Mámleketlik universiteti ekologiya hám topıraqtanıw kafedrası


Shahar atrofidagi ko’kalamzor zonalar


Download 1.26 Mb.
bet27/49
Sana13.03.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1266360
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   49
Bog'liq
OMK qq(1)

Shahar atrofidagi ko’kalamzor zonalar.
Shahar atrofini ko’kalamzorlashtirish ham dolzarb masala hisoblanadi. Bunday yashil zonalar shaharni aylana qilib o’rab olgan bo’lishi yoki malum yo’nalishda bo’lgani maqul. Masalan: Moskva shahri atrofida 50 km radiusda, Leningrada 70 km, Kievda 40-70, Xarkovda 32-66 km ni o’rmonzorlar tashkil etadi. Shahar atrofini ko’kalamzorlashtirish shahar hududini shamoldan asraydi, tabiiy tozalanishni oshiradi, kishilarni dam olishi uchun xizmat qiladi.
Himoya zonalari.
1. 1000 m,
2. 500 m,
3. 300 m,
4. 100 m,
5. 50 m.
İnson xo’jalik faoliyatida o’simliklardan foydalanishda ularga salbiy va ijobiy tasir ko’rsatadi. İnson xo’jalik faoliyatida yangi o’rmonzorlar tashkil etish, madaniy o’simliklarni ko’paytirish, yaylovlarda o’tloqlar sifatini yaxshilash va territoriyasini kengaytirish xisobiga o’simliklar maydonini ko’paytirib boradi. Buning ustiga ilg’or agrotexnikani qo’llab ekilgan ekinlarda biomassa miqdori tabiiy o’simliklarga nisbatan yuqori bo’ladi. Yashil o’simlik maydonlarining miqdori botqoqlik va zaxkash erlarni quritish, tuproq sho’rini yuvish, erlarni sug’orish, o’simliklarga mineral va organik o’g’itlar solish, o’simliklar kasalliklariga va zararkunandalariga qarshi kurashish, madaniy o’simliklarni yangi navlarini yaratish orqali ko’paytirib boriladi. Bularning hammasi insonning o’simliklar dunyosiga ko’rsatayotgan ijobiy tasiridir.
Kishilar faoliyatida o’simliklardan plansiz, pala-partish foydalanish, yong’inlarni vujudga keltirish, turli xil qurilishlar va tog’-kon sanoatining rivojlanishi natijasida o’simliklar maydoni qisqarib, atmosferaning antropogen ifloslanishi, turli xil kimyoviy moddalarni ishlatilishi natijasida o’simliklar xolati yomonlashib bormoqda. Bu kishilarning o’simliklarga ko’rsatayotgan salbiy tasiridir.
1954-yilda o’rmonshunoslarning Hindistonda bo’lib o’tgan xalqaro kongressida o’rmonni nam, suv saqlashdagi juda kata axamiyatini xisobga olib «O’rmon-suvdir, suv-xosildir, xosil esa xayotdir» degan shior olg’a surildi. Darxaqiqat o’simliklar yomg’ir va erigan qor suvlarini ushlab qolib, tuproqqa shimilishiga yordam beradi. Malumotlarga qaraganda 10 000 ga o’rmon 500 000 m3 xajmdagi suvni ushlab qoladi.
O’rmonlar sayyoramiz havosini tozalab, tabiatni yanada go’zal, shifobaxsh qiladi va kishiga madaniy, estetik zavq beradi.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling