Elektrotexnika elektr energiyasidan foydalanib ishlovchi qurilma va mexanizmlarni ishlashini, xamda elektr energiyasini ishlab chiqarish va uni uzatish bilan bog’liq muammolarini o’rganuvchi texnikikaviy fandir


Download 86.11 Kb.
bet30/30
Sana02.06.2024
Hajmi86.11 Kb.
#1839778
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
Zamonaviy texnika va texnologiyalar, avtomatlashtirilgan ishlab -fayllar.org

Ko’prikli bir fazali invertor. Invertorning kuch kaskadi ko’prikli kenglik impuls o’zgartkichining kuch kaskadiga o’xshash bo’ladi.YArim ko’prikli invertordan farqli ravishda ko’prikli invertor simmetrik boshqarishdan tashqari nosimmetrik boshqarishni ham amalga oshirishi mumkin. Sinusoidal modulyasiyali va simmetrik boshqarilishli ko’prikli bir fazali invertorchiqishidagi kuchlanishning spektral tarkibi 6.11.10-rasmda ko’rsatilgan. Nosimmetrik boshqariluvchi ko’prikli bir fazali invertor boshqarish sxemasiga beriladigan uchta kuchlanishlarning ossillogrammalari. Tiristorli bevosita chastota o’zgartkichlarda tarmoqdan kelayotgan o’zgarmas chastotali va kuchlanishning haqiqiy qiymati o’zgarmas bo’lgan o’zgaruvchan tok kuchlanishi bevosita oraliq o’zgartgichlarsiz chastota va kuchlanishining haqiqiy qiymati rostlanuvchan o’zgaruvchan tok kuchlanishiga o’zgartiriladi.
Bevosita TCHO’ning ishlash prinsinini shu o’zgartkichning bir fazali sxemasi asosida ko’rib chiqamiz (18.13-rasm). Bu sxema o’zgarmas tok tiristorli o’zgartgichning rsversiv nol sxemasidan iboratdir. Agar chap guruh tiristorlariga ochilish uchun signal berganimizda, yuklagich dan kuchlanish nol nuqtaga nisbatan musbat ishorali bo’ladi va uning o’rtacha qiymati sos bo’lib, bu erda, taristorlarning boshqarish burchagi; bo’lgandagi yuklagich dagi kuchlanish. Endi o’ng guruh tirist&rlariga boshqaruv signallarini yuborib ochganimizda, chap guruh tiristorlari yopilib dagi kuchlanishning ishorasi manfiy bo’ladi. Agar boshqaruv impulslarini goh u goh bu guruh tiristorlariga davriy ravishda yuborib turganimizda, yuklagichdagi kuchlanishning ishorasi ham mos ravishda o’zgarib turadi. SHunday qilib, yuklagichda chastotasi tarmoq
Bevosita TCHO’larning afzalliklari quyidagilardan iborat:
Tiristorlar quvvatlarining kichikligi ea o’zgartgach foydali ish koeffitsienti yuqori;
Tiristorlarni boshqarishda sunxiy kommutatsiya qurilmalarning bo’lmasligi o’zgartgachning ishonchliligini oshiradi va og’irliko’lchov katgaliklarini kamaytiradi;
Formasini o’zgartirmagan holda past chastotalarda chiqish kuchlanishlarni olish mumkinligi; YUritgichning rekuperativ tormoz rejimini osonlik bilan hosil qilish mumkin. Bevosita TCHO’ning asosiy kamchiliklari: CHiqish kuchlanish chastota qiymatining chegaralanganligi (tarmoq kuchlanish chastotasiga yaqin kuchlanish hosil qilish mumkin emasligi); Tarmoq quvvat koeffitsientining past bo’lishi; Ishchi sxemalarda tiristorlar soning ko’p bo’lishi (uch fazali ko’prik sxemali TCHO’da tiristorlar soni 12 ga teng bo’lganda bevosita TCHO’da esa tiristorlar son 36 ga teng). Ta’minlovchi kuchlanishning chastotasini o’zgartirib asinxron motorning tezligini rostlash, tezlikni rostlash usullari ichida iqgisodiy jihatdan ham, imkoniyatlari jihatdan ham eng samarali usuldir. Tezlikni chastotani o’zgartirib rostlaganimizda butun tezlik diapazoni oralig’ida asinxron motorning sirpanishi uncha katta bo’lmagan o’zgarmas qiymatda qolishi natijasida motorning quvvati isrofi katga bo’lmaydi. Tezligi chastota o’zgarishi bilan boshqariladigan asinxron elektr yuritmalar statik va dinamik xususiyatlari bilan o’zgarmas tok elektr yuritmalaridan aslo qolishmaydi. Rotor cho’lg’amlari qisqa tutashtirilgan asinxron motorlarning o’zgarmas tok motorlarga nisbatan 1,5 - 2 marotaba engil bo’lishi va deyarli 3 barobar arzonligini hisobga oladigan bo’lsak, unda chastota bo’yicha boshqariluvchi asinxron elektr yuritmalarning sanoatda qo’llanishi kelajagi imkoniyaglari hali juda keng ekanligini yaqqol ko’ramiz. Bilvosita TCHO’ larda tarmoqdan kelayotgan o’zgaruvchan kuchlanish tristrli o’zgartgich TO’ da to’g’rilanib, avtonom invertor AI ga uzatiladi va uerda o’zgarmas kuchlanish chastotasi rostlanadigan o’zgaruvchan kuchlanishga o’rnatiladi. 18.17 –rasmda shunday TCHO’ larning funksional sxemasi berilgan bo’lib, bu erda, TO’ boshqariluvchi tiristorli o’zgartgich, TO’BT uning boshqarish tizimi, rostlash bloki RBking vazifasi chastota rostlashning qaysi qonuniyatga amal qilinayotganiga qarab TCHO’ning statik va dinamik rejimlarida kuchlanish va chastota o’zgarishini o’zaro moslashtirishdir. Bilvosita TCHO’larda o’zgarmas tokli zvenoning bo’lishi, avtonom invertorning chiqishidagi chastotaning ham yuqoriga, ham pastga qarab keng diapazonda rostlashga imkon beradi, bu bilvosita TCHO’ning asosiy avzalligi bo’lib, bu turdagi TCHO’larning ishlab chiqarishda keng qo’llanilishiga olib keldi.


http://fayllar.org
Download 86.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling