifodalanadi. Bunda n daraja ko’rsatkichi - manfiy yoki musbat son. Masalan: 0, 0000023 = 2,3 10 -6 yoki 146300000 = 14,63 10 7 va xokazo. Musbat va manfiy darajalarning qabul qilingan xalqaro nomlanishlari mavjud: 10 -18 - a (atto); 10 -15 - f (femto); 10 -12 - r (piko); 10 12 - T (tera) 10 -9 - n (nano); 10 9 - G ( Giga) 10 -6 - µ( mikro); 10 6 - M ( Mego) 10 -3 - m (milli). 10 3 - k (kilo). Download 0,54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling