Mmavzu: Amir Temur saltanatida davlat boshqaruvi va harbiy tizim mavzusini o‘qitishda grafik organayzerlardan foydalanish Mundarija


Download 1.13 Mb.
bet5/13
Sana02.01.2022
Hajmi1.13 Mb.
#201129
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
NAMUNA

Kurs ishining amaliyotga tadbiqi: Umumiy о‘rta ta’lim tizimida О‘zbekiston tarixi darslarida, tarix tо‘garaklarining muayyan mashg‘ulotlarida foydalanish mumkin.

Kurs ishining tuzilishi. Amir Temur saltanatida davlat boshqaruvi va harbiy tizim mavzusini o‘qitishda grafik organayzerlardan foydalanish mavzusidagi ushbu kurs ishi kirish, 2 bob, 4 paragraf, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar rо‘yxatidan iborat.

I bob. Amir Temur saltanatida davlat boshqaruvi va harbiy tizimi

    1. Amir Temur saltanatida boshqaruv tizimi va uning tuzilish tarkibi

Amir Temur davlati tashkil topishi arafasida Turkiston, Movarounnahr va Xurosondagi ijtimoiy-siyosiy va tarixiy vaziyatini tushunish, tasavvur qilish uchun quyidagilarni hisobga olish lozim:

Avvalo XIII asrning ikkinchi yarmida, ya’ni Ma’sudbek (1238-1289) noibligi davrida Chig’atoy ulusi qaytadan tiklanib, siyosiy, iqtisodiy vaziyat bir muncha barqarorlashgan bo‘lsa-da, murakkab bo‘lib Chig‘atoy ulusining o‘zida markazga intiluvchi kuchlar bilan markazdan qochuvchi kuchlar o‘rtasida murakkab harbiy, siyosiy, sulolaviy kurash ketayotgan edi.

Asl toza qonli Chig‘atoy Xon avlodlarining bir qismi- Muborakshoh, Baroqxon islomni qabul qilib, tobora o‘rtoqlashib, shahar, madaniy hayotga moyilliklarini ko‘rsata boshlagan edilar. 1266 yilda Muborakshohning Chig‘atoy ulusi taxtiga o‘tirish marosimi Mo’g’ilistonda yoki Ili vohasida bo’lmay, balki, Movarounnahrda, Ohangaron daryosi bo’ylarida bo’lib o’tgan edi.

Boshqa asl toza qonli mog’ul aslzodalari, ayniqsa Qayduxon esa 1269 yili Talas vodiysida eng buyuk xoqonzoda va no’yonlar qurultoyini chaqirib, unda Rashiddinning so’zlariga qaraganda, ular “bundan buyog’iga faqat tog’larda va dala-dashtlarda yashab, shaharlarga yaqin yo’llamaslikka, molu hollarini ekin dalalariga qo’yib yubormaslikka va raiyatdan asossiz soliqlar to’lamaslikka ahdlashib o’zaro shartnoma tuzganlar.

1346 yilda Chig’atoy xonlaridan Qozonxon (hukmronlik davri 1338-1346). O‘zining amir ul umarosi bo‘lgan nufuzli turk amiri Amir Qozag’on (1347-1358) tomonidan o’ldirilgach, Chig’atoy ulusining xonligiga, shu sulola vakili Donishmandcha(1346-1348) xon ko’tariladi. Ammo aslida butun hokimiyat Amir Qozag’on qo’lida edi. Uning davridan boshlab xonlik tizimining o’rnini amirlik

Boshqaruvi ola boshlaydi, ya’ni rasman Chig’atoy naslidan bo’lgan xonlar hokimiyati tan olinsa-da, lekin ulusni boshqarish amalda amir qo’liga o’tadi. 1358 yilda bu ulusda ta’siri kuchli bo’lgan amir Qozag’on o’ldirilgach, o’rniga uning ikkinchi o’g’li, amir Abdulloh o’tirib, uning ta’siri kuchayadi. Ammo u ham bir necha yillardan so’ng hokimiyatdan chetlatilib, shoh Temur o’g’lon xon ko’tariladi. Ana shu davrdan e’tiboran boshboshdoqlik yanada kuchayib ketadi. “Olam ichra har tarafda g’avg’olar paydo bo’ldi. Va no’yonlardan har kishidakim, kuchi bor edi, davlat da’vo qilur erdi”, - deb yozgan edi bu haqida buyuk muarrix Sharofiddin Ali Yazdiy.6

Shunday qilib, Tarmashirin xondan keyin (hukmonlik yillari 1326-1334) o’tgan yigirma besh yil ichida to’qqiz mart axon almashdi. Ana shunday taxt talashishlari davrida mamlakatda siyosiy tarqoqlik vujudga kelib, eski no’yonlar va nufuzli qabilalarning boshliqlari katta-katta viloyatlari o’z mulklari sifatida boshqarar edilar. Jumladan, Kesh, Shahrisabzda Hoji Barlos, Ho’jandda Boyazid Jaloyir, Balxda O’ljoy Bug’o Sulduz, Shibirg’onda Muhammad Xo’ja Apardi, Badaxshonda Kayxusrav, Xuttalonda Uljoytu Apardiy, Saripul va Totkandda Xizir Yasovuriyar saltanat da’vo qilmoqda edilar.

Xozirgi O’zbekiston yerlarida bu davrda siyosiy ahvol quyidagi uch xususiyat bilan harakterlanar edi:

1.Chig’atoy ulusining parchalanib, bir-biriga dushmanlik ko’zi bilan qaraydigan bo’laklarga bo’linishi – siyosiy tarqoqlikning avj olishi.

2. 140 yil hukm surgan mog’ul zulmidan qutilishga intilish.

3. Tobora mustaqillikka erishish uchun harakat qilayotgan Chig’atoy ulusini Mog’uliston xoni Tug’luq Temurxon(1359-1363) tomonidan qayta bosib olishga intilish.. Boshqa bir tarafdan esa, bu vaqtga kelib Oltin O’rda va Oq o’rdaga bo’linib ketgan Jo’ji ulusining, yemirilib borayotgan Chig’atoy ulusining ishlariga aralashishi tobora kuchayib borayotgan edi. Ana shunday bir davrda Keshdagi Barlos betining o’g’li bo’lgan amir Muhammad (Tarog’ay) Bahodirning o’g’li Amir Temur (1336-1405) tarix maydoniga chiqadi.

Amir Temur davlatining vujudg kelishi haqida so’z yuritganda ba’zi muarrixlar Sohibqironning yoshlik yillarida chetlab o’tadilar. U 1336 yil 9 aprel kuni tug’ildi. Lekin ba’zi adabiyotlarda 1333 va 1335 yillar ham Sohibqironning tug’ilish sanasi sifatida ko’rsatiladi. Amir Temurning “Tarjimai holi”da tug’ilgan yili yuqoridagidek (1336 yil) aniq qayd etilgan. Nizomiddin Shomiy, Sharofiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma”larida Sohibqironning bolaligi haqida ba’zi ma’lumotlar uchraydi. V.Bartold, A.Yakubovskiy, T.Granovskiy, B.Ahmedov, X.Boboyev, T.Fayziyev kabi olimlarning asarlarida Amir Temurning hijriy 736, sichqon yili shabon oyining 25 kunida (1336 yil 9 aprel) Kesh shahridan o’n chaqirim (taxminan 13 km) bo’lgan Xo’jailg’or qishlog’ida tavallud topgani aytiladi. Lekin ularning bu xulosasi Ibn Arabshoh ma’lumotlariga asoslanganligini takidlash joizdir.

Temurning otasi Muhammad Tarag’ay Markaziy Osiyoning ijtimoiy-siyosiy hayotida kata nufuzga ega bo’lgan barlos urug’idan chiqqan obro’li beklardan biri bo’lib, Chig’atoy xonlaridan Qozonxon lashkarida xizmat qilardi. Onasi Takina begim naslu nasab jihatidan aslzodalardan bo’lib, buxorolik mashhur faqeh Toj ash-sharia taxallusi bilan tanilgan Ubaydulla ibn Ma’sudning avlodi edi. U jahonga hukmdor bo’ladigan farzand ko’rishi haqida birinchi bo’lib avliyo shayx Shamsuddin Kuloldan eshitgan edi.

Muhammad Tarag’ay o’g’lining ilm olishiga juda kata e’tibor berdi. Temur to’qqiz yoshga to’lganda, Keshdagi barcha ulamo va fozillarning oldida imtihon qilingan va u sinovdan muvaffaqiyatli o’tgach, xofiz unvonini berganlar.

To’qqiz yoshli Temur Qur’oni Karimni yoddan bilardi (shuning uchun hofiz unvonini olgan), u besh vaqt namozni kanda qilmaydigan, maktabdagi barcha o’quvchilarga boshliq bo’lgan obro’li o’smir edi.

H. Vamberi Temurning, tiniq va ochiq turk shevasida yozganligini aytib, bunga “Temur tuzuklari” ni misol keltiradi. Uning boshqa faoliyatlarida bunga yetarlicha dalillar bor. Chunonchi, Amir Temur biror mamlakatga yurish qilish oldidan tirik guvohlardan tashqari o’sha mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid ma’lumotlar va yozma manbalarni shaxsan o’rganib, turli axborot va hujjatlarni aniq qilib, tegishli xulosalar chiqargan.

O’sha paytlarda Movarounnaxrdagi og’ir siyosiy vaziyatdan foydalanmoqchi bo’lgan Tug’luq Temurxon Qarshi vohasiga bostirib kiradi. Ko’pgina mualliflar aynan shu vaziyatda Amir Temur harakterining bahodir podsholarga hos qirralari namoyon bo’lganiga nima uchundir kam e’tibor qaratdilar. Holbuki, bu hodisa Sohibqiron hayotidagi muhim bosqich hisoblanadi. Uning o’sha paytdagi holati quyidagi dalil-isbotlarda yaqqol ko’zga tashlanadi:

-dushman bostirib kelganda, yurtni tashlab qochishni o’zi uchun or sanadi;

-g’alaba askarlar soning ko’p bo’lishi bilan emas, to’g’ri tadbir orqali qo’lga kiritilishini yodda tutdi;

-vaqtincha dushmanga tobe bo’lish yutqazish emasligini angladi;

- Hoji Barlos va boshqa amaldorlarga “Tug’luq Temurxonning huzuriga borsangiz ikki foyda, bir ziyon bordir. Xuroson tomonga o’tib ketishini (esa) ikki ziyoni, bir foydasi bordir” 7 deya donolarcha maslahat berdi.

Keyinchalik Hoji Barlos Xurosonga qochib, halok bo’lgach, ozining tadbiri to’g’ri ekanligiga yana bir karra qanoat hosil qildi.

Movarounnahr hokimligiga da’vogar amirlar ko’p edi. Nima uchun bu mavqega aynan Amir Temur ko’tarila oldi, degan savolga javob izlaylik. To’g’ri, uning taqdirida bunday qismat avvaldan yozilgan edi, deyish oson. Ammo bunda eng muhim jihat- Sohibqironning barcha hatti-harakatlaridagi adolat mezonidir, zero, xox siyosiy, xox ijtimoiy va xox ma’rifiy sohalarda bo’lsin, u har bir ishga, birinchi navbatda, hozirgi siyosiy atamalar bilan aytganda, umuminsoniy va milliy qadriyatlar hamda tamoyillar bo’yicha yondashdi. O’sha suronli davrlarda, ya’ni 1365-1370 yillar orasida Sohibqironning davlat tuzish borasida oldida turgan eng muhim muammolar quyidagilar edi:

-avvalo Movarounnahrni chingiziylar zulmidan butunlay halos etish (bunda Ilyosxo’jani oradan ko’tarish, uni yo’q qilish ko’zda tutilardi);

-amir Husaynga istagan viloyatini berib, uni nzaorat ostida tutish;

-turli viloyatlarda “qo’g’irchoq” hukumatlar tuzib, Movarounnahrni parokanda etgan amirlarni itoatga keltirish:

birinchi galda ular bilan murosayu madoraga borish, ikkinchi davra sulh tuzish va uchinchi galda jangu-jadal bilan bo’ysundirish;

-mamlakat chegaralarini mustahkamlash, o’z davlati uchun munosib poytaxt tanlash, uni obod etish;

-qo’shinni tartibga keltirish, oziq-ovqatdan tortib, navkarlar maoshini to’lashgacha bo’lgan barcha ishlarni hal etish.

U o’zining o’n ikkinchi kengashida “to’g’ri chorayu tadbir ishlatib, Ilyosxo’ja lashkarini sindirdim” 8, deb yozadi. O’n uchinchi kengashda o’qiymiz: “Jete lashkarlari urushda yengilganiga iqror bo’lganidan keyin, ikkinchi bor jang qilishga botina olmadi, «chorasiz qolgan Ilyosxo’ja Xo’jand suvidan o’tib ketdi»9.

Shundan so’ng Amir Temur saltanat mustaqilligini mustahkamlashga kirishadi. Bu to’g’risida “Tuzuklarda” da shunday yoziladi: «Kengashlarim o’zini shavkatli, buyuk amir deb hisoblagan va boshqa amirlardan o’zini ulug’roq bilayotgan amirlarni itoat ettirib, bo’ysundirishga qaratilgandi»10

Boshqa amirlar ham, yoki kengash bilan, yo urush, yoki diplomatik yo’llar bilan bo’ysundiriladi. 1370 yilning 9 apreida Balxda o’tkazilgan Qurultoyda turli urug’lar, qavmlar va viloyatlar yetakchilari uni qadimgi turk odati bo’yicha oq kigizga o’tkazib, Movarounnahr amiri deb e’lon qiladilar. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, yangi manbalarda bu voqea boshqacha tarzda keltiriladi. Jumladan, «Qissai Temur»da ta’riflanishicha , «jetelar» tor-mor keltirilib, bir vaqtlar Temurning ittifoqchisi bo’lib, keyinchalik uning dushmaniga aylangan, Amir Qozag’onning nabirasi, o’sha paytdagi Balx hukmdori bo’lib turgan Amir Husayn ham halok bo’lgach, o’sha davrda ta’siri kuchli bo’lgan uch hukmdor- Badaxshon hokimi Shoh Muhammad Badaxshiy, Xatlon hokimi Amir Kayxusrav Xuttaloniy va o’zini ming oilalik sulduzlar urug’ining boshlig’i deb bilgan amir Shayx Muhammad Bayon sulduz Movarounnahr hukumdorligiga da’vo qiladilar.

Sohibqiron Amir Temur Najmiddin Kubro, Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband tariqatlarini yaxshi bilgan, uni keng targ’ib etishga shart-sharoit yaratgan. Bu borada X.Nazarovning: «Tariqat Temur davlatida mafkuraning asosini tashkil etgan va qonuniylikni, adolatni g’oyaviy himoya qilgan», - degan fikrlarni ma’qullaymiz.11

Temurning ijtimoiy-siyosiy tamoyillari tizimini yanada batafsilroq bayon qilsak, quyidagi manzara hosil bo’ladi:

1.Amir Temur iqtisodiyotini har qanday saltanat poydevori, deb tushungan. «Davlatu saltanat, - deb ta’kidlaydi Temur o’zining «Tuzuklari»da, - uch narsa bilan- mulk, xazina va lashkar bilan tirikdir». Bu bilan Temur davlatining yashashi va uning ijtimoiy rivoji uchun, avvalo, iqtisodiy imkoniyatlarga ega bo’lish zarurligini ta’kidlaydi.

2. Amir Temur har bir mamlakat, o’zining turli iqtisodiy manfaatlaridan kelib chiqib, barcha mintaqalarda, o’zgarib turuvchi talab va ehtiyojlarni o’ganishi, ular xususida to’la ma’lumotlarga ega bo’lishi hamda o’zlari tijoriy aloqaga kirishgan o’lkalarning iqtisodiy xususiyatlarini hisobga olishi lozim deb hisoblaydi.

3. Amir Temur asosiy ishlab chiqarish vositasi bo’lgan yer va yer egaligiga katta e’tibor berdi va har bir viloyatni idora qilishda davlat, vaqf, xususiy yer egaligi tizimini saqlab qoldi va bunda yer maydonining miqdori hamda egalik huquqini davlat manfaatlari foydasiga tutib o’zgartirishga harakat qildi.

4. Temur kishilar mehnatining yaratuvchanlik jihatini nazarda tutib, uni ijtimoiy qadriyat deb tushundi.

5. Amir Temur iqtisodiy tamoyillar tizimidagi moliya masalalariga katta e’tibor bergan. “Moliya” Temur nazarida, davlatning iqtisodiy tayanchi hisoblangan.12

Amir Temur butun umri davomida o’zining ham ichki, ham tashqi siyosatida bu buyuk hikmatlarga sodiq qoldi. Xuddi shu “rosti-rasti”, ya’ni “haqgo’y bo’lsang najot topasan” hikmatini Ibn Arabshohning yozishicha, Amir Temur o’z tamg’asiga muhr sifatida o’rnatilgan edi.13


Manbalarda berilgan ko’pgina ma’lumotlar Amir Temur davlatining tuzumi mutlaq monarxiya degan xulosaga olib keladi. Sohibqiron “Tuzuklari”da davlat boshqaruv tuzumini muxofaza qilishning 12 qonuun-qoidasini bayon qiladi:

1.Podshoh hukmdor o’z so’ziga ega bo’lgan, ishini o’zi bilib qilsin, ya’ni raiyat podshoning aytgani aytgan, degni degan, hech kimga uning aralasha olmaydi, deb bilsin. Garchi yaxshi so’zni hammadan eshitish zarur bo’lsa ham, boshqalar saltanat ishlarida podshoxga sherik yoxud ustun bo’lmasliklari shart

2.Sulton har narsada adolatpesha bo’lsin, qoshida insofli, adolatli vazirlar saqlasin, toki podshox zulm qilgudek bo’lsa, odil vazir uning chorasini topsin. Agarda vazir zolim bo’lsa, ko’p vaqt o’tmay, saltanat uyi qulaydi14

3. Butun mamlakat buyruq, farmon berish ishlari podshoning o’z ixtiyorida bo’lishi lozim. Podshoh har ishda o’zi hukm chiqarsin, toki hech kim uning hukmiga aralashib, o’zgartira olmasin.

Mutloq monarxiya tuzumining xususiyati bo’lgan bu qoida ba’zan, o’zgargan hollarnni ham ko’ramiz. Amir Temur zafarli yurishlari vaqtida itoatsizligi uchun o’limga hukm etgan ko’pchilik hokimlar, podshoxlarning gunoxini kechirishni so’rab, vazirlari yoki aybdorning onasi, aka, ukalari, qarindoshlari o’rtaga tushganlar va Sohibqiron oliyximmatlik bilan ularni kechirgan. Uch boa afvdan keyin ham unga qarshi bosh ko’tarsa, yana o’limga hukm etgan.

4. Podshoh o’z qarorida qat’iy bo’lsin,ya’ni har qanday ishga qasd qilar ekan, to bitirmagunicha, undan qo’l tortmasin.

5.Podshoh hukmi joriy(ijro) etilishi darkor, ya’ni qanday hukm chiqarilishidan qat’iy nazar, amalga oshirishi kerak. Biron kimsa garchi hukmni zararli, deb bilgan bo’lsa ham, unga monelik qilolmasin. Bunga misol sifatida Sulton Mahmud G’aznaviyning “chiqargan hukmidan qaytmaymen”, degan so’zini keltiradi. Mutlaq monarxiya tuzumiga xos bu odat Forobiy aytgan johil shahar hukmdorining ishlariga o’xshaydi. Chunki adolatli podshox birinchi navbatda raiyatning axvolini yaxshilashni o’ylashi kerak.

Amir Temur ham hukmdorlik yillarida adolatli iltimoslarini qabul qilgan va ba’zi qarorlarini o’zgartirgan. Shomiy yozishicha, Amir Temur Rum sultoni Boyazidga yo’llagan maktublarida har gal talab qilgan boj-xiroj miqdorini kamaytirgan. Ammo Boyazid bu yaxshilikni qabul qilmagan.

6. Podsholik ishlarini tamoman boshqaga topshirib, erkni unga berib qo’ymasin. “Magar shunday qilar ekan, o’zganing nafsi tez orada podshoh bo’lmoqni tilab, saltanat taxtini o’zi egallamoqqa kirishadi”. Bu oqilona qoida, albatta, barcha davlat tuzumlari uchun ham muhim ahamiyatga egadir.

7. Saltanat ishlarida (hukmdor) har kimning so’zini eshitsin, har kimdan fikr olsin, qaysi biri foydaliroq bo’lsa, uni ko’ngil xazinasida saqlab, vaqtida ishlatsin.

8. Saltanat ishlarida, sipohu raiyatga bog’liq masalalarda boshqalarning so’z va fe’liga qarab amal qilmasin.Vazirlar, amirlar biron kimsa haqida yaxshi-yomon so’z qilar ekanlar, eshitsin. Lekin uni amalga oshirishda butun haqiqat ayon bo’lmaguncha ishonmay tursin, muloxaza bilan ish tutsin.

9. Podshoh haybati sipohu raiyat ko’nglida shunday o’rnashgan bo’lishi kerakki, uning amr-farmoniga hech kim qarshilik qilishga jur’at etolmasin.Itoat va tobelik qilib, isyon ko’tarmasin.

10. Podshoh nima qilsa, o’z erkicha qilsin, nima desa o’z so’zida qat’iy tursin, chunki podshohlarning haqi-hurmatidan boshqa baxramandliklari yo’qdir. Xazina, lashkar, raiyat, saltanat – bularning bari uning hukmi ostidadir.

11.Saltanat ishlarida, hukm yurg’izishda podshoh o’zini yagona bilib, hech kimni o’ziga saltanat sherigi qilmasin.

12. Podshox majlis axlidan ogoh va xushyor bo’lsinki, ular ko’pincha ayb axtarib, tashqariga gap tashiydilar. Podshoxning so’zidan, ishidan vazirlarga, amirlarga habar berib turadilar.

Amir Temurning davlat tuzumini belgilovchi bu muhim qoidalarda mutlaq monarxiya tuzumi yaqqol ko’rinib tursa-da, Sohibqiron davlat arbobi sifatida insof, adolatli, bag’rikeng, oliyhimmatli, buyuk va kamtarin tarixiy shaxs edi.


Umumta’lim maktablari tarix darslarida loyiha metodi asosida darsni tashkil

qilish ta`lim berish samaradorligini oshiradi. Ta’lim samaradorligini oshirishda,

xususan, loyihalash usuli eng samarali hisoblanadi buning natijasida o’quvchilar ongida ma`lumotning 75% i saqlanib qoladi. O’quv-amaliy mashg’ulotlarning o’quvchilar tomonidan olib borilishi undan ham samaraliroq hisoblanadi, bunda90% ma`lumot o’zlashtiriladi. Shu sababli o’quv jarayonini loyiha metodi asosida tashkil qilish o’quvchilarning mavzu yuzasidan oladigan bilim va ko’nikmalarniolish samaradorligi oshiradi.15

Amaliy mashg’ulotning ta’limiy maqsadi: Bo’lajak tarix fani o’qituvchilarida

“Umumta’lim maktablarining 6-sinf tarix darslarini loyihalash” mavzusida darsni loyiha metodi asosida o’qitishning o’quv va ko’nikmasini sh akllantirish, dars o’tishda foydalaniladigan vositalarni bilish va aniqlashtirish, darsni loyiha metodi asosida o’tish ko’nikmasini rivojlantirish, 6-sinf tarix darsliklarida insoniyat tarixining dastlabki davridan to g’arbiy Rim imperiyasining qulashigacha,ya’ni milodiy 476 yilgacha bo’lgan davrning tarixi o’qitish. Amaliy mashg’ulotning tarbiyaviy maqsadi: Tarixiy, madaniy-estetik tarbiya berish asosida o’quvchilar dunyoqarashini kengaytirish, madaniy, ma’naviy merosni asrash ruhida tabiyalash Amaliy mashg’ulotning rivojlantiruvchi maqsadi: Bo’lajak o’qituvchida 6-sinf tarix darslarni o’qitishda loyiha metodidan foydalanish ko’nikmasini hosil qilish.

- Bo’lajak o’qituvchida ushbu mavzu boyicha foydalanidigan manba, adabiyot va boshqa vositalar boyicha tushuncha hosil qilish;

-Tarix fani sohalarini solishtirish malakasiga ega bo’lish;

- Darsni tashkil etish metodikasi boyicha zaruriy bilimlarni kengaytirish;

Izoh. Talaba kelajakda o’rta maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejida

tarix fani o’qituvchisi sifatida mehnat faoliyatini amalga oshirishi sababli loyiha metodi asosda tarix darslarini o’tish ko’nikmiasiga ega bo’lishi kerak. Amaliy mashg’ulotda talaba maktab dasturidan kelib chiqqan holda mashg’ulotda o’quvchi roliga kiradi.

Bo’lajak tarix o’qituvchisiga ushbu fanning birinchi darsida umumta’lim

maktablari tarix darsliklaridagi mavzularni tahlil qilib, loyiha metodi asosida

tayyorlash uchun mavzular taklif qilinadi. Maktab o’quvchilari ushbu mavzular yuzasidan loyihani bajarishda maktabning tajribali tarix fani o’qituvchilari, shuningdek, oliy o’quv yurti professor-o’qituvchilaridan ham metodik yordam olishlari mumkin. Talabalar amaliy mashg’ulotni bajarish uchun tavsiya etiladigan 6-sinf tarix darsligidan loyiha metodi asosida o’tiladigan mavzulari:

1. Urug’chilik jamiyati 2. Qadimgi Misr dini

3. Mesopotamiya sivilzatsiyasi

4. Qadimgi Yunoniston ravnaqi

5. Qadimgi Yunoniston madaniyati

6. O’rta Osiyoga Ahamoniylarning bosqinchilik yurishlari

Izoh. Tavsiya etilayotgan mavzularning nomlari o’quv loyihasida o’zgarishi

ham mumkin. O’quv loyihasini bajarish mobaynida mavzu yuzasidan izlanish, materiallarni to’plash asosida olingan bilimlardan kelib chiqqan holda o’quv loyihasi mavzu doirasidan chiqishi mumkin.16

Ushbu amaliy mashg’ulotda talabalar umumta’lim maktablarining 6-sinf tarix fanidan “O’rta Osiyoga Ahamoniylarning bosqinchilik yurishlari” mavzusidagi loyiha metodi asosida o’tiladigan dars mashg’uloti tahlil qilinadi.

Amaliy mashg’ulotda talabalar umumta’lim maktablarining 6-sinf tarix

fanidan “O’rta Osiyoga ahamoniylarning bosqinchilik yurishlari” mavzusidagi

loyiha metodi asosida o’tiladigan dars mashg’uloti tahlil qilinadi.

O’quv loyihasi: “O’rta Osiyoga axamoniylarning bosqinchilik yurishlari“

6-sinf o’quvchilarining yoshi, qobiliyati va psixologik holatiga mos ravishda

o’quv loyihalari tanlanishi kerak. 6-sinf o’quvchilarida tarixiy tasavvur va

tushunchalar mavjud bo’lmaydi, shu sababli tarix o’qituvchisi o’quvchilarda ilk tarixiy tasavvur va tushunchalarni shakllantirishni maqsad qilib qoyadi. 6-sinfda tarix fanini o’qitishda insoniyat tarixining ibtidoiy tarixidan to milodiy 476 yil ya’ni G’arbiy Rim imperiyasi qulagangacha bo’lgan muhim tarixiy voqealarini loyiha metodi asosida o’rganish ko’zda tutiladi. 6-sinf o’quvchilarga tavsiya etiladigan manbaa va adabiyotlar o’quvchining yoshiga mos, sodda va tushunarli bo’lishi kerak. O’quvchilar loyihani bajarish jarayonida ota-onalar yordamiga suyanadi. Bu ota-ona va o’quvchi o’rtasidagi muloqot vaqtini ko’paytiradi.

Loyiha doirasida yechilishi kerak bo’lgan muammo: Miloddan avvalgi 6-4 asrlarda Vatanimiz tarixi to’g’risida, xalq ozodligi uchun chet el bosqinchilariga qarshi kurashgan xalq qahramonlari jasorati to’g’risida tasavvur, tushuncha va tarixiy bilim hosil qilish.

Loyihaning maqsadi: Vatanimizning qadimgi tarixi to’g’risida o’quvchilarda

tarixiy bilim hosil qilish.

Vazifalar:

1. Mavzuga doir adabiyot va manbalarni to’plash.

2. Matn va axborot manbalari bilan ishlash.

3. Mavzuga doir slayd tayyorlash, hikoya tuzish, taqdimot

Loyihani amalga oshirishdan erishiladigan natija o’quvchilar To’maris, Shiroq va

Spitamenning jasoratlarini mavzusini o’rganish jarayonida mavzuga doir manba va adabiyotlarni to’plash, ularni tahlil qilish, darslik matni va axborot manbalari bilan ishlash, mavzuga doir slayd tayyorlash, tarqatma materiallar tayyorlash, krossvord tuzish, loyiha taqdimotini tayyorlash ko’nikmalariga ega bo’lish. Loyihadan foydalanuvchilar: Umumta’lim maktablari tarix fani o’qituvchilari, “Tarix o’qitish metodikasi” ta’lim yo’nalishi talabalari va maktab o’quvchilari. Loyihaning tarkibi: Taklif etilayotgan ushbu tarkibiy tuzilish “O’rta Osiyoga Ahamoniylarning bosqinchilik yurishlari” mavzusining namunaviy shakldagi ko’rinishi bo’lib, uning shakllantirishda umumta’lim maktablari tarix fani o’qituvchilari, “Tarix o’qitish metodikasi” ta’lim yo’nalishi talabalari o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda yondosh usul va vositalardan foydalanib mavzuni yoritishi mumkin.

Talabalar uchun loyihalashtirish faoliyatini bosqichma-bosqich bajarish uchun

uslubiy ko’rsatma:

Mavzuning dolzarbligi: Tarix o’qitish jarayonida o’quvchilar o’zbek xalqining boy tarixini, qadim ajdodlarimizning kim ekanligini, qadim ajdodlarining Vatanni himoya qilish yo’lida olib borgan fidokorona xizmatlarni yoritish.

Loyiha doirasida yechilishi kerak bo’lgan muammo: Vatanimiz tarxida mustaqillik

uchun olib borgan ozodlik qahramonlarining vatanparvarlik kurashini yoritish va

o’quvchilar ongiga singdirish.

Loyihaning ob’ekti: Maktab, akademik litsey, kasb hunar kollej, oliy o’quv yurti, ARM, muzey 6-sinf tarix darslarida “O’rta Osiyoga Ahamoniylarning bosqinchilik

yurishlari” mavzusini o’quvchilarga o’tish jarayonida loyiha metodini qo’llash, natijalarni taqdim qilish uchun Power Point da taqdimotga tayyorlash boyicha quyidagi shakldan foydalanish ko’zda tutiladi.

Power Point da taqdimotga tayyorlash jarayoni quyidagilardan iborat:

- taqdimot turini tanlash;

- taqdimotni umumiy rasmiylashtirishni tanlash;

- slaydlarning mazmunli tomonlarini tanlash;

- yangi slaydlarni qo’shish;

- slaydlarni belgilashni tanlash;

- zarur bo’lganda slaydlarni rasmiylashtirishni o’zgartirish;

- slaydlarni namoyish etish vaqtida turli ovozli animatsiyalarni yaratish.

Slaydlarni texnik namoyish etish quyidagi tavsiflarga javob berishi kerak:

Slaydlar miqdori (8-12).

Slaydlarning mazmunli ko’rsatkichlari:

- birinchi slayd: loyiha nomi, muallif familiyasi, -o’quv guruhi, yaratilgan

kunidan iborat;

- oxirgi slayd axborot manbasiga bag’ishlangan;

- boshqa slaydlar loyiha mazmunini ixtiyoriy shaklda aks ettiradi.

- Slaydlar o’z-o’zidan ishlash tartibida namoyish ettiriladi.

“O’rta Osiyoga Ahamoniylarning bosqinchilik yurishlari” mavzusini loyiha

metodi asosida o’tishda hikoyalar tuzish orqali o’quvchilarning bilim va

ko’nikmalarini o’stirish samaralidir. Hikoya metodi yordamida tarixiy, voqea va xodisalarni jonli tasvirlashga aytiladi, bunda o’qituvchining jonli so’zi muhim o’rin tutadi. Hikoya metodi bilan o’quvchi tarixi jarayonlar, voqea va xodisalarni, atrofni o’quvchilar ongida jonli tasvirlarni shakillantirishda, o’quvchilar tarixiy shaxslar, o’rganilayotgan davrni o’zida aks ettirgan ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy hayot bilan, turli hil tarixiy shaxslar bilan, turli xil tarixiy davlatlardagi aholining hayoti va faoliyati bilan tanishtirishda foydalanadi. Hikoya metodi quyidagi talablarga javob berishi zarur:

-hikoya qilinishi lozim bo’lgan tarixiy voqea va xodisalar oldindan tanlab

olinishi lozim;

-hikoya o’quvchilar ongida o’rganilayotgan tarixiy voqea va xodisalar haqida

aniq tasavvur xosil qilishi lozim;

- hikoya ishonchli bo’lishi lozim, asosiy ma’lumotlar ikkinchi darajali

ma’lumotlardan ajralib turishi zarur;

- hikoya davomida turli xil ko’rgazmali qurollardan foydalanish kerak;

- 5-sinflarda ko’proq o’qituvchi o’zi tarixiy voqea va xodisalar xaqida

hikoya qilib berishi kerak;

-hikoya tarix fanining eng so’ngi yutuqlaridan foydalangan xolda bayon

qilinishi lozim;

- hikoya g’oyaviy siyosiy jixatdan to’g’ri yo’naltirilgan bo’lishi kerak. Unda

darslik va ilmiy-ommabop materiallar, kundalik matbuotda e’lon qilingan

ma’lumotlardan foydalanmoq zarur.

Hikoyaning samaradorligi ko’p xollarda o’quv materialini tanlashga dalillar

va umumlashmalarni to’g’ri nisbatiga bog’liq. Hikoya davomida o’qituvchi turli xil ma’lumotlarni bayon qilish davomida asosiy va eng muhim narsalarni, ya’ni tarixiy voqea va xodisalarning mazmuni va mohiyatini esdan chiqarmasligi kerak. Beriladigan ma’lumotlar qancha ko’p va qiziqarli bo’lmasin agar ular bir tizimga solinmagan bo’lsa, ular orasidagi aloqalar va bog’liqliklar ochilmasa va tegishli xulosalar qilinmasa hikoya ko’zda tutilgan samarani bermaydi. Dalillar, xulosa va umumlashmalarni mustaxkamlashi va aniqlashtirish va o’quvchilarni o’zlashtirishini osonlashtirish lozim. Hikoya yaxshichiqishi va samarali bo’lishi uchun bayon davomida xarita, rangli tasvirlar, maketlar va boshqa materiallardan foydalanish zarur. Ko’rgazmali qurollar o’qituvchi hikoya yordamida shakillantiriladigan tasavvurlarni to’ldiradi va aniqlashtiradi. Hikoya davomida tarixiy voqea va xodisalar, tarixiy yoki afsonaviy shaxslar tasvirlangan rasmlardan ham foydalaniladi. Hikoyadan darsning turli bosqichlarida foydalaniladi. Ba’zida hikoya dars jarayonida mustaqil o’rin ham egallashi mumkin, uning turli bosqichlarida tushintirish metodini qo’llash mumkin. Ayrim xollarda o’qituvchi qisqa hikoyadan tushuntirishga o’tishi mumkin. V-VII sinfarda mavzular ko’proq tasviriy tarzda hikoya qilib beriladi. VI-VII sinflarda tarixiy jarayonlar va hodisalarni tasvirlash, sharxlash ilmiy dalillar bilan qo’shib olib boriladi, V-VI sinflarda 3-10 minut, VIVII sinflarda 10-15 minut, VIII-IX sinflarda 15-20 minut bo’lishi lozim.17


Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling