Mmavzu: Amir Temur saltanatida davlat boshqaruvi va harbiy tizim mavzusini o‘qitishda grafik organayzerlardan foydalanish Mundarija
Download 1.13 Mb.
|
NAMUNA
Xulosa
Glossariy Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Xalqimiz asrlar davomida orzu qilgan miliy istiqlolning qo’lga kiritilishi, chor Rossiyasi va sobiq sovet ittifoqining chekka o’lkasi, mustamlakasi, arzon ish kuchi va homashyo zahirasi hisoblangan Turkiston hududida beshta mustaqil respublikaning vujudga kelishi chindan ham buyuk tarixiy voqeadir. Mustaqillikka erishishimizning olamshumul ijtimoiy-siyosiy, huquqiy va tarixiy ahamiyati shunda ediki, 130 yillik mustamlakachilik va qatag’on istibdod davrida sindirilgan, yo’q qilishga urinilgan milliy davlatchiligimiz nafaqat o’z tarixiy asoslarida qaytadan tiklandi, davlat ramzlarga ega bo’lib xalqaro siyosiy, huquqiy munosabatlarning to’la huquqli subyektiga aylandi, balki yangi dunyo, hozirgi an’analarimiz yangidan qudrat, salohiyt kasb etib, rivojana boshladi. Yangi va yosh davlatimiz subekti - o’zbek-turkiy xalqi o’zining uzoq asrlik tarixida boy davlatchilik tajribalariga ega bo’lgani uchun ham istiqlolning dastlabki yillaridayoq o’zini dadil tutib, qisqa fursatlarda siyosiy va iqtisodiy barqarorlikka erisha oldi. XX asrda qad tiklagan mustaqil davlatimizning tashkilotchisi va rahbari I.A.Karimov dastlabki kunlardanoq, ilm-fanimizda mustaqil, erkin fiklashga, tarixiy,falsafiy, huquqiy, madaniy merosimizni, ayniqsa milliy davlatchiligimiz manbalarini, davlat tuzumi to’g’risidagi ta’limotlarimizni holis tadqiq etishga undadi. Ma’lumki, milliy davlatchiligimiz an’analari Prezidentimiz ko’rsatganidek, 3 ming yillik tarixga ega. Qadimgi Farg’ona(Davan) ixshidlari, Xorazm fag’furlari, Qang’, Kushonshoxlar, eftal-xioniylar, Turk xoqonliklari, qorluq-qoraxoniylar, somoniylar, g’aznaviylar, saljuqiylar, anushtegin-xorazmshohlar, Chig’atoy ulusi, temuriylar,boburiylar, shayboniy, ashtarxoniy, mang’it, qipchoq davlatchiligimiz, davlat tuzumlarining XX asr I choragigacha uzluksiz bardavom bo’lgan huquqiy-siyosiy taraqqiyotimizning tarixiy bosqichlarini tashkil etadi. Xatto XX asrning II choragi avvalari xalqimiz, davlatchilik tuzumimiz boshiga tushgan qabohatlarda ham xalqimiz o’z milliy davlatchiligini saqlab qolishga jon-jahdi bilan uringan va Qo’qonda “Turkiston Muxtoriyati”ni Buxoro va Xiva xalq jumhuriyatlarini, qardoshlarimiz esa “Alash O’rda”, Boshqirdiston, Tatariston muxtoriyatlarini, ozarbayjonlar “Musovot” hukumatini, qrimliklar o’z Muxtoriyatlarini tuzib, saqlab qolishga intilganlar. Ana shu milliy davlatchilik tuzumlari tashkil etgan. Birinchi prezidentimiz I.Karimov Sohibqiron Amir Temur tavalludining 660 yiligiga bag’ishlangan xalqaro ilmiy anjumanda so’zlagan nutqida(1996 yil 24 oktabr) bunday degan edi: “O’zbekistonning bugungi ozodligini mustahkamlash davrida Amir Temur biz uchun buyuk davlat asoschisi sifatida qadrlidir. U davlat poydevorini qurgan, davlatning huquqiy asoslarini barpo etgan. Uning davlatchilik borasidagi fikrlari nafaqat o’z davri, balki kelgusi avlodlar uchun ham katta ahamiyat kasb etadi”.1 Shu ma’noda o’tmishimizda qudratli davlat barpo etgan Sohibqiron Amir Temur saltanatining davlat tuzumi sohasidagi tarixiy tajribalarini o’rganish, uning davlat va huquq tizimini vujudga keltirish jarayonidagi faoliyatini atroflicha tadqiq etish hozirgi mustaqillik sharoitidagi dolzarb vazifalardandir. Amir Temur davlatining tashkil topishi va davlat tuzumining ilmiy nuqtai nazardan asoslangan konsepsiyasini qaytadan tiklash, O’zbekistonda davlatchilik bo’lmagan, deb orqa tomondan tashviqot yuritayotgan, ana shu fikrni xalqaro jamoatchilik ongiga singdirishga urinayotgan g’alamislar da’vosining puch ekanligini isbotlash huquqshunos olimlarning asosiy burchlaridan biridir. Zotan, Amir Temur qurgan buyuk saltanat davlat tuzumi, boshqaruvi va idora usullarini hozirgi davlat va huquq nazariyasi va tarixi fani nuqtai nazaridan xalqimiz davlatchilik an’analari, siyosiy-huquqiy taraqqiyoti XIV asrda qaysi darajada bo’lganligini aniqlashdan tashqari, hozirgi kunda mustaqil O’zbekiston davlatchiligini qanday mustahkamlash, huquqiy-siyosiy tuzilmasini takomillashtirish, xalqaro obro’-e’tiborini qaysi usul, yo’l va vositalar bilan o’stirish, taraqqiy ettirish mumkinligini aniqlab olish imkonini tarix sinovidan o’tgan, sinalgan tajriba asosida ko’rsatib berish mumkin bo’ladi. Mana shu mulohazalarga ko’ra, shuningdek, mustaqil O’zbekiston davlatchiligi tuzumini mustahkamlashga amaliy hizmat qilishini ko’zda tutib, “Amir Temur saltanatida davlat boshqaruvi va harbiy tizim” mavzusini ushbu kurs ishi uchun tanlab olingan. Download 1.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling