Ikki yarim davrli to’g’rilagichlar. Ko’prikli ikki yarim davrli to’g’rilagich
17.2-расм. Икки ярим даврли кўприкли тўғрилагич:
а) схема, б) ток ва кучланишларнинг графиклари.
Ikki yarim davrli to’g’rilagichlarning ko’prik sxemasi keng tarqalgan (XVIII. 2-rasm). Sxema transformator va to’rtta dioddan iborat. Ko’prikning bitta-diagonaliga transformatorning ikkilamchi chulg’ami, ikkinchi d
iagonaliga esa yuklanish ulangan. O’zgaruvchan kuchlanishning musbat yarim davrida diodlar (VD1 va VD2) ochiq bo’lib, tok quyidagi zanjir bo’yicha o’tadi: diod VD1 yuklanish , diod VD3, tarnsformatorning ikkilamchi chulg’ami. O’zgaruvchan tokning manfiy yarim davrida diodlar VD2 va VD4 ochiq bo’lib, tok quyidagi zanjir bo’yicha o’tadi: diod VD2, yuklanish , diod VD4, transformatorning ikkilamchi chulg’ami. SHunday qilib, yuklanishdan o’tayotgan tokning yo’nalishi o’zgarmaydi. To’g’rilagichning tok va kuchlanish grafiklari 17. 2, b-rasmda ko’rsatilgan.
17.3-rasm. O’rta nuqtasi bilan ikki yarim davrli to’g’rilagich
Uch fazali to’g’rilagichlar
Uch fazali to’g’rilagichlar katta va o’rtacha quvvatli quril-malarda qo’llaniladi. Bitta yarim davrli uch fazali to’g’rilagichning sxemasi 17.4-rasmda keltirilgan. Transformatorning ikkilamchi chulg’amlari yulduz usulida ulangan.
Ularning erkin uchlariga VD1, VD2, VD3 diodlar ulangan bo’ladi. Davrning 1/3 qismi davomida bitta fazaning kuchlanishi boshqalarga nisbatan yuqoriroq bo’ladi. SHuning uchun o’sha fazaga ulangan diod ochiq bo’lib, yuklanish orqali tok o’tkazadi. Davrning keyingi 1/3 qismi davomida boshqa diod ochiladi va hokazo. Tok va kuchlanishning grafiklari 17. 4-rasmda keltirilgan. To’g’rilagichning parametrlari:
1. To’g’rilangan tokning qiymati:
Do'stlaringiz bilan baham: |