Zamonaviy texnika va texnologiyalar, avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish jarayonlari bu ma’lum bir tizimga solingan elektrotexnik va elektron qurilmalarning majmuasidir
Elektrotexnika elektr energiyasidan foydalanib ishlovchi qurilma va mexanizmlarni ishlashini, xamda elektr energiyasini ishlab chiqarish va uni uzatish bilan bog’liq muammolarini o’rganuvchi texnikikaviy fandir. Elektrotexnika fani bevosita fizikaning elektr va magnetizm bo’limlarida o’rganilgan qonuniyatlarga asloslanadi. Bundan tashqari elektrotexnika fani tegishli matematik apparat va kimyoviy tushunchalarga xam asoslanadi. Elektrtoxnika fani quyidagi asosiy bo’limlarga bo’lib o’rganiladi: 1-o’zgarmas tok elektr zanjirlari; 2-bir fazali o’zgaruvchan tok zanjirlari; 3-uch fazali o’zgaruvchan tok zanjirlari; 4 -elektr mashinalari; 5-elektr yuritma asoslari; 6 -elektronika asoslari.
Ushbu bo’limlar fizika va matematika fanlari bilan uzviy bog’liqlikda o’rganiladi. Quyidagi sxemada elektrotexnikaning muxandislik tizimlaridagi asosiy qullanilish soxalari va ularning fizikaviy, matematik asoslari keltirilgan.
Elektrotexnika fani va uning predmeti bevosita kundalik turmushimizda biz foydalanayotgan elektr toki va elektr qurilmalari bilan bog’liq. SHu jixatdan olib qaraganda elektrotexnika fani ko’proq amaliy axamiyatga ega va uning asosiy qonuniyatlarini o’rganish kundalik turmushimiz uchun juda zarur. Fanni o’rganishda fizikaning elektr va megnetizm bo’limlariga tegishli qonuniyatlar fundamental asos bo’lib xizmat qiladi. Barcha elektrotexnik tushunchalar va qonuniyatlar ana shu fundamental tushunchalarning amaliy ifodasi sifatida namoyon bo’ladi. SHuning uchun xam elektrotexnika fanini o’rganishda fizikaning asosiy qonuniyatlari muxim va xal qiluvchi o’rin tutadi. Elektrotexnika fani umumtexnikaviy fan sifatida barcha texnik oliy o’quv yurtlarida o’qitiladi. Elektrotexnika sohasidagi bilimlar muhandislik bilimlarining asoslaridan birini tashkil qiladi. CHunki bugungi kunda elektr energiyasisiz texnik taraqqiyotni va jamiyat xayotini tasavvur etish qiyin.
Do'stlaringiz bilan baham: |