Reja: Sog’lom turmush tarzining faktorlari


Download 20.93 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi20.93 Kb.
#227757
Bog'liq
2-AMALIY TOPSHIRIQ


2-Amaliy topshiriq
Sog’lom turmush tarzi komponentlari .
Reja:
1. Sog’lom turmush tarzining faktorlari .
2. Salomatlikni saqlashda jismoniy tarbiyaning funksiyasi .
3. Harakat faolligining tavsifi . Gipokineziya va uning salomatlikka ta’siri .
4 . Shaxsiy va umumiy gigiyena qoidalari.
Salomatlik ko’rsatkichlariga ta’sir etuvchi turmush tarzi faktorlariga bugungi kunda asosan , xulq – atvor faktorlari , ularga ovqatlanish tartibi , odamlar , jismoniy faollik , reprodektiv atvor , medikamentlarni qo’llash , bo’sh vaqtni o’tkazish va hokazolar kiradi . Shu yerga sotsial - iqtisodiy tavsifga ega : ta’lim darajasi , urbanizatsiya , iqtisodiy ahvolning yuqoriligi , mehnat sharoiti , yashash sharoiti , atrof muhitning holati , shuningdek , tibbiy - sanitar yordam holatining ko’rsatichlari kiradi . Ma’lum bo’lgan aholining salomatlik ko’rsatkichlariga qo’shimcha bo’lib , quyidagi ijobiy tavsifga ega madaniy hordiq , turizm , dam olish , yuqori sifatli oziq- ovqat mahsulotlari , turmush jihozlari , salomatlikni tiklash uchun mashqlarga vaqt ajratish va hokazolar kiradi . Harakat faolligi sifatiga har tomonlama va izchil analiz qilishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ymasdan , individning shakllanishida salomatlikni saqlash va mukammallashtirish ham kata ahamiyatga egadir . Individning shakllanishida umumiy biologik va sotsial ahamiyatga ega bo’lgan ba’zi bir ma’lumotlarni keltiramiz . Odamlarning faol harakatida individ va jamiyatning shakllanishida katta ahamiyatga ega bo’lgan jismoniy xususiyatlar mobilizatsiyasi va katta imkoniyatlar yashiringan . Bu borada jismoniy tarbiyaning hamma vositalari , tibbiyot bilimlari va sog’lom turmush tarzi tamoyillarini faollashtirish aktualligi ortadi . Individual rivojlanish jarayonida, shunday tashqi ta’surotlarni tashkillashtirish kerak-ki , ular insonning jismoniy mukammallashuvi jarayonida tabiat tomonidan berilgan sharoitlardan maksimal darajada foydalanishiga sabab bo’lsin . Jismoniy tarbiya tarixini analiz qilib , shuni ta’kidlash mumkin-ki , quldorlik jamiyatida jismoniy tarbiyaning ahamiyati , hukmdorlikni ushlab qolish va zabt etishga loyiq harbiy – jismoniy tayyorgarlik inson tipini tarbiyalashdan iborat edi . Birlamchi jamiyatdagi asosiy elementlar , harakat shakllaridan , insoniyat yuqori darajadagi jismoniy va sport faoliyatida , insonni tabiatni zabr etishga qaratilgan elementlar yashiringan . Jismoniy tarbiya va sport insonni jismoniy va ruhiy rivojlanishiga ta’sir etuvchi kuchli faktordir .
Jismoniy tarbiyaning kelib chiqishi , pedagogik yo’nalishga asoslanib , insonlarni mehnat va keyinchalik harbiy ishga tayyorlashga talabi bilan bog’liq . Jismoniy tarbiyaning pedagogik asosi , umumiy ko’rinishi pedagogik ta’sirni mazmunini aholining turli qontingenti , shu jumladan o’quvchi va talabalarni shakl , vosita , usullar optimizatsiyasi bilan namoyon etiladi . Ko’p sonli tekshiruv ma’lumotlari shuni ko’rsatadiki , jismoniy tarbiya bilan muntazam shug’illanish birinchi navbatda qon aylanish a’zolarida yaxshi ta’sir qiladi , lekin yoshga bog’liq o’zgarishlarni tormozlaydi . Jismoniy faollik organizmdan yog’ va uglevodlarni o’tilizatsiyasiga sabab bo’ladi , bunda ATF sintezda qatnashuvchi energiya ajralib chiqadi . Tirik sistema – bu o’z srekturasi va faoliyatini ta’minlash uchun oziq yoqilg’i ishlatadigan , energetik mashinadir . Tirik sistemani farqlovchi asosiy belgilardan – ko’payish , moslashuv va energiya oqimini yoki modda almashuvi regulyatsiyalash – energetik sistemaning faoliyatiga bog’liq. Jismoniy yuklamalarda kuzatilgan a’zolar giperfunksiyasi , shu a’zolar xujayralarda nuklein kislotalar va oqsillarning sintezi aktivlashadi muntazam mashqlar sharoitida hujayra genetik aparatining funksional holati oshishi – organizmning fiziologik kunksiyalari plastic mutanosiblikni amalga oshirish ro’y beradi . Muskul faolligi shunchalik chuqur ta’sir etishi mumkin – ki , bunda genetik apparat va oqsil biosintezi faoliyatini o’zgartirishi mumkin . Bunday xulosalarga asos bo’lib tibbiy genetika sohasidagi tekshiruvlarning natijalari xizmat qiladi , ularda genetik “yuk” muammolari bilan birga genatik dasturning yanada muhim tomoni – odam sog’lig’ini yuqori darajasini ta’minlovchi normal allellarning to’liq ta’siri aniqlandi .
Sog’lom turmush tarzining faktorlari . Salomatlikni saqlashda jismoniy tarbiyaning funksiyasi . Harakat faolligining tavsifi gipokineziya va uning salomatlikka ta’siri . Ishchanlik va mehnat qobiliyati - bu salomatlik sifatining mahsulidir . Insonning salomatligi va jismoniy rivojlanishi birligiga majmuali baho berish uchun “jismoniy holat “ tushunchasini qo’llash hamda jismoniy rivojlanishning salomatlik bilan aloqadorligi xususiyatini qo’zg’alishi muhim amaliy vazifa bo’lib , u faqat bemorlarni emas , sog’lom kishilarni ham keng tekshirish yo’li bilan hal etilishni talab qiladi . Mazkur masala bo’yicha nuqtai nazarimiz yuqorida ko’rsatilgan jismoniy rivojlanish inson salomatligini yaxlit baholaganda , uning ko’rsatkichlaridan biridir . “Jismoniy rivojlanish “ tushunchasining mazmunini organizmning tuzilish – mehanik xususiyatlari nuqtai nazaridagina izohlash yetarli bo’lmaydi , jismoniy madaniyat va jismoniy tarbiya nazarida u harakat aparati va umuman organizm rivojlanishining haqiqiy amaliy tavsifi bilan bog’lanish lozim . Hozirgi vaqtda shunday fikrlar ustuvorki , ularga ko’ra alohida bir belgi emas , balki tana uzunligining turlicha variantlarida uchraydigan ularning nisbati insonning jismoniy rivojlanishini tavsiflaydi .
Sog’lom turmush tarzining asosi va tarkibiy qismi bu – shaxsiy gigiyenadir . U oqilona sutkalik kun tartibini , tanani parvarish qilish , kiyim va poyavzalning gigiyenasini o’z ichiga oladi . Kun tartibiga alohida e’tibor beriladi . Unga to’g’ri va qat’iy rioya etilganda organizm faoliyatining aniq ritmi yuzaga keltiriladi , bu esa ishlash va tiklanish uchun eng yaxshi sharoitlar yaratib , shu bilan bog’liqni mustahkamlash va ishlash faoliyatini tiklanishiga yordam beradi . Donishmand xalqimizning maqoliga ko’ra “Teri – sog’liq oynasidir “. Teri odam organizmida himoya , ayirish , nafas olish , tana haroratini doimiyligini ta’minlash kabi hayotiy muhim funksiyalarni bajaradi . Bu funksiyalar normal o’tishi uchun teri doimiy toza bo’lishi zarur .
Download 20.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling