Elektrotexnika elektr energiyasidan foydalanib ishlovchi qurilma va mexanizmlarni ishlashini, xamda elektr energiyasini ishlab chiqarish va uni uzatish bilan bog’liq muammolarini o’rganuvchi texnikikaviy fandir


Yarim o’tkazgichli asboblar va ularning turlari Yarim o’tkazgichli diodlar


Download 86.11 Kb.
bet24/30
Sana02.06.2024
Hajmi86.11 Kb.
#1839778
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   30
Bog'liq
Zamonaviy texnika va texnologiyalar, avtomatlashtirilgan ishlab -fayllar.org

Yarim o’tkazgichli asboblar va ularning turlari Yarim o’tkazgichli diodlar
Ikki yarim o’tkazgich qatlamga va bitta elektron-teshikli o’tishga ega bo’lgan asbobga yarim o’tkazgichli diod deyiladi. Ular nuqtaviy va yassi bo’lishi mumkin. Nuqtaviy diodning (17.1-rasm) shisha yoki metall kismining yuzasi

1 mm2 va qalinligi 0,5 mm bo’lgan germaniyli yoxud kremniyli n - xil kristall mahkamlanadi. Kristallga akseptor aralashma bilan legirlangan po’latli yoki bronzali nina sanchilib turadi. Asbobni formalash uchun nina va kristall orqali katta tok impulslari o’tkaziladi. Bunda ninaning uchi eriydi va akseptor aralashmaning bir qismi kristallga aralashadi. Nina atrofida teshikli elektr o’tkazuvchanlikka ega bo’lgan nuqtaviy soha hosil bo’ladi. Kristall bi­lan shu sohaning chegarasida elektron-teshikli o’tish hosil bo’ladi. Nuqtaviy diodning maksimal to’g’ri toki 16 mA ga, maksimal teskari kuchlanish 50 voltga teng bo’ladi. p-no’tishning yuzasi kichik bo’lgani uchun diodning elektrodlar orasidagi sig’imi kichik (taxminan 1 pfga teng). YAssi diodlar qotishtirish (splavlenie) yoki diffuziya usullari bilan tayyorlanadi. Qotishtirish usulida donorli yarim o’tkazgichga akseptorli aralashmaning tabletkasi joylashtiriladi. Tabletka pechkada 500°S gacha qizitilganda erib, kristallga aralashadi va p- xil sohani tashkil qiladi. Kristall va tabletka chegarasida p-no’tish hosil bo’ladi. Diod diffuziya usuli bilan tayyorlanganda donorli ara­lashma kristall-gaz akseptorli muhitga (akseptorli ara­lashma kristall-gaz donorli muhitga) joylashtiriladi va uzoq vaqtgacha berilgan temperaturada etishtiriladi. Ak­septorli aralashmaning molekulalari kristall ichiga, kirib, kristallning elektr o’tkazuvchanlikka teskari elektr o’tkazuvchanlik sohasini hosil qiladi (XVI.8- racm)


To’g’rilagichli diodlar o’zgaruvchan tokni o’zgarmas tokka o’zgartirish uchun qo’llaniladi. Kichik va o’rtacha quvvatli yassi diodlar radioapparatura, avtomatika tizimlari va hisoblash texnikalarini elektr ta’minlash sxemalarida keng ishlatiladi. Katta quvvatli diodlar dastgohlarni va mexa-nizmlarni harakatga, keltiriladigan elektr dvigatellarni o’zgarmas tok bilai ta’minlash uchun ishlatiladi.

Download 86.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling