Mámleketlik universiteti ekologiya hám topıraqtanıw kafedrası


XIX asrga kelib yer yuzida mavjud bo’lgan shaharlarda salkam 30 million


Download 1.26 Mb.
bet6/49
Sana13.03.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1266360
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
Bog'liq
OMK qq(1)

XIX asrga kelib yer yuzida mavjud bo’lgan shaharlarda salkam 30 million aholi yashagan bo’lib, u butun aholi orasida bor-yug’i 3 foizni tashqil etgan edi.
1900 yili jahondagi shahar aholisi kariyb 225 million, ya’ni 13,6 % ni tashqil etgan bo’lsa, endilikda 50 foizdan ortib ketdi. Ko’rinib turibdiki, urbanizatsiya jarayoni odamlarning hozirgi davrda hududlarda qanday joylashganligini ko’rsatuvchi asosiy belgiga aylandi.
Urbanizatsiya jarayonida shaharlar soni, ayniqsa, yirik shaharlar, shu jumladan, aholisi milliondan oshgan shaharlar soni tez ko’paya boradi.
SHahar aglomeratsiyalari (urbanizatsiya kuchaygan ulkan hududlar), megapolislar (aholi manzillari, ayniqsa shaharlar ko’payishi) aholining qishloqlardan shaharlarga ko’chib kelish jarayonini kuchaytirildi.
Urbanizatsiya jarayoni jahon ahamiyatiga molik global jarayon sifatida qator umumiy belgilar va o’z qonuniyatlariga ega jamiyatning ijtimoiy­-iqtisodiy hayotining o’ziga xos xususiyatlarini namoyon qiladi.
Urbanizatsiya shaharlarda o’ziga xos turmush tarzini vujudga keltiradi, odamlar orasidagi munosabalarga yo ijobiy, yoxud salbiy ta’sir ko’rsatadi
Аholi orasida turli xil kasb-hunarlar paydo bo’lishiga olib keladi, kishilvrning ijtimoiy faolligini kuchaytiradi, ilm-fanga bo’lgan qiziqishlarini orttiradi. Uning yetakchi omillaridan biri — fan-texnika taraqqiyoti aholining hududlar bo’yicha ma’lum darajada tekis joylashishi, shaharlarning moddiy va ma’naviy boyliklaridan jamiyat manfaati yo’lida to’laroq foydalanish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib beradi.
Urbanizatsiya jarayonida aholining qishloqlarda shaharlarga ko’chib kelishi ko’paya boradi.
Bu urbanizatsiyaga xos bo’lgan xususiyatdir. Uning boshqa o’ziga xos xususiyati-ma’lum aholi manzillarida, ayniqsa yirik shaharlarda turli sanoat korxonalarining, o’quv yurtlarining, fan o’choqlari, madaniyat va san’at obidalarining tez ko’payishidir. Ma’lumki, ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan korxonalarning muayyan bir joyda to’planishi fan-texnika taraqqiyoti tizimi bilan ko’shilgan holda xalq xo’jaligi tarkibini o’zgartirib yuboradi va uni murakablashtiradi.
Urbanizatsiyaning ijobiy tomonlaridan biri-xalq xo’jaligi tarkibini o’zgartirish va zarur yo’nalishga solish, uni takomillashtirish hamda aholiga ma’kul tushadigan, uning talab-ektiyojini qondiradigan, kasb-koriga, qiziqishiga mos keladigan mehnat turini tanlash imkoniyatini berishdir.
Qisqasi, urbanizatsiya inson istikomat qiladigan muhitni o’zgartirish, uni takomillashtirishga olib keladi. Moddiy va ma’naviy talab-extiyojiga manfaatdorlikni kuchaytiradya hamda ana shu talab-extiyojlarni kondirish uchun barcha zarur shart-sharoitlarni vujudga keltiradi.
Urbanizatsiya darajasi yuqori xisoblangan mamlakatlar qatoriga qanday mamlakatlar kiradi yoki qanday mamlakatlarni urbanizatsiya darajasi yuqori bo’lgan davlat deyish mumkin?
Xalqaro miqyosda kabul qilingan mezonga ko’ra, urbanizatsiya darajasi yuqori mamlakatlar qatoriga aholisi 100 mingdan ortik bo’lgan shaharlarda aholining uchdan bir qismi yashaydigan mamlakatlar kiradi.
O’rni kelganda shuni aytib o’tish lozimki, aytilgan mezon nuqtai nazaridan kelib chikadian bo’lsak, Urta Osiyo tarkibiga kiruvchi davlatlarning birontasi, shu jumladan O’zbekiston ham urbanizatsiya darajasi yuqori bo’lgan mamlakatlar qatoriga kira olmaydi. O’zbekistonda aholisi 100 mingdan ortiq bo’lgan 17 ta shahar mavjud bo’lib, ularda yashayotgan aholi soni salkam 6 millionga yetadi, bu esa respublika jami aholisining 22 % ga yaqinini tashkil etadi, xolos.
Jahon tajribasida hozirga kadar shahar tushunchasining hamma mamlakatlar uchun xos bo’lgan aniq bir mezoni yo’q desa bo’ladi.
Yirik, xilma-xil sanoat, fan-madaniyat, sanьat markazlari xisoblangan, xilma-xil transport vositalariga ega bo’lgan Mexiko, SHanxay, Nyu-York, Parij, London, Dexli, Rim, Moskva, Kiev, Toshkent kabi ulkan shaharlarni ham, Toshbuloq, Xaqulobod, Navbaxor kabi kichik-kichik manzillarni ham shahar deb atash qiziq.
Bu borada tadqiqrt olib borgan ayrim olimlar shahar makrmini berish mezoni tarzida manzillarning katta-kichikligini e’tiborga olishni taklif etdilar.
Ammo shahar bilan qishloq degan nomni bu yo’l bilan aniqlash imkoni bo’lmadi. Ular da istikrmat qiluvchi aholi soni, ayrim tadqiqotchilar manzillardagi aholi zichligini mezon qilishni ham taklif kilib kurdilar. Ammo bular ham ijobiy natija bermadi. Ma’lumki, ayrim togli hududlarda aholi yashaydigan shunday kichik manzillar borki, aholi zichligi bo’yicha ular ko’pgina shaharlardan yuqori turadi, va aksincha, aholi soni jixdtidan yirik-yirik qishloqlar borki, ular ham shaharlar ro’yxatidan o’rin ololmaydi.
Evropada-Buyuk Britaniya (91%), SHvetsiya (87%), Germaniya (85%), Daniya (84%), Frantsiya (78%), Niderlandiya (76%), Ispaniya (74%), Belьgiya (72% ), Amerikada - (77%), Kanada (76%), Osiyoda - Isroil (89%), Yaponiya (78%), Avstraliya va Okeaniyada - Avstraliya (89%), Yangi Zelandiya (85%), Afrikada -JAR (50%) shular jumlasidandir.
Tadqiqrtlardan ma’lum bo’lishicha, mamlakatlarda shahar aholisining ulushi 70% oshganda, uning usishi sekinlashadi va asta—sekin (80% yakinlashgan sari) tuxtay boshlaydi.
Demak, u yoki bu mamlakat urbanizatsiya darajasini boshqa mamlakat bilan qiyoslaganda quyidagilarga e’tibor berish lozim:
-shahar tashkil qilish mezonlari (masalan, Turkmanistonda buning uchun 5000 kerak, O’zbekistonda-7000)
-shaharlarning umumiy soni va zichligi
-yirik shaharlarning mavjudligi
-shahar aglomeratsiyalarining rivojlanganligi
-qishloq-shahar va mayatniksimon migratsiya
-aholining bandlik darajasi va tarkibi
-qishloq joylar urbanizatsiyasi, qishloqliklarda shaharchasiga yashash tarzining mavjudligi va x.k.
Yuqoridagilar urbanizatsiyaning naqadar murakkab ijtimoiy-iqtisodiy hodisa ekanligidan yana bir bor dalolat beradi.
Albatta, urbanizatsiya - bu ob’ektiv va umuman olganda ijobiy jarayon. Ammo uning salbiy tomonlari ham yo’q emas. Chunonchi, ekologik va sotsial muammolarning keskinlashuvi hozirgi zamon urbanizatsiyasining eng ko’zga ko’rinarli salbiy «yo’ldoshlaridir».
O’rta Osiyo va O’zbekistondagi urbanizatsiya sharqona xususiyatga ega. Binobarin, bu yerda urbanizatsiya ko’rsatkichini yaqin kelajakda 70-80 % bo’lishini tasavvur qilish qiyin va bunday aslo bo’lmaydi ham. Sababi-bizda shaharlar rivojlanishi qishloq xo’jaligi bilan qadimdan an’anaviy holda bog’liq.
Qolaversa, bunday mamlakatlarda qishloq urbanizatsiyasi ham katta ahamiyatga ega. Boz ustiga, respublikamiz rahbariyati qishloq joylarda ijtimoiy-iqtisodiy tub o’zgarishlarni amalga oshirish, qishloq industriyasi va infrastrukturasiga jiddiy e’tibor qaratmoqda-ki, bu ham urbanizatsiyani ichkaridan, «yashirincha» rivojlanishidan darak beradi. Demak, urbanizatsiyaning umumiy demografik ko’rsatkichi garchi ma’lum qulayliklarga ega bo’lsa-da, uning ayrim nozik jihatlari ham mavjud.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling