Mm-74 ”IQ” guruh talabasi Mo’minov Mirzobek


Download 25.27 Kb.
Sana31.10.2020
Hajmi25.27 Kb.
#139288
Bog'liq
Mo'minov Mirzobek korporativ moliya


MM-74 ”IQ” guruh talabasi

Mo’minov Mirzobek

Topshiriq.Quyidagi savollardan istalgan 3 tasiga javob yozing.
1. Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliaviy rejalashtirishning ahamiyatli

jihatlari.

2. Moliyaviy rejalashtirish tamoyillari.

3. Bozor talabi asosida moliyaviy rejalashtirish.

4. Pul oqimlarini bashoratlash.

5. Moliyaviy ta’minot uzluksizligini rejalashtirish.

6. Investitsiya qaytimini bashoratlash.

7. Korporativ tuzilmalarda mavsumiylik asosida moliyaviy

rejalashtirish.

Javoblar:

1.Bozoriqtisodiyotisharoitidamoliaviyrejalashtirishningahamiyatlijihatlari.

Korporativ moliyada moliyaviy rejalashtirish moliyaviy menejer oldidagi asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Aynan faoliyatga bogʻliq har bir jihatning toʻgʻri rejalashtirilishi korporativ tuzilma samaradorligiga oʻz ta’sirini koʻrsatadi.

Moliyaviy rejalashtirish korporativ moliyani boshqarish tizimining ajralmas qismi sifatida korxona moliyaviy-xoʻjalik faoliyatiga doir qaror qabul qilish asoslarini ta’minlaydi. Moliyaviy rejalashtirishning korxonalar faoliyati uchun alohida dolzarbligi shundaki, u keskin raqobat sharoitida uzluksiz rivojlanish yoʻlini belgilab beradi. Moliyaviy rejalashtirishning notoʻgʻri tashkil etilishi bir tomondan bozorning ma’lum bir mahsulotga nisbatan toʻyinishi, ikkinchi tomondan esa boshqa bir mahsulotga nisbatan taqchillikning yuzaga kelishiga olib keladi. Natijada esa bozor muvozanati buziladi. “Bozor uchun eng maqbul holat talab va taklif oʻrtasidagi muvozanatning ta’minlanishidir. Shundagina iqtisodiyot bir maromda rivojlanadi”.Moliyaviy rejalashtirish resurslardan samarali va toʻgʻri foydalanish orqali bozor muvozanatini ta’minlashga xizmat qiladi.

Moliyaviy rejalashtirish jarayonida moliyaviy menejerlar va boshqa mutaxassislar tomonidan aniq moliyaviy mexanizmlar ishlab chiqilishi, ishlab chiqilgan mexanizmlarni amalga oshirish uchun qarorlar qabul qilinishini koʻrish mumkin. Umuman moliyaviy rejalashtirish koʻrsatkichlar tizimiga asoslangan moliyaviy boshqaruvda qoʻllaniladigan asosiy bosqichlardan hisoblanadi.



2. Bozor talabi asosida moliyaviy rejalashtirish.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarda moliyaviy rejalashtirish buyruq elementi sifatida ifodalanmaydi. Aksincha, uning maqsadi – xoʻjalik faoliyati muvaffaqiyati uchun optimal imkoniyatlarni ta’minlash, buning uchun zarur mablagʻlarni jalb qilish, korxonaning raqobatbardoshligi va foydaliligiga erishish, shuningdek, korxonaning daromad va xarajatlarini, pul mablagʻlari harakatini rejalashtirishdir. Bundan koʻrinib turibdiki, moliyaviy rejalashtirish keskin raqobat sharoitida xoʻjalik subyekti raqobatbardoshligi va faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida pul mablagʻlari harakatini, ya’ni daromad va xarajatlarni toʻgʻri tashkil etishga qaratilgan faoliyatdir.

Moliyaviy rejalashtirish korporativ moliyani boshqarishda muhim va dastlabki bosqich sifatida koʻzga tashlanadi. Bu jarayonni korporativ boshqaruvda moliyaviy qarorlar qabul qilish jarayoni bilan izohlash mumkin.

Rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida yuzaga kelgan ma’lum bir tanazzul moliyaviy globallashuv va iqtisodiy integratsiyalashuv tufayli butun dunyo iqtisodiyotiga ta’sir koʻrsatishini moliyaviy-iqtisodiy inqiroz holatlari koʻrsatib turibdi. Shundan kelib chiqqan holda bugungi globallashuv va jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuv sharoitida moliyaviy rejalashtirish jarayoni nafaqat moliyaviy resurslar harakatini toʻgʻri tashkil etish, shu bilan birga, rejalashtirish asosida ishlab chiqilgan mexanizmlarni amalga oshirish jarayonida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan har qanday kutilmagan holatlarni koʻra bilish va baholay olishni ham oʻz ichiga olishi lozim. Bunda asosiy e’tibor korxonalar faoliyati davomida yuzaga kelishi hamda moliyaviy-xoʻjalik faoliyatiga ta’sir koʻrsatishi mumkin boʻlgan moliyaviy risklarga ham qaratilishi maqsadga muvofiq. Shundan kelib chiqqan holda bugungi kunda moliyaviy rejalashtirish haqida soʻz yuritilganda aynan moliyaviy risklarni kamaytirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Shuningdek, moliyaviy rejalashtirish avvalo takror ishlab chiqarish jarayonini pul bilan ta’minlashga xizmat qilishini unutmaslik lozim. Mutaxassislarning fikricha, rejalashtirishning sifati xoʻjalik subyekti muvaffaqiyatli faoliyat yuritishining muhim omillaridan biri sifatida koʻzga tashlanadi va rejalashtirish tizimidagi kamchilik uning imkoniyatlarini 20-30% ga pasaytirishi mumkin.



3. Pul oqimlarini bashoratlash.

Qisqa muddatli moliyaviy rejalashtirishning birinchi bosqichi kompaniyaning kelajakdagi pul oqimini prognozlashdan iborat. Bu vazifaning ikki yaqqol obyektlari mavjud.Birinchisi, kompaniya har bir davrda ortiqcha mablag‘ga ega bo‘lishi yoki mablag‘ yetishmasligini aniqlash uchun o‘zining pul oqimi haqida taxminlar qiladi. Ikkinchisi, boshqaruvda mablag‘ ortiqchaligi yoki yetishmasligi vaqtinchalik yoki doimiy ekanligidan kelib chiqqan holda aniq qarorlar qabul qilishga to‘g‘ri keladi. Agar u doimiy bo‘lsa, bu firmaning uzoq muddatli moliyaviy qarorlariga ta’sir qilishi mumkin.Masalan,agar kompaniyaga keragidan ortiqcha mablag‘ kirib kelishi kutilayotgan bo‘lsa, u o‘z dividend to‘lovlarini ko‘paytiradi. Uzoq muddatli loyihalardagi sarmoyalar tufayli yuzaga keluvchi yetishmovchiliklarga aksiya yoki uzoq muddatli shartnomalar kabi uzoq muddatli capital manbalar orqali mablag‘ ajratiladi.

Qisqa muddatli moliyaviy rejalashtirishda vaqtinchalik va qisqa muddatli bo‘lgan keragidan ortiqcha mablag‘ yoki yetishmovchiliklarga alohida e’tibor qaratish talab etiladi. Kompaniya qisqa muddatli moliyaviy ehtiyojlarini tahlil qilayotganda odatda choraklar o‘rtasidagi pul oqimlarini tekshiradi.Bunda savdoning o‘sishi hisobiga pul oqimlarini to‘g‘ri boshqarish yoki savdoning pasayishi natijasida zarur bo‘lgan qo‘shimcha mablag‘larga e’tibor qaratiladi. Ayrim korxonalarda ortiqcha pul mablag‘larining yuzaga kelishi keying yil va undan keyin ham uzoq muddat davom etishi ehtimoldan holi emas. Shunday sharoitda rivojlangan davlatlardagi korxonalar ortiqcha pul mablag‘larini dividend sifatida to‘lash yoki xususiy aksiyalarni sotib olish amaliyotlar, faoliyatni kengaytirish masalalariga e’tibor qaratadi.

Odatda firmalar uch sababga ko‘ra qisqa muddatli moliyalashtirshga ehtiyoj sezadi: mavsumiylik, pul oqimining salbiy zarbasi, pul oqimining ijobiy zarbasi.

Ko‘plab firmalar uchun savdo mavsum bilan bog‘liqdir. Savdo bir necha oy davomida jamlansa, manbalar va xarajatlar ham mavsumiydek tuyuladi. Bunday holatda firmalarning bir necha oylar davomida olgan ortiqcha mablag‘lari qolgan oylarda yuzaga keluvchi yetishmovchiliklarni qoplashga ham etadi. Shunga qaramay, vaqtlar orasidagi farq tufayli bunday firmalar qisqa muddatli moliyalashtirishga ehtiyoj sezadi.

Mavsumiy savdoning boshlanishi qisqa muddatli mablag‘lar oqimlarida jiddiy o‘zgarishlarga olib keladi. Pul mablag‘laridagi mavsumiylik ikki natijaga olib keladi. Birinchisi, tovarlar narxi savdo bilan tengma-teng o‘zgarayotgan bir paytda boshqa xarajatlar (ma’muriy xarajatlar) o‘zgarmaydi va firmaning choraklik sof foydasida keskin o‘zgarishlarga olib keladi. Ikkinchisi, sof aylanma capital o‘zgarishlari yaqqol namoyon bo‘ladi.



Vaqti vaqti bilan kompaniya kutilmagan sabablarga ko‘ra pul oqimi manfiyligi hisobiga noqulay holatlarga tushib qoladi. Biz pul oqimining salbiy zarbasi deb ataluvchi ana shunday holatga e’tibor qaratamiz. Mavsumiylik kabi, pul oqimining salbiy zarbasi ham qisqa muddatli mablag‘ ajratishga bo‘lgan ehtiyojlarni yuzaga keltirishi mumkin. Bunday holatda qisqa muddatli moliyalashtirishga ehtiyoj tug‘iladi. Shu boisdan qisqa muddatli moliyaviy rejalashtirishda manfiy pul oqimlarining ortib ketish holatlari oldindan bashorat qilingan holda qisqa muddatli capital jalb qilish imkoniyatlarini rejalashtirish talab etiladi.

Endi esa biz qisqa muddatli moliyalashtirish ehtiyojlariga pul oqimining ijobiy zarbasi ta’sir ko‘rsatgan holatni tahlil qilamiz.Garchi bunday holat yaxshi yangilik bo‘lsa ham, u hali hanuz qisqa muddatli moliyalashtirishga ehtiyojni yuzaga keltiradi. Firmaning umumiy savdosi hajmi ortishi ko‘zda tutilayotgan joriy xarajatlarning ham ortishiga olib keladi. Shuningdek savdoning o‘sishi talab qilinadigan aylanma kapitalga ham ta’sir ko‘rsatadi.
Download 25.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling