Mámleketlik universiteti ekologiya hám topıraqtanıw kafedrası
Suv orkali kelib chikadigan kasalliklar
Download 1.26 Mb.
|
OMK qq(1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bakteriyalarning suv manbalarida yashash muddatlari.
Suv orkali kelib chikadigan kasalliklar.
Suv gigiena talablariga javob berishi, insonlar salomatligiga putur etkazmasligi lozim. Suvni xidi, tami, rangi o’zgarsa suv ifloslangan hisoblanadi. Suv tarkibini o’zgarishiga suvga tashlangan chiqindilar sabab bo’ladi. Bunday suvlarni ichish xar xil kasalliklarni keltirib chiqaradi. Suvda ichburug’, gepatit, qorin tifi, diareya tarqatuvchi mikroorganizmlar uzoq vaqt yashaydi. Keyingi vaqtlarda ichak kasalliklari, sariq kasalligi, poliomelit kasalliklari ko’p tarqalmoqda. Agar sil kasalliklari kasalxonasidan chiqqan oqova suvlar zararsizlantirilmay suv havzasiga tashlansa sil kasalligi, teri, jun tozalash korxonalari suvlari zararsizlantirilmay suv havzalariga tashlansa, kuydirgi kasalligi ko’payib ketishi mumkin. Tarixiy malumotlardan malumki, suv orqali tarqalgan kasalliklardan juda ko’p odamlar qirilib ketgan. Masalan: 1972 yil Meksikada ich terlama kasalidan 10000 kishi og’rib o’tdi, 15000 kishi halok bo’ldi. 1908-1909 yillarda Neva daryosiga shaxar kanalizatsiyasini zararsizlantirmay oqizilishi tufayli vabo tarqalib bir necha ming kishi xalok bo’ldi. Bakteriyalarning suv manbalarida yashash muddatlari.
Yaponiyada İntsu daryosidan 200 kishi zaxarlangan, 100 tasi o’lgan. Yorib ko’rilganda ular tanasidan kadmiy, qo’rg’oshin va rux elementi topilgan. Vengriyada ko’p kishi dermatit bilan og’rigan. Bunga sabab xromni organizmda to’planishi bo’lgan. Tanasida simob to’plangan baliq istemol qilib Yaponiyada 1968 yil 48 kishi, 1971 yilda 269 kishi zaxarlangan 55 tasi o’lgan, 1974 yilgacha minomata kasali bilan 500 kishi og’rigan. Yaman Arab Respublikasida aholini toza ichimlik suvi bilan taminlanmaganligi orqasida bolalarda diareya kasalligi ko’p uchraydi va 5 yoshgacha bo’lgan bolalarning 30-40 %i shu kasallikdan nobud bo’ladi. Suv orqali Vasilev-Veyl kasalligi, suv lixoradkasi, leptospiroz, tulyaremiya kasalliklari ham tarqalishi mumkin. Bu kasalliklar suvda kalamush va boshqa hayvonlar ko’payganda paydo bo’ladi. Bunday suvlarda cho’milish albatta kasallik keltirib chiqaradi. Xullas ichimlik suvlarini muhofazalash kasalliklarni tarqalishini oldini oladi. Tabiiy suv tarkibida tirik organizm uchun zarur bo’lgan biologik mikroelementlar mavjud. İnson salomatligi uchun kichik miqdorda mis, rux, yod, marganets, molibden, kobalt, temir, kaltsiy, kaliy, fosfor, natriy kabilar mikroelementlar juda muhim. Bu moddalar organizmga oziq va suv orqali tushib organizm ehtiyojini qondiradi. Agar bu mikro va makroelementlar organizmda etishmasa organizm kasallanadi. Masalan: organizmga sutkasiga 120-200 mkg yod elementi tushmasa qalqonsimon bez faoliyati ishdan chiqib, buqoq kasalligi paydo bo’ladi. Kasallikka o’z vaqtida davo qilinmasa, kishi aqliy va jismoniy jihatdan orqada qoladi, nerv faoliyatida salbiy o’zgarishlar kuzatiladi. Ftor odam organizmiga 10-80% gacha suv orqali tushadi. Bir litr suv tarkibida ftor miqdori 2-8 mg ga etsa kishilar tishi emalida va suyaklarda o’zgarish paydo bo’ladi bu kasallik flyurooz deb ataladi. Agar ftor 1 litr suvda 10 mg ni tashkil etsa va kishilar bu suvda 80-10 yil istemol qilsalar umuman ishga yaroqsiz bo’lib qoladilar. Lekin suvda ftor miqdorini kamligi ham karies kasalligini keltirib chiqaradi. Davlat standartida 4 iqlim regionlarda 1 litr suvdagi ftor miqdori 0,7-1,5 mg deb qabul qilingan. Shuning uchun ftor etishmaydigan regionlarni ichimlik suviga ftor qo’shib beriladi. Masalan: Murmansk, Manchegoorsk, Zelinodolsk shaxarlarida. Kaliy, kaltsiy, magniy elementlarini suvda ortiqcha miqdorda bo’lishi, suvni qattiqlashib borishiga sababchi bo’ladi. Bunday suvdan doimiy istemol qilish suyaklarni mo’rtlashishiga, buyrak va o’t qoplarida tosh paydo bo’lishiga olib keladi. Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling