Mmavzu: Amir Temur saltanatida davlat boshqaruvi va harbiy tizim mavzusini o‘qitishda grafik organayzerlardan foydalanish Mundarija


Kurs ishining o’rganilish darajasi


Download 1.13 Mb.
bet4/13
Sana02.01.2022
Hajmi1.13 Mb.
#201129
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
NAMUNA

Kurs ishining o’rganilish darajasi:

Amir Temur davlati, davlat tuzumi, huquqiy-siyosiy merosi tarix istehzosiga ko’ra Vatanimizda kamroq o‘rganilib, horijda ko’proq tadqiq etilgan. Vatanimizda, sobiq SSSR mustamlakachilikka asoslangan qatag’on tuzumi mafkuraviy shovinistik aqidalariga ko’ra bunga yo‘l qo’yilmaganligi, mavjud tadqiqotlar juda bir taraflama, g‘arazli va dushmanlik ruhida amalga oshirilgan edi. “Biz boshimizdan o‘tkazgan mustabid tuzum tufayli shunda bir ahvolga tushib qolgan ediki, ulug’ ajdodimizning tarixi va faoliyatini, bashariyat rivojiga qo‘shgan hissasini bugungi kunda horijda- AQSH, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Hindiston,Turkiya, Eron, Pokiston va boshqa mamlakatlarda bizning o‘zimizdan ko‘proq bilishadi. Bizlar, ya‘ni Amir Temurning vatani bo’lmish shu zaminda o‘sgan odamlar, uning faoliyatini juda oz bilamiz. Aytinglar, aziz do‘stlar, bundan ham ortiqroq adolatsizlik; noinsoflik bo‘lishi mumkinmi? Bu holat bizning mustamlaka zulmida yashaganimizning isboti, bizni buyuk tariximizdan butunlay judo qilishga intilishlarning oqibati emasmi?” 2

Amir Temur davlati, uning idora va boshqaruv usullari, davlat tuzumi muammolari uning barcha zamondoshlari- o‘z vatani Turkistonda ham, qardosh arab-musulmon davlatlarida ham, Xitoy, Hindiston, G‘arbiy Yevropada ham davlat siyosati darajasida o‘rganilgan, tadqiq etilgan Nizomiddin Shomiy, Ibn Arabshoh, Ibn Xaldun, G‘iyosiddin Ali, Hafiz Abru, Muiniddin Natanziy, Sharafiddin Ali Yazdiy, Abdurazzoq Samarqandiy, Ulug’bek, Bobur, Mirzo Haydar Dug’lot, Mirxond, Hondamir, Fasix Xavofiy, Navoiy, Abulg‘oziy Bahodirxon, Ahmad Donish, Abu Tohirxoja, Somiy va boshqa buyuk tarixchilarimizning manbaviy bundan dalolat beradi.3 Keyingi temuriyzoda, boburiyzodalar sulolasida esa Amir Temur davlat tuzumini o‘rganilib qolmay, uni rivojlantirib, amal qilish davlat siyosati- “Davlat siri” darajasida yuksak maqomda tug‘ilganini “Temur tuzuklari” ning ibratomuz va hayratomuz taqdiri tasdiqlaydi.

Biz uchun eng muhimi shundaki, “Temur tuzuklari”ning endilikda bizning qo‘limizdagi nusxasi Temur davrida, uning amri bilan “Nizomiy Shomiy ixtiyoriga topshirgan yakkayu yagona manba”4 – arxiv manbalari asosida tuzilganligi, ikkinchi bor esa Makka va Madina qo‘lyozma kitob xazinalarida “Abu Tolib al-Husayniy Amir Temurning turkiycha tilda yozilgan xotiralarni asl nusxasiga duch kelib, uni qo‘lga kiritganligi”ligi va undan forsiyga o‘tirilganligi, uchinchi bor esa, boburiy Sulton Nuriddin Jahongir (1605-1627 y) topshirig‘i bilan “Tuzuklar”ning forscha tarjimasi Muhammad Hofz al-Buxoriy tomonidan temuriylar va boburiylar saroy arxivlaridagi matnlar hamda Sharofuddin Ali Yazdiy yozgan “Zafarnoma”sining ishonchli qo‘lyozmasi asosida qiyosiy tekshirib tuzatib, Husayniyning ortiqcha bayonlarini chiqarib tashlab, aksincha uning qaysidir sabablarga ko‘ra tushirib qoldirib ketilgan ayrim xabarlarni kiritgan” asl nusxaga eng yaqini ekanligidir.5 Bu esa “Temur tuzuklari”ning saroy arxiv matnlari, qo‘lyozma sifatidagi manbaviy qiymatini va ilmiy ahamiyatini ortiradi, ishonchli va birlamchi manba sifatida foydalanish imkonini beradi.

Qolaversa, O‘rta asrda O‘rta va Yaqin Sharqda arab-musulmon mualliflari Taqiyuddin Ahmad ibn al-Makriziyning “As-Suluk ma’rifat duval al-muluk” (“ Ulug’ mamlakatlar-u davlatlarni bilishda yetuk qo‘llanma”), Shahobiddin Ahmad ibn Ali al- Qalqashandiyning “ Subh al-ashafi-sinat al-insha” (Insho sa’nati sirlarini bilishda tong nasimi”), Jaloliddin Yusuf ibn Tag‘riberdining “Al-Nujum az-Zaxira fi mulki Misr val-Qaxira” (“Misr va Qohira davlati haqida yuzaga chiqqan yulduzlar”), Abdurahmon ibn Xaldunning “Kitab al-ibar” (Ibratlar kitobi), Ibn Arabshohning “Ajoyib al-maqdur fi tarixi Taymur” (Temur tarixida taqdir ajoyibatlari) kitoblari nafaqat Temur davlatining huquqiy-siyosiy, davlatchilik ta’limotlari haqida eng ishonchli manbaviy ma’lumotlar beradi. Temur davlat tuzumi haqida tarixiy-manbaviy guvohlik beradigan O‘rta asr g‘arbiy yevropalik mualliflar Rui Ganzales de Klavixoning “Amir Temur saroyiga sayohat kundaligi, 1403-1406”, Ioxan Shiltbergerning“Yevropa, Osiyo va Afrika bo‘ylab sayohatlar”,

X.Vamberining “Buxoro yohud Movarounnaxr tarixi”, L.Lantlening “Temur hayoti” asarlari ham Sohibqiron shahsi, u qurgan davlat tuzumining huquqiy-siyosiy jihatlarini o‘ganishda muayyan darajada yordam beradi.

Vatanimiz, Turkistonda esa 1917 yili to‘ntarishgacha, Amir Temur va qurgan davlat tuzumini o‘rganish, tadqiq etish, baholash umummilliy ko‘lamda qanchalik yuqori bo‘lganligini quyidagi ikkita misolda ko‘rish mumkin.

Avvalo, yuqorida nomlari zikr etilgan dunyoga mashhur tarixchilar Amir Temur va uning davlat tuzumi haqida nafaqat ilmiy, siyosiy-shavkati xalq qalbida e’zozlanganligi , aziz va muqaddas tutilganligini ifodalovchi “Manzumai turk” (XIV-XV asrlar), “Malfuzoti Amir Temur”, “Temurnoma” (Solihxoja Toshkandiy – XIX asr) kabi xalq og’zki ijodining nodir namunalari yaratilgan.

Amir Temur va uning davat tuzumi to Chor mustamlakachillik, hatto Sho’ro qatag’on davrining avvalarigacha eng mashhur rus olimlari, shu jumladan V.Bartold, A.Yakubovskiy, M.Ivanin, L.V.Stroeva va boshqalar tadqiqotlarida markaziy o‘rinni egallab kelgan edi. Xorijiy yevropada, hatto hozirgi kunda ham Sohibqiron siymosi X.Hukhem, L.Keren, T.Nagel kabi olimlar ilmiy monografik tadqiqotlari bosh mavzusini tashkil etib keldi.

Vatanimiz mustaqillikka erishmasdan avval, ayniqsa Sho‘ro davrida 40-50 yillardan so‘ng Amir Temur va uning davlati mavzusi yo umuman tadqiq etilishiga yo‘l qo‘yilmas, yoki faqat qoralash, yovuzlik, zulm timsoli sifatida tilga olinar edi.

Demak, umuman Temur, temuriylar, boburiylar davlat tuzumi, idora va boshqarish usullarini tadqiq etish xorijda, qo‘shni mamlakatlarda XIV-XV asrlardan boshlanib, to shu kunlargacha to‘xtagani yo‘q.


  1. Amir Temur hayotligida va undan so‘ng yozgan temuriylarning rasmiy tarixchilarini istisno qilsak, mualliflar- Ibn Arabshoh, Ibn Haldun, Mirzo Ulug’bek, Mirzo Bobur, Mirzo Haydar Dug‘lot, Alisher Navoiy, Klavixo, Ioxan Shiltberger.

  2. XIX-XX asrlar fransuz va G‘arbiy Yevropa temurshunoslari- L.Keren, L.Langle, A.Vamberi, rus olimlari akademik V.Bartold, A.Yakubovskiy, Grekov, M.Ivanits, L.V.Stroeva, P.Ivanov va boshqalarning Temur va temuriylar haqidagi tadqiqotlari.

  3. XX asr Sharq mamlakatlarida, ayniqsa arab, fors va turk olimlarining Temur, temuriylar, uning davlat tuzumi to‘g‘risidagi tadqiqotlari- To‘g‘on, Ibrohim Kafesh o‘g‘li, Ismoil aka, Muhammad Shafe, Najotiy Lug‘g‘ol, M.Taroziy va boshqalar

  4. O‘zbekistonda Amir Temur merosi, faoliyati, uning davlatchilik usullari haqidagi tadqiqotlar:

  1. Sho‘ro davrida akademik I.Mo‘minov, A.Ahmedov, M.Abduraimov, A.O‘rinboyev, D.Jalilova, T.Fayziyev.

  2. Mustaqillik davrida- B.Ahmedov, A.Ahmedov, S.Azimjonova, T.Fayziyev, D.Yusupova, U.Uvatov, A.Muhammadjonov, O.Bo‘riyev, P.Ravshanov, A.Zohidiy, X.Dadaboyev, Sh.Uljayeva va boshqalar.




Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling