Elektrotexnika elektr energiyasidan foydalanib ishlovchi qurilma va mexanizmlarni ishlashini, xamda elektr energiyasini ishlab chiqarish va uni uzatish bilan bog’liq muammolarini o’rganuvchi texnikikaviy fandir


O’zgarmas tok ta’rifi, elementlari, iste’molchilarini turlari


Download 86.11 Kb.
bet3/30
Sana02.06.2024
Hajmi86.11 Kb.
#1839778
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
Zamonaviy texnika va texnologiyalar, avtomatlashtirilgan ishlab -fayllar.org

O’zgarmas tok ta’rifi, elementlari, iste’molchilarini turlari.
Vaqt birligi davomida o’zining elektrik parametrlari xamda yo’nalishini bir xil meyorda saqlaydigan toklarga o’zgarmas elektr toki deyiladi. Xozirgi vaqtda ayniqsa elektrotransportda qo’llaniladigan o’zgarmas tok energiyasini ko’p qismi turli tipdagi to’g’rilagichlar vostasida o’zgaruvchan toklardan xosil qilinadi. O’zgarmas toklarni xosil qilish uchun o’zgarmas tok generatorlaridan xam keng foydalaniladi. Dunyo miqyosida garchan asosiy foydalaniladigan energiya tarkibini o’zgaruvchan toklar tashkil etsada, o’zgarmas toklardan transport sanoatida, engil sanoatda, boshqarish tizimlarida, radiotexnikada, xalq xo’jaligidagi barcha texnikalarini ta’mirlash qurilmalarida ishlatiladi. O’zgarmas tok zanjiri elementlari, manbalari, elektr energiya iste’molchilari va boshka elementlarni shartli belgilanishlari quyida jadvalda ko’rsatilgan. Elektr energiya manbaasi sifatida generatorlar, kimyoviy energiyani elektr energiyasiga aylantiruvchi birlamchi elementlar, akkumulyatorlar batareyasi va galvanikelementlar kiradi. O’zgarmas tok zanjirining iste’molchilari esa quyidagi turlarga bo’linadi.
aktiv iste’molchilar – ular elektr energyasini o’ziga qabul qilib uni issiqlik yoki yorug’lik energiyasiga aylantirib beradi. Xarakterlovchi kattaligi qarshiligi va o’tkazuvchanligi bo’ladi. Birligi Om larda o’lchanadi.
induktiv iste’molchilar – ular elektr energiyasini o’ziga qabul qilib uni magnit maydon energiyasiga aylantirib beradi. Xarakterlovchi kattaligi magnit singdiruvchanligi xisoblanadi. Birligi Gn larda o’lchanadi.
sig’im iste’molchilar – ular elektr energiyasini o’ziga qabul qilib uni elektr maydon energiyasiga aylantirib beradi. Xarakterlovchi kattaligi sig’imi xisoblanadi. Birligi Farada larda o’lchanadi.
Elektr tokini o’lchov birligi bo’lib o’tkazgichning ko’ndalang kesimida bir sekundda o’tgan elektr miqdori qabul qilingan. bu erda: I–tok kuchi, Q - o’tkazgichning ko’ndalang kesimi, t- vaqt birligi. Zanjirdan o’tayotgan tokning yo’nalishi va miqdori vaqt birligi ichida o’zgarmasa u o’zgarmas tok deyiladi. Ular asosan o’zgarmas tok generatorlari orqali yoki o’zgaruvchan toklarni maxsus to’g’rilagichlar orqali to’g’rilab xosil qilinadi.


U – kuchlanish - Volt (V)
R – qarshilik - Om (Om)
I – tok kuchi - Amper (A)

Download 86.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling